aksiya va qatnashuv ulushi bo’yicha olingan daromadlar
(dividendlar, foizlar, ulushning to’lovlari va hokazo);
pensiya jamg’armasiga sug’urta badali summasi;
ijtimoiy sug’urta jamg’armasiga to’langan summa;
bandlik jamg’armasiga ajratilgan summa;
byudjetdan tashqari jamg’armalardan to’lovlar summasi.
Shunday qilib, mehnat haqi jamg’armasining tarkibiga va
rag’batlantirish xususiyatidagi to’lovlarga
moliyalashtirish manbaidan
qat’iy nazar mehnat haqi bo’yicha sub’ektning hamma sarflari kiradi, shu
jumladan, tegishli qonun xujjatlariga muvofiq mehnat haqi saqlangan lekin
ishlamagan kunlariga, bundan tashqari, rag’batlantiruvchi va qoplama
to’lovlarining summalari ham kiradi.
Yuqorida qayd qilingan hamma to’lovlar sub’ekt
ishlab chiqargan
mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tannarxiga qo’shiladi yoki
bo’lmasa sub’ektning ixtiyorida qolgan foyda hisobidan amalga oshiriladi
va ushbu to’lovlarning hajmi chegaralanmaydi.
Hisobning jurnal-order shaklida hisobotda ko’rsatiladigan haqiqatda
hisoblangan mehnat haqi jamg’armasini hisoblash va rejadagi mehnat haqi
jamg’armasidan foydalanishni nazorat qilish uchun maxsus hisob registri-
jamg’arma xujjati qo’llaniladi. Sanoat korxonalarida va boshqa sub’ektlarda
ushbu nazoratni amalga oshirish uchun maxsus jadval qo’llaniladi va ushbu
xujjatga asosan ishchi va xizmatchilar
bilan mehnat haqi yuzasidan
hisoblashish ma’lumotnomasi tuziladi. Ushbu ma’lumotnoma
har oyda
hisoblashish qaydnomasiga asosan tuzilib boriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriyasida xodimlarga tegishli va
to’lanishi lozim bo’lgan mehnat haqi, mukofotlar, nafaqa va hokazolarni
hisoblashni amalga oshirishdan tashqari ushbu summalarni buxgalteriya
hisobining tegishli reestrlarida- yig’ma xujjatlarida va schyotlarida hisobga
olishni tashkil qiladi. Hisoblangan mehnat haqi va mukofotlar ishlab
chiqarishni hisobga oladigan schyotlarda qayd qilinadi va mahsulot, ish va
xizmatlarning tannarxiga qo’shiladi.
Shunday qilib, ishbay ko’rsatkichlariga asoslanib hisoblangan ishbay
mehnat haqi, tarif darajalarining baxosiga asosan
hisoblangan vaqtbay
mehnat haqi va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining natijalariga muvofiq
hisoblangan mukofotlarning summalari tegishli harajat schyotlarida qayd
qilinadi:
2010-"Asosiy ishlab chiqarish";
2300-"Yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar";
2310-"Yordamchi ishlab chiqarish";
299
2320-"Boshqa ishlab chiqarishlar";
2510-"Umumishlab chiqarish";
9400-"Davr sarflari";
-9410-"Sotish (muomala sarflari)";
9420-"Ma’muriy sarflar";
9450-"Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar";
3110-"Кelgusi davr sarflari";
2610-"Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar" va umumiy summa
6710- "Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar" schyotining
kredit tomonida jamg’ariladi. Shu vaqtning o’zida ushbu hisoblangan
mehnat haqi va mukofotning summalari ishlab chiqarish sarflarini hisobga
oluvchi qaydnomada buyurtma, moddalar, joylari- ustaxona, sex, bo’limlar
bo’yicha qayd qilib boriladi hamda ushbu ma’lumotlarga asosan 10- va
10
/1 jurnal-orderlar to’lg’aziladi.
Ushbu yuqorida keltirilgan schyotlar va registrlarda bundan tashqari
hisoblangan va rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lgan qo’shimcha haq
va ustamalar ham qayd qilinadi.
Ishchilarning mehnat ta’tiliga chiqishda hisoblangan ta’til puli
ko’pchilik hollarda 8910- "Кelgusi to’lovlar va sarflarning Rеzеrvsi"
schyotining debetida va 6710- "Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan
hisoblashishlar" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Ayrim hollarda, agarda hisob siyosatida ushbu Rеzеrvni tashkil qilish
nazarda tutilmagan bo’lsa u vaqtda ta’tilga chiqish bilan bog’liq hisoblangan
summa to’g’ridan to’g’ri sarflar (2010, 2310, 9450 va hokazo) schyotlarining
debetida qayd qilinadi.
Ushbu ta’til summalari 15-jamg’arma qaydnomaning ma’lumotlariga
muvofiq 10 va 10/1 jurnal-orderlarida yig’iladi.
Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi hisobidan amalga oshiriladigan to’lovlar
(nafaqalar, bir vaqtda beriladigan moddiy yordamlar va hokazo)
6520-"Ijtimoiy sug’urta bo’yicha hisoblashish" schyotining debetida ijtimoiy
sug’urta bo’yicha bo’lgan qarz summasini kamaytirish hisobiga (chunki
uning kreditida sub’ektning qarz summasi aks ettiriladi) va 6710-"Xodimlar
bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar" schyotining kreditida, keyin esa
10 va 10/1 jurnal-orderlarda aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: