V. Ish bilan ta’minlanmagan (prostoy) vaqtiga haq to’lash va uni rasmiylashtirish Ishchi sub’ektda bo’lib, lekin undan foydalanishning iloji bo’lmasa, bu
holda u ish bilan ta’minlanmagan hisoblanadi. Ishchining ish bilan
ta’minlanmaganligi mahsulotning tannarxini orttirib, foydani kamaytiradi
va tegishli sub’ektga zarar keltiradi. Bunga ishchining o’zi, shuningdek
sex va sub’ektning rahbariyati, xom ashyo etkazuvchilar, energiyaning
yo’q bo’lib qolishi sabab bo’ladi. Bu xolga ishchining o’zi sababchi bo’lsa,
mehnat haqi to’lanmaydi, boshqa hamma hollarda ishchi ish bilan
ta’minlanmaganligi uchun stavkaning 2/3 qismi miqdorida haq to’lanadi.
Bu vaqtda bekor turib qolish haqidagi xujjat kasaba uyushma qo’mitasi
tomonidan xujjatlashtiriladi. Unda to’xtab turishning sabablari va
sababchilari, uning muddati, ishchining tarif stavkasi, mehnat haqining
darajasi va summasi ko’rsatiladi.
Muddatiga ko’ra bekor turishlar smena ichidagi va butun smenaliga
bo’linadi. Smena ichidagi bekor turishlar kundagi bekor turishlar haqidagi
varoq bilan xujjatlashtiriladi, mehnat vaqtining tabelida esa qo’shimcha I /
2I, 3I/ harfi bilan belgilanadi. Butun smenalilar ko’pincha tashqi sabablar
uchun chiqariladi (energiyaning kelmasligi) va sexdagi butun tarmoqning
ishchilarini qamrab oladi. Tabeldagi bu bekor turishlar T harfi bilan ajralib
turadi va bekor turishdagi qatnashgan ishchilarning ilovali ro’yxati bilan
dalolatnoma yozilib xujjatlashtiriladi.
Bekor turishlar vaqtida ishchilar ishlatilgan bo’lishi ham mumkin, ya’ni
bu davr ichida ishchilar yangi vazifalarni olishadi va boshqa ishga
jo’natiladi. Ishbay qiymati yoki o’rtacha oylikning saqlanishi bo’yicha
mehnat haqini hisoblash tartibiga muvofiq naryadlarni yozish bilan ish
xujjatlashtiriladi. Bekor turish haqidagi varoqda naryadning raqami va
ishlangan vaqti ko’rsatiladi.
280