O bobojonov k. Jumaniyozov



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

TAYYOR MAHSULOTLARNI
HISOBGA OLUVCHI SChYOTLAR
2810
Ombordagi tayyor maqsulotlar
2820
Ko’rgazmadagi tayyor maqsulotlar
2830
Komissiyaga bеrilgan tayyor maqsulotlar
326


Ushbu schyotlardan omborda qancha tayyor mahsulot borligi va uning 
harakati to’g’risidagi axborotni aks ettirishda foydalaniladi.
2800-"Ombordagi tayyor mahsulot" schyotlarining debeti 2010-"Asosiy 
ishlab chiqarish", 2310-"Yordamchi ishlab chiqarish" schyotlarining 
krediti bilan o’zaro bog’lanadi, krediti bo’yicha esa 9100-"Sotilgan 
mahsulotlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar"ning tannarxini 
hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’lanadi va bunda 9110-"Sotilgan 
mahsulotlarning tannarxi" schyoti qo’llaniladi.
Chet uchun bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati 2800- 
"Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotlarida aks ettirilmaydi, bular 
bo’yicha amaldagi xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi 
schyotlardan bevosita 9100-" Sotilgan maіsulot (tovar, ish, xizmat)larning 
tannarxini іisobga oluvchi " schyotlariga o’tkazilib, hisobdan chiqariladi.
Ishlab chiqarishda mahsulot tayyorlashning analitik hisobi "Ishlab 
chiqarilgan tayyor mahsulotlarning qaydnomasi"da natura va qiymat 
ifodasida yuritiladi.
Bu ma’lumotlardan ishlab chiqarish hajmi bo’yicha rejaning 
bajarilishini nazorat qilishda, jamlama hisob varaqlarida buxgalteriya 
yozuvlarini qayd qilishda foydalaniladi. Tayyor mahsulotlarning kirimini 
qayd etish bilan bog’liq xo’jalik muomalalari 10/1-jurnal-orderda amalga 
oshiriladi.
Debet 2800-"Ombordagi va ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar" 
schyotlari.
Кredit 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyoti.
Ombordagi tayyor mahsulotlar ombor hisobida miqdor va qiymat 
ifodasida hisobga olinadi yoki materiallarni hisobga olishga o’xshab 
turlari, soni, navi va bahosi ko’rsatilib hisobga olinadi.
Bu varaqchalar (kartochkalar) sub’ektning buxgalteriyasi tomonidan 
tayyor mahsulotning har bir nomenklatura raqami uchun ochiladi va tilxat 
olib ombor mudiriga topshiriladi. Varaqchalarga yozuvlarni moddiy 
javobgar shaxslar muomalalar sodir bo’lishi sari, tayyor mahsulotlarning 
kelib tushishi va chiqib ketishi to’g’risidagi xujjatlarga asoslanib yoziladi. 
Varaqchada har bir yozuvdan keyin yangi qoldiq hisoblab topiladi. 
Varaqchalar omborda maxsus qutilarda saqlanadi. Har bir qutida varaqlar 
tayyor mahsulotlarning guruhlari, ular ichida esa nomenklatura raqamlari 
bo’yicha joylashtiriladi.
Moddiy javobgar shaxs har kuni yoki bir necha kunda barcha birlamchi 
xujjatlarni buxgalteriyaga topshiradi. Hisobning tezkor saldo usuli 
qo’llanilganda bu ishlarning hammasi bevosita ombor mudiri tomonidan 
327


bajariladi. Buxgalteriya xodimi muttasil, kamida haftasiga bir marta 
bevosita omborning o’zida ombor mudiri ishtirokida mahsulotning 
harakati hususidagi birlamchi xujjatlarning ma’lumotlarini ombor hisobi 
varaqchalariga o’tkazishning to’g’riligining tekshirib ko’rishi va buni o’z 
imzosi bilan tasdiqlashi kerak va aniqlangan tafovutlar va xatolar shu 
erning o’zida bartaraf etiladi. Ayni vaqtda birlamchi xujjatlar buxgalteriya 
xodimiga topshiriladi.
Odatda birlamchi xujjatlarni qabul qilish-topshirish maxsus reestr bilan 
rasmiylashtiriladi. Lekin moddiy javobgar shaxslarning roziligi bilan har 
bir muomala bo’yicha yozuvlarning tekshirilgani to’g’risida ombor hisob 
varaqchasidagi buxgalteriya xodimining imzosi xujjatlarni qabul qilish-
topshirish uchun asos bo’lishi mumkin.
Hisobning tezkor saldo (qoldiq) usulida ombordagi tayyor 
buyumlarning ham son, ham nav jihatdan hisobga olishning 
buxgalteriyada xuddi shu buyumlarning qiymat ifodasidagi hisobi bilan 
aloqasi ombordagi tayyor mahsulotlarning qoldiqlari hisobi qaydnomasi 
yordamida amalga oshiriladi. Bir oy mobaynida bu qaydnoma 
buxgalteriyada saqlanadi va ma’lumotnoma sifatida foydalaniladi.
Oy oxirida qaydnoma har bir nomenklatura raqami bo’yicha ombor 
hisobi varaqchalaridan oy oxirida tayyor mahsulot qoldiqlarining qancha 
bo’lganini yozib qo’yish uchun omborga beriladi. Shundan so’ng 
qaydnoma yana buxgalteriyaga beriladi, bu erda esa qoldiqlarning miqdori 
aniqlanadi va summasi hisoblab chiqiladi.
Ayrim sub’ektlarda ombordagi mahsulotning qoldiqlari qaydnomasi 
o’rniga moddiy javobgar shaxsning ombordagi tayyor mahsulotning bir oy 
mobaynidagi harakati to’g’risidagi hisobotidan foydalaniladi. Ushbu 
hisobot ombor hisobi varaqchalarining yakuniy ma’lumotlariga ko’ra 
tuzilib, ularda har bir nomenklatura raqami asosida ombordagi tayyor 
buyumlarning miqdoriy ifodasi aks ettirilgan bo’ladi. Buxgalteriyada 
hisobot ma’lumotlari asosida tayyor mahsulotlarning navlari va turlari 
bo’yicha aylanma qaydnomasi tuziladi. 
Bundan tashqari, buxgalteriyada tayyor mahsulotlarni ishlab 
chiqarishning natura va summa ifodasidagi qaydnomasi, shuningdek 16- 
"Tayyor buyumlar harakatini, tayyor mahsulot hamda moddiy boyliklarni 
yuklab jo’natish va sotish"ning hisobi qaydnomasi ham yuritiladi.
16-qaydnomaning 1-bo’limida bir xil mahsulot guruhlari bo’yicha hisob 
narxlari hamda amaldagi tannarxga ko’ra ombordagi tayyor buyumlarning 
harakati ko’rsatilgan bo’ladi. Bu erda qolgan va ishlab chiqarishdan kelgan 
tayyor mahsulotning amaldagi tannarx salmog’ining hisob narxlari bo’yicha 
328


qiymati aniqlanadi. Ushbu foiz nisbatidan buxgalteriyada hisobot oyida 
yuklab jo’natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxirida qolgan 
tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxini hisoblashda foydalaniladi.
Oy oxirida omborda qolgan hisob narxlaridagi tayyor mahsulotning 
qoldig’i (ombordagi mahsulot qoldig’ining hisobi qaydnomasiga binoan 
yoki moddiy javobgar shaxsning hisobotiga ko’ra) 16-"Tayyor 
mahsulotlarning harakati, ularni yuklab jo’natish va sotish" 
qaydnomasining 1-bo’limida aks ettirilgan shunga mos qoldiq bilan 
solishtiriladi. Qoldiqlarning bir xilligi hisobning to’g’riligidan dalolat 
beradi, bir xil chiqmasligi esa, xatolar borligini ko’rsatadi, bu xatolarni esa 
o’z navbatida bartaraf etish lozim. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin