S. Mahsulotning yaroqsizligini (brak) xujjatlashtirish va unga haq to’lash. Belgilangan texnik shartlarga va standartlar talabiga javob bera olmagan
buyumlar, detallar ishlab chiqarishdagi yaroqsiz (brak) mahsulot
hisoblanadi. Shuning uchun yaroqsiz mahsulotlar qisman /tuzatiladigan/ va
to’la /tuzatilmaydigan/ bo’ladi. To’la /tuzatilmaydigan/ yaroqsiz
mahsulotlar ishchining aybi bilan hosil bo’lmasa, mehnat haqi vaqtbay
ishchining vaqti uchun mos keluvchi razryad (me’yori bo’yicha buyumga
sarflangan bo’lishi kerak)ning 2/3 tarif stavkasi miqdorida to’lanadi.
Ishchining aybi bilan ishlab chiqilgan qisman yaroqsiz mahsulot foiziga
nisbatan pasaygan miqdorda to’lanadi. Haqning aniq miqdori va yaroqli
foizi TNB yoki ma’muriyat tomonidan belgilanadi. Ishchining aybisiz
sodir bo’lgan qisman yaroqsiz mahsulot uchun hisoblangan mehnat haqi
yaroqli mahsulotning foiziga nisbatan, lekin vaqt ichida mos keluvchi
razryadli vaqtbay ishchining 2/3 tarif stavkasidan kam bo’lmasligi
darajasida to’lanadi.
Detalni qayta ishlashga 1 kunlik ish kunidan kam ketmagan paytidan
keyin topilgan kamchiliklar ishlov berilayotgan materialdan /yorik,
metalldagi zang/ paydo bo’lgan mahsulotning yaroqsiz qismi belgilangan
ishbay qiymat bo’yicha hisoblangan mehnat haqi miqdorida to’lanadi.
Yangi ishlab chiqarish (mahsulot, ish va xizmat) o’zlashtirilayotganda
ishchining yaroqsiz (brak) mahsuloti uchun ham, yaroqli (brak bo’lmagan)
mahsulot uchun to’lanadigan tarif darajasida mehnat haqi to’lanadi.
Yaroqsiz mahsulot uchun dalolatnoma tuzilib, unda shu mahsulotga
sarflangan qiymat va umumiy zarar ko’rsatiladi. Chiqarilgan yaroqsiz
mahsulotini ishchining o’zi tuzatsa, unda dalolatnoma tuzilmaydi, lekin bu
holda naryadga «Tuzatilgan brak» shtampi qo’yiladi. Bu ishchiga
qo’shimcha mehnati uchun haq to’lashga asos bo’ladi.
D. Tunda bajarilgan ish uchun qo’shimcha haq to’lash. Soat 22 dan 6 gacha bo’lgan vaqt tun hisoblanadi. Bu ish vaqtini
hisoblash oylik tabelida ko’rsatiladi. Tunda bajarilgan ish sub’ektda
qo’llaniladigan birlamchi xujjatlar asosida ko’rsatiladi, tuzilgan
shartnomaga asosan va yuqori qiymatda haq to’lanadi. Bunda haq to’lash
qonunda ko’rsatilgandan kam bo’lmasligi kerak.