O bobojonov k. Jumaniyozov


kapital  =  aktivlar - majburiyatlar



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

kapital 
=
 aktivlar - majburiyatlar
Кapital aktivlar bilan majburiyatlar o’rtasidagi farqka teng bo’lganligi 
sababli ba’zida kapitalning qoldig’i aktivga teng deyishadi.
Buxgalteriya hisobini yuritishning eng asosiy prinsipi bo’lgan 
balanslashtirish prinsipidan tashqari, 1996 yilning 30 avgustida qabul 
qilingan O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi 
Qonunga ko’ra quyidagi asosiy prinsiplar kiritilgan:

buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usuli bilan 
yuritish;

uzluksizlik;

xo’jalik muomalalarini, aktiv va passivlarni pulda baholash;

ishonchlilik;

hisoblash;

uzoqni ko’rish (ehtiyokorlik);

mazmunning shakldan ustivorligi;

ko’rsatkichlarning solishtiruvchanligi;

moliyaviy hisobotning xolisligi (neytralligi);

hisobot davridagi daromad va xarajatlarning bir biriga to’g’ri 
kelishi;

aktiv va majburiyatlarni baholashning haqiqiyligi.
Yuqorida keltirilgan prinsiplarning ko’pchiligi ilgari ma’muriy 
iqtisodiyot sharoitida ishlagan buxgalterlar uchun yangilikdir. Lekin 
ularning ba’zilari, birinchi qarashda tanish ko’rinsa ham, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida butunlay boshqa ma’noga ega.
28


Buxgalteriya hisobining ikkiyoqlama yozuv usuli bilan yuritish 
prinsipi yoki hisobning ikkilamchilik konsepsiyasi, “Buxgalteriya hisobi 
nazariyasi” kursidan bizga ma’lum bo’lgan ikkiyoqlama yozuv atamasi 
hisobning ikkilamchilik konsepsiyasining amaliy gavdalanishi yoki 
qo’llanilishi usulidir. Ma’lumki sub’ektning iqtisodiy resurslari aktivlar 
deb ataladi.
Passivlar o’z navbatida ikki turga bo’linadi: majburiyatlar, ya’ni 
kreditorlar (firma egalaridan tashqari, har qanday yuridik va jismoniy 
shaxslar)ning talablari va mulk egalarining kapitali, ya’ni sub’ekt 
egalarining talablari. Aksiyadorlik sub’ektlari egalarining kapitali odatda 
aksiyadorlik kapitali deb nomlanadi. Sub’ektning hamma aktivlari yoki 
uning egalari yoki kreditorlar tomonidan talab qilib olinishi mumkinligi va 
bu da’volarning umumiy summasi talab qilinayotgan aktivlar summasidan 
oshmasligi sababli aktivlar va passivlar teng bo’ladi. Mana shu asosiy 
buxgalteriya tenglamasi shakli hisobning ikkilamchiligi konsepsiyasini 
ifodalaydi. Buxgalteriya hisobining barcha tadbirlari asosan shu 
tenglamadan kelib chiqib, u quyidagicha ifodalanadi:

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin