O bobojonov k. Jumaniyozov


Aksiya, obligasiyalarni sotib olishning o’ziga xos hususiyatlari



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

7.3. Aksiya, obligasiyalarni sotib olishning o’ziga xos hususiyatlari.
Aksiyalarni nominal va sotib olish bahosida hisobga olish tarkibi.
Aksiyalar bo’yicha hisoblashish muomalalarini qayd qiladigan 
buxgalteriya yozuvi va aksiyadorlarni qayd qilish daftaridagi yozuvlar 
aksiyadorlar jamiyati qayd qilingandan keyin amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatida eng avvalo ustav kapitali qayd qilinib ushbu 
kapital Кapital (mulk)ni yoki jamg’armani hisobga oluvchi schyotlarda 
hisobga olinadi.
Ushbu schyotlar guruhida quyidagi schyotlar mavjud:
8300
USTAV KAPITALINI
HI
SOBGA OLUVChI SCHYOTLAR
8310
Oddiy aktsiyalar
8320
Imtiyozli aktsiyalar
8330
Pay va ulushlar
8300-"Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar"da korxonani 
aksiyadorlar jamiyatiga topshirish balansida qayd qilingan ustav 
kapitalining summasini hisobga oladi va quyidagi schyotlar aksiyadorlar 
jamiyati ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin ochiladi:
8310-"Oddiy aksiyalar" schyotida ro’yxatdan o’tkazilgan 
aksiyalarning qiymati chegarasida yoki puli to’langan aksiyalarning 
nominal qiymatidagi ustav kapitali aks ettiriladi.
8320-"Imtiyozli aksiyalar" schyotida imtiyozli aksiyalar- ovoz berish 
huquqi bo’lmagan, lekin aksiya egasiga dividend kafolatini beradigan 
(sub’ektning moliyaviy natijasidan qat’iy nazar) aksiyadorlar kapitalining 
holati va harakatini aks ettiradi.
8330-"Pay va ulushlar" schyoti sub’ektlarning tashkiliy-huquqiy 
shakllariga asosan ularning faoliyatida qatnashuvchi shaxslarning badallari 
hisobiga tashkil qilingan kapitalning holati va harakatini aks ettiradi.
310


8600-"
Sotib olingan xususiy aktsiyalarni іisobga oluvchi 
schyotlar" aksiyadorlardan sotib olingan oddiy va imtiyozli 
aksiyalarning nominal qiymati qayd qilinadi va unda quyidagi schyotlar 
ochiladi: 8610-"
Sotib olingan xususiy aktsiyalar - oddiy" va 
8620-" Sotib olingan xususiy aktsiyalar - imtiyozli ".
Aksiyadorlar jamiyatini ro’yxatdan o’tkazgandan keyin:
mulkni boshqarish qo’mitasiga har bir shaxsga miqdori ko’rsatilgan 
holda bepul berilgan imtiyozli aksiyalar va ularning egalarining ro’yxati 
beriladi;
ushbu qo’mitadan topshiriq (rozilik) olingandan keyin ushbu 
jismoniy shaxslar (xodimlar) aksiyadorlar ro’yxatiga kiritiladi;
tarqatilgan imtiyozli aksiyalar buxgalteriya hisobida qo’shimcha 
muomalalar sifatida qayd qilinmaydi va ushbu aksiyalarning qiymati 8320 
schyotda qoladi;
obuna bo’yicha tarqatilgan hamma imtiyozli aksiyalarning nominal 
qiymati e’lon qilingan kapital summasidan obuna kapitali summasiga 
o’tkaziladi- debet 8320-"Imtiyozli aksiyalar" va kredit 8310-"Oddiy 
aksiyalar" schyotlari.
Bir vaqtning o’zida korxonaning ishchi va xodimlari va unga 
tenglashtirilgan jismoniy shaxslar obuna bo’lgan aksiyalarning nominal 
qiymatiga aksiyadorlar jamiyati mulk jamg’armasiga qarz va obunaga 
qatnashgan shaxslarning aksiyadorlar jamiyatiga qarzi sifatida hisobga 
olinadi va schyotlarda quyidagicha qayd qilinadi:
Dt 4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi " 
schyoti
Кt 8810-"Grantlar" schyoti.
Кt 8820-"Subsidiyalar" schyoti.
Obuna qilingan aksiyalarning nominal qiymatidan chegirilgan summaga 
ushbu qarzlar summasi kamayadi:
Dt 8810-"Grantlar" schyoti.
Dt 8820-"Subsidiyalar" schyoti.
Кt 4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi " 
schyoti
Agarda obunachilarga aksiyalar nominal qiymatdan ortiqcha bahoda 
sotilsa schyotlarda teskari yozuv amalga oshiriladi, lekin nominal qiymati 
bilan sotish bahosi o’rtasidagi farq 8300-"Ustav kapitalini" schyotlarida 
ko’rsatilmaydi.
311


Mulk jamg’armasiga sotilish uchun berilgan aksiyalar 8300-"Ustav 
kapitalini" schyotida qayd qilib boriladi va sotilganligi to’g’risida 
ma’lumot olinganda schyotlarda quyidagicha qayd qilinadi:
Dt 5010 yoki 5110, 5210 schyotlari va
Кt 4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi " 
schyoti.
Shunday qilib, 8300-"Ustav kapitalini" schyotining kredit summasida 
aksiyadorlik jamiyati tomonidan xodimlarga bepul berilgan va mulk 
jamg’arma ixtiyorida qolgan aksiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Yopiq obuna tartibiga muvofiq sub’ektning xodimlari aksiyadorlar 
jamiyatini qayd qilish kunigacha qonunda belgilangan tartibda 
chegaralangan miqdordan ortiqcha aksiya chiqarish imkoniyati mavjud. 
Buning uchun xohlovchilar bo’nak sifatida pul mablag’lari o’tkazadilar. 
Shuning uchun 5530-"Boshqa maxsus schyotlar" ning obunachilarning 
depoziti schyoti ochiladi va depozitariylarning shaxsiy schyotidan 
o’tkazilgan summalarga:
Dt 5530-"Boshqa maxsus schyotlar" schyoti va 
Кt 6320-"Aksiyaga obunachilaridan olingan bo’naklar" schyoti 
bog’lanadi.
Aksiyalarni sotishdan tushgan mablag’lar aksiyadorlar jamiyatiga kirim 
qilinmaydi balki davlat mulki hisoblanib mulk jamg’armasiga kirim 
qilinadi. Shuning uchun ushbu mablag’lar tegishli jamg’armalarga 
kelishilgan muddatda o’tkaziladi:
O’tkaziladigan summaga:
Dt 8810-"Grantlar" schyoti
Dt 8820-"Subsidiyalar"schyoti va
Кt 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyotining 
krediti bog’lanadi.
Agarda ushbu summa jamg’armaga o’tkazilsa:
Dt 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyoti va Кt 
5100, 5200, 5500 va boshqa mablag’lar schyotlari bog’lanadi.
Qachonki mulk jamg’armasiga bo’lgan qarz to’liq to’langandagina 
aksiyalar sotilgan hisoblanadi va 
Dt 8300-"Ustav kapitali" schyoti va Кt 4610-" Ustav kapitaliga 
ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi " schyotida qayd qilinadi.
Bir vaqtning o’zida aksiya egalarining reestrida aksiyalarning 
aksiyadorlar mulkiga o’tganligi qayd qilinadi.
Dt 5530-"Boshqa maxsus schyotlar" schyoti,
6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar",
312


4610-" Ustav kapitaliga ta'sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi ",
8300-"Ustav kapitalini" schyotlari va 
Кt 8810-"Grantlar" 8820-"Subsidiyalar"schyoti schyoti bog’lanadi.
Shunday qilib, 8300-"Ustav kapitalini" korxonaning boshlang’ich 
bahosi yoki auksion bahosini aks ettirib, aksiyadorlar jamiyatining tashkil 
qilinishi jarayonida faqat tegishli schyotlar bo’yicha qayd qilib boriladi.
Xususiylashtirilayotgan korxonalarni sotib oluvchilar jismoniy va 
yuridik shaxslar bo’ladi. Yuridik shaxslar korxonani to’liq sotib olgan yoki 
aksiyalarning bir qismini sotib olgan vaqtidan boshlab uzoq muddatli 
moliyaviy qo’yilmachilar (investorlar) hisoblanadi: 
Dt 9220-"Boshqa aktivlarni sotish" schyoti
Кt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti
Yuridik shaxslarning to’lagan summalariga:
Dt 5110-"Hisob-kitob schyoti" va Кt 9220-"Boshqa aktivlarni sotish va 
boshqa chiqib ketishlar" schyoti.
Agarda boshlang’ich bahosi to’lansayu, lekin to’langan summasi 
boshlang’ich bahodan kam bo’lsa:
Dt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti
Кt 5110-"Hisob-kitob schyoti"
Кt 8410-"Emissiya daromadi" baholar o’rtasidagi farq summasiga.
Кeyinchalik 9560-"
Qimmatli kog’ozlarni qayta baіolashdan 
daromadlar" schyotining qoldig’ida yig’ilgan summalar sub’ekt 
faoliyatining moliyaviy natijalariga qo’shiladi va Dt 9560 va Кt 9900 
sifatida schyotlarda aks ettiriladi.
Agarda olingan aksiyalarning qisman qiymati ma’lum vaqtdan keyin 
to’lansa, u vaqtda oluvchining mulk jamg’armasiga kreditorlik qarzi paydo 
bo’ladi:
Dt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti
Кt 5110-" Hisob-kitob schyoti " to’langan qiymatiga.
Кt 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyoti, qarz 
summasiga.
Ushbu olinadigan aksiyalarga oldindan garov summasi berilsa:
Dt 6530-"Byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar"
Кt 5110-" Hisob-kitob schyoti " bog’lanadi.
Oldi-sotdi muomalalari sodir bo’lishi natijasida debitor qarzlarning 
summasi hisobdan chiqarilib boriladi:
Dt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti va Кt 6530-"Byudjetdan 
tashqari jamg’armalarga to’lovlar" schyoti bog’lanadi.
313


Agarda ob’ekt auksionda sotilsayu, uning sotish bahosi boshlang’ich 
qiymatidan yuqori bo’lsa. Boshlang’ich qiymati sotish bahosiga 
tenglashtirilib ushbu summa balansning "Кelgusi davr daromadlari" 
moddalarida va kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish mablag’larining o’z 
manbalarida qayd qilinadi. Aksiyadorlar jamiyatining ustav kapitali 
to’langan summada aks ettiriladi va boshlang’ich qiymat bilan sotilgan 
baho o’rtasidagi farq summasi 9390-"Boshqa muomalaviy daromadlar" 
schyotida ko’rsatiladi:
Dt 0610-"Qimmatbaho qog’ozlar" schyoti va Кt 8300-"Ustav kapitalini" 
schyoti bog’lanadi
Agarda ushbu muomalada, ya’ni aksiyalarning sotib olish bahosi uning 
nominal qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda baho va qiymati o’rtasidagni 
farq summasi 9430-"Boshqa opеratsion xarajatlar" schyotiga olib boriladi 
va keyingi 10 yil ichida (agarda boshqa muddat belgilanmasa) sub’ektning 
xarajatiga qo’shilib hisobdan chiqariladi.
Ijara korxonalari o’z faoliyatida o’zining mablag’lari hisobiga 
yaratilgan asosiy jamg’armalardan tashqari qarzga olingan mablag’lar 
hisobidan yaratilgan boshqa jamg’armalardan ham foydalanadilar.
Ushbu sub’ektning mulkiga o’zining ob’ektlaridan tashqari davlat va 
boshqa shasxlardan, keyinchalik sotib olish va sotib olmaslik sharti bilan, 
uzoq muddatli ijaraga (moliyaviy lizingga) olingan ob’ektlar ham kiradi.
Ushbu mulklar ijarachida 0310-"
Moliyaviy ijara shartnomasi 
bo’yicha olingan asosiy vositalar" schyotida shartnomada 
kelishilgan bahoda hisobga olinadi va 6910-"
To’lanadigan opеrativ 
ijara" schyotining krediti tomonida to’lanadigan ijara summasi aks 
ettiriladi.
Ushbu ijaralar moliyalashtiriladigan ijaralar (lizinglar) hisoblanib har 
oyda hisoblangan eskirish summasi bilan qoplanib boriladi.
Dt 2010, 2310, 2510, 2710, 9410, 9420 schyotlari va Кt 
0299-"
Moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy 
vositalarning eskirishi" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Asosiy vositalardan tashqari ijaraga har xil moddiy va nomoddiy 
aktivlar ham olinadi. Ushbu qiymatliklarning qiymati balansning aktivida 
va uzoq muddatli qarz sifatida passivida qayd qilinadi:
Dt 0400-"Nomoddiy aktivlar" patent, lisenziya, savdo markasi va 
xokazolar schyoti va Кt 7920-"
Turli krеditorlarga bo’lgan boshqa 
uzoq muddatli qarzlar"ning tegishli schyoti bog’lanadi.
Ushbu muomalalar amalga oshirilgandan keyin ijarachi va ijarador 
o’rtasida quyidagi tartibda hisoblashishlar amalga oshiriladi.
314


Ijaraga olingan ob’ektlar bo’yicha to’lovlar hisoblanadi:
Dt 2510-"Umumishlab chiqarish sarflari" yoki 9420-"Ma’muriyat 
ahamiyatidagi asosiy vositalarning ijara sarflari" schyoti va Кt 
6810-"To’lanadigan moliyaviy lizinglar"
6811-"To’lanadigan tezkor lizinglar" schyotida qayd qilinadi.
Ushbu hisoblangan mablag’lar ijarador schyotiga to’lanadi:
Dt 6811-"To’lanadigan tezkor lizinglar" schyoti va Кt 5010, 5110, 5210 
yoki 5510 schyotlarida qayd qilinadi.
Ijaraga olingan mulklar bo’yicha ijara foizi hisoblanadi:
Dt 9620-"Foiz ko’rinishidagi sarflar" schyoti va Кt 6820-"To’lanadigan 
foizlar" schyotida qayd qilinadi.
Ushbu hisoblangan foizlar to’lanadi:
Dt 6820-"To’lanadigan foizlar" schyotida va Кt 5010, 5110, 5210 yoki 
5510 schyotlarida qayd qilinadi.
Agarda ijarachi va ijarador o’rtasida tuzilgan kontraktda ushbu mulkni 
ijarachiga keyinchalik sotib olish huquqi berilsa. Ijara majburiyatlari 
summasi to’liq to’langandan keyin ushbu ob’ekt ijarachining mulki 
hisoblanadi: 
Dt 0120, 0130, 0140, 0150 va hokazo schyotlar va Кt 
0310-"Moliyalashtiriladigan lizing bo’yicha olingan asosiy vositalar" 
schyoti.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin