O bobojonov k. Jumaniyozov


Aksiyalarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

7.4. Aksiyalarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish.
Aksiyalarni qaytarib sotish hisobi.
Hozirgi vaqtda ijara sub’ektlari asosida mas’uliyati cheklangan 
sub’ektlar va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati ham faoliyat ko’rsatishi 
mumkin.
Ijaraga olingan ob’ektlarning keyinchalik sotib olish bahosi quyidagi 
tartibda belgilanadi:
sotib olish huquqini beradigan ijara kontraktida ko’rsatilgan shartlar 
bo’yicha;
sotib olish huquqini beradigan ijara kontraktiga asosan, lekin unda 
hamma shartlar ko’rsatilmagan holda;
ijaraga olingan mulkning kontraktda ko’rsatilgan qiymatining ikki 
barobar bahosida;
davlat yoki hokimiyatga tegishli aksiyalarning nominal qiymatining 2 
barobar bahosida va hokazo.
Ijaraga olingan asosiy vositalar va oborot mablag’larining to’lanmagan 
qiymatlari bo’yicha majburiyatlarning summasi tegishli 6810-"To’lanadigan 
315


moliyaviy lizinglar" va 6820-"Hisoblangan foizlar" schyotlarida aks ettirilib 
boriladi.
Asosiy vositalarning qiymatini oshirish to’g’risida qonun va qarorlar 
chiqsa, o’sha oshirilgan qiymati ijaraga olingan asosiy vositalarning 
ijaralari bo’yicha to’lanmagan summasiga taalluqlidir. 
Agarda ijaraga olingan boshqa-boshqa aktivlarning qiymati oshirilsa 
ham ushbu tartibda to’lanmagan qiymatiga:
Dt 8510-"
Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo’yicha 
tuzatishlar" schyoti va Кt 6910-"To’lanadigan opеrativ ijara" 
schyoti bog’lanadi.
0400-"Nomoddiy aktivlar" schyotining qoldig’i sub’ektning 
xarajatlariga qo’shiladi, lekin indeksasiya qilingan summa Rеzеrv 
jamg’armasiga yig’iladi yoki taqsimlanmagan foyda hisobidan qoplanadi.
Agarda ijara korxonasi asosida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati 
tashkil qilinsa, uning ustav kapitali quyidagi manbalar hisobiga barpo 
qilinadi.
Ijara majburiyatlarining qoldig’i
Dt 6810-"To’lanadigan moliyalashtiriladigan lizinglar" schyoti
Кt 8510-"Ustav kapitali" schyoti bilan bog’lanadi.
Moddiy rag’batlantirish jamg’armasining qoldig’i
Dt 8720-"Jamg’arilgan foyda" schyoti
Кt 8510-"Ustav kapitali" schyoti bilan bog’lanadi.
Кapital qo’yilmalarni davlat subsidiyasi bilan moliyalashtirish:
Dt 7710-"Qaytariladigan maqsadli moliyalashtirish" yoki 
8810-"Subsidiya, grantlar va tekinga berilgan yordam" schyotlari
Кt 8510-«Ustav kapitali» schyoti bilan bog’lanadi.
Shu bilan bir vaqtda xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar qiymatiga ustav 
kapitali summasi kamayadi:
Dt 8510-«Ustav kapitali» schyoti
Кt 8600-«O’zining aktivlarini sotib olish» schyotlari bilan bog’lanadi.
Ijarachilar o’z ulushidagi mulklar bo’yicha mulkiy huquqiga ega 
bo’lganligi uchun aksiyalarga yopiq obuna qilinganda ular birinchi 
navbatda obuna bo’lish huquqiga ega. Jismoniy va yuridik shaxslarning 
obuna summasi bo’yicha qarzi 4610-«Ustav kapitaliga ta'sischilarning 
ulushlari bo’yicha qarzi», «Ustav kapitaliga badallar bo’yicha 
ta’sischilarning qarzi» schyotida qayd qilinadi:
4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi» schyoti
Кt 8310-«Oddiy aksiyalar» yoki 8320-«Imtiyozli aksiyalar», 8330-«Pay 
va ulushlar » schyotlari bilan bog’lanadi.
316


Xususiylashtirish bo’yicha ta’sischilarning to’lagan badal summalariga:
Dt 5010, 5110, 5210 va hokazo schyotlari
Кt 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi» 
schyoti bilan bog’lanadi.
Кeyinchalik muddatli to’lovlar sharti bilan berilgan aksiyalar bo’yicha 
qoldiq summa tegishli 4610 schyotida aniqlanib muddati kelgan to’lov 
summasi hisoblanadi va ushbu summa aksiya egalari tomonidan 
to’langandan keyin mulk jamg’armasiga o’tkaziladi:
Dt 7920-«Turli krеditorlarga bo’lgan boshqa uzoq muddatli qarzlar » 
schyoti va Кt 5010, 5110 yoki 5210 schyotlari bilan bog’lanadi.
Кorxonalar xususiylashtirilgan (privatizasiya qilingan)dan keyin ularga 
berilgan yuridik statusga asosan buxgalteriya hisobi tashkil qilinadi va 
yuritiladi.
Agarda xususiylashtirish (mulkchilik shaklini o’zgartirish) natijasida 
sub’ektning statusi o’zgarib aksiyadorlar jamiyati shaxslarning investisiya 
jamg’armasi ixtiyoriga o’tib yuridik shaxs hisoblansa ularda buxgalteriya 
hisobi "Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun"ga va "Schyotlar rejasiga" 
asosan yuritiladi va schyotlarga boshlang’ich ma’lumotlar topshirish 
balansidan olinadi.
Кorxonani sotib olgan shaxs yoki shaxslar ushbu sub’ektni mustaqil 
balansga ega bo’lgan yuridik shaxs sifatida qoldirishi yoki o’z 
sub’ektining balansiga qabul qilib hisob yuritish tizimini tashkil qilishi 
mumkin.
Shuning uchun buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishning ikkita 
turi mavjud:
sub’ekt yuridik shaxs hisoblanmay mustaqil balansga ega bo’lib sotib 
oluvchi yoki oluvchilarning korxonasidagi yig’ma balansga qo’shiladi. Bu 
vaqtda yangi tashkil bo’lgan sub’ekt va faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektlar 
o’rtasida o’zaro hisoblashish munosabatlari paydo bo’ladi va 
4110-"
Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar" va 
6110-"
Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan schyotlar " 
schyotlarini yuritish zaruriyati tug’iladi.
Lekin bu hisoblashishlar umumiy balansda ko’rsatilmaydi. Topshirish 
balansi va inventarizasiya dalolatnomasiga asosan aktiv qismining 
schyotlarida summalar debet tomonida ko’rsatilib, ushbu summa 4110 
schyotning debetiga qayd qilinadi va passiv qismining schyotlaridagi 
summalar kredit tomonida ko’rsatilib ushbu summa 6110 schyotning 
kreditida qayd qilinadi. Chunki xususiylashtirilgan korxonaning to’lash 
majburiyatlarini yangi shaxs yoki shaxslar o’z zimmalariga oladilar.
317


Sotib olingan mulklarning qiymati faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektning 
umumiy balansiga qo’shiladi va natijada balansning aktiv va passiv 
qismidagi moddalarning summasi ko’payadi va tegishli schyotlardagi 
summalar ham ko’payadi; 
xususiylashtirish natijasida sub’ekt mustaqil yuridik shaxsga 
aylantirilsa uning balansi qabul qilish balansi asosida tuziladi va sotib 
olingan mulklar tegishli moddalarda qayd qilinadi.
Xususiylashtirilgan (privatizasiya qilingan) korxonalarda buxgalteriya 
apparati bajaradigan ishlarning hajmi birmuncha oshadi va quyidagi 
qo’shimcha ishlarni bajarishda qatnashishi va hisobini yuritish zaruriyati 
tug’iladi:
aksiyalarni sotish uchun birinchi joylashtirishda qatnashish;
aksiyalarning ikkilamchi muomalalarini tashkil qilish;
aksiyalarga obuna qilish davomida to’lovlarni hisobga olish;
aksiyadorlarni qayd qiluvchi (reestr) kitobni yuritish;
aksiyalarning holati va harakatini hisobga olish;
aksiyalarga dividendlarni taqsimlash, hisoblash va to’lash va 
boshqalar.
Shuning uchun buxgalter xususiylashtirish to’g’risidagi Qonun va 
ko’rsatmalarni chuqur o’rganishi, ta’sis xujjatlari va sub’ektning ustavi 
bilan tanish bo’lishi shart. Ushbu shart-sharoitlarni yaratish natijasida 
zarur ma’lumotlarni olish mumkin. Ushbu haqqoniy ma’lumotlar asosida 
xo’jalik faoliyatining nazoratini amalga oshirish, tahlil qilish, xo’jalikni 
muvaffaqqiyatli boshqarish jarayonida to’g’ri qarorlarni qabul qilish 
sub’ektning xo’jalik-moliyaviy faoliyatidan foyda olish, xodimlarni 
iqtisodiy himoya qilish, ularning shart va sharoitlarini yana ham yaxshilash 
va boshqa tadbirlarni amalga oshirish mumkin.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin