O bobojonov k. Jumaniyozov


 Tayyor mahsulotlarni qabul qilishda omborxona hisobini



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

8.6. Tayyor mahsulotlarni qabul qilishda omborxona hisobini 
yuritish.
Texnik nazorat bo’limi tomonidan qabul qilingan, tayyor holga 
keltirilgan mahsulotlar omborga topshiriladi. Bu jarayon ko’pchilik 
sub’ektlarda topshirish yukxati yoki mahsulotni topshirish qaydnomasi 
bilan rasmiylashtiriladi. Bu xujjatlarda topshiruvchi sex, topshirilish 
muddati, mahsulotning nomenklatura raqami, uning nomi, miqdori, reja 
tannarxi va tegishli moddiy javobgar shaxslarning imzosi ko’rsatiladi. 
Qabul xujjatlari asosida buxgalteriya mahsulotni topshirish qaydnomasini 
yuritadi. Bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatlar qabul qilish-topshirish 
dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Omborlarda mahsulot harakatining 
miqdor ko’rsatkichlaridagi hisobi varaqalarda yuritiladi. Varaqaga har bir 
kirim va chiqim xujjatlari asosida mahsulotning harakati bilan bog’liq 
muomalalar yozib boriladi.
Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi tezkor buxgalteriya usuli 
bo’yicha tashkil qilinadi, ya’ni har bir mahsulot nomenklatura raqamiga 
ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi (M-17 shakli). Tayyor 
mahsulotning kelib tushishi va chetga berilishi bilanoq, ombor xodimi 
xujjatlar asosida ularning sonini kartochkalarga yozib qo’yadi va har bir 
yozuvdan keyin koldiq hisoblab qo’yiladi. Buxgalter har kuni tugagan 
sutka uchun yoki belgilangan grafik bo’yicha ombordan xujjatlarni qabul 
qilib olishi kerak (qabul qilish-topshirish yukxati, tovar-transport 
yukxatlari). Ombor hisobining to’g’ri yuritilganligi ombor hisobi 
kartochkasi asosida har oyda tayyor mahsulotning nomenklaturasi, o’lchov 
birligi, miqdoriga asoslangan holda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi 
baholari bo’yicha qoldiqlar aniqlanadi.
Mahsulotning kirimi va chiqib ketishi bilan bog’liq muomalalar 
rasmiylashtirilgan dastlabki xujjatlar ombor varaqalariga yozilgandan 
so’ng buxgalteriyaga topshiriladi. Bu erda xujjatlar tekshiriladi
guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor 
mahsulot harakatining pul ko’rinishda ifodalangan hisobi buxgalteriyada 
ombor mudirining hisoboti ma’lumotlari asosida yuritiladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin