O bobojonov k. Jumaniyozov


 Tayyor mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

8.9. Tayyor mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat 
ko’rsatishning sintetik hisobi.
Mahsulotning sotilishi sub’ekt faoliyatining asosiy salmoqli ko’rsatkichi 
hisoblanadi. Sotish jarayoni mahsulot (ish, xizmat)larni jo’natish va 
sotishga doir xo’jalik muomalalarining yaxlitligi bilan bog’liqdir.
Amaldagi qoidaga muvofiq 1 yanvar 1998 yildan qabul qilingan 
hisoblash usuliga muvofiq mahsulotlar (ish, xizmatlar) jo’natilgan sana 
yoki bankka to’lov-hisoblashish xujjatlarini taqdim etgan kun sotuv 
amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi. Lekin xalqaro standart bo’yicha 
kassa usuli, ya’ni sotilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan 
xizmatlar uchun xaridorlardan mablag’larning kelib tushishi sanasi ham 
tavsiya qilinadi.
9100 «Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga 
oluvchi schyotlar »
9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”;
9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”;
9130 “Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning 
tannarxi”;
9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish G` xarid 
qilish”;
9150 “Davriy hisobda TMZ bo’yicha tuzatishlar”.
9100-«Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini 
hisobga oluvchi schyotlar » bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari
Т/
r
Xo’jalik muomalalarining 
mazmuni
Schyotlarning 
bog’lanishi
Dеbеt
Krеdit
1 Sotilgan tayyor maqsulotlarning 
9110
2810 - 
340


tannarxi
2830
2 Chiqib kеtayotgan qayvonlarning 
tannarxi
9110
1110, 
1120
3
Sotilgan o’zida ishlab chiqarilgan 
yarim tayyor maqsulotlarning 
tannarxi
9110
2110
4 Sotilgan tovarlarning tannarxi
9120
2910-
2990
5
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish 
va xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik 
sеxlarining bajargan ishlari va 
ko’rsatgan xizmatlarining tannarxi
9130
2010, 
2310, 
2710
6
Tovar-moddiy Rеzеrvlarni sotib 
olish (TMZni davriy hisobga olish 
uslulida)
9140
6010
7
hisobot davrining oxirida 
invеntarizatsiya natijalari bo’yicha 
TMZ schyotlari bo’yicha 
q
oldiqlarga tuzatishlar qilindi:
a) asosiy moddiy Rеzеrvlar:
Rеzеrvlarning o’sishi
Rеzеrvlarning kamayishi
b) tugallanmagan ishlab 
chikarish:
o’sish
kamayish
v) tayyor maqsulot:
Rеzеrvlarning o’sishi
Rеzеrvlarning kamayishi
g) tovarlar:
Rеzеrvlarning o’sishi
Rеzеrvlarning kamayishi
1010-
1090
9150
2010
9150
2810
9150
2910-
2990
9150
9150
1010-
1090
9150
2010
9150
2810
9150
2910-
2990
8
hisobot davrining oxirida 9140 
“Davriy hisobda TMZ sotib olish 
G` xarid qilish” schyotining 
yopilishi
9910
9140
9 hisobot davri oxirida 9150 “Davriy 
hisobda TMZ bo’yicha tuzatishlar” 
9910
(9150)
9150
(9910)
341


schyotining yopilishi
1
0
Sotilgan maqsulot (ish, 
xizmat)larning tannarxini hisobga 
oluvchi schyotlar (9100)ning 
yopilishi
9910
9110, 
9120, 
9130
Sub’ektlarda mahsulot va tovarlarni sotish, ishlar bajarish, xizmatlar 
ko’rsatishga doir axborotlarni umumlashtirish, shuningdek sotuv 
natijalarini aniqlash uchun schyotlar rejasida 9910-"Yakuniy moliyaviy 
natijalar" jamlama schyoti ko’zda tutilgan.
9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining debetida sotilgan yoki 
jo’natilgan mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi, 
mahsulotni sotish xarajatlari, mahsulot narxiga ustama ravishda 
to’lanadigan idish bahosi, qo’shilgan qiymat solig’i summasi, aksiz va 
bojxona soliqlari summasi aks ettiriladi. Ushbu summalar asosan 
9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi", 9410 va boshqa schyotlarning 
kreditidan olinadi.
9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining kreditida sotilgan yoki 
jo’natilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat) uchun to’lov 
xujjatlari bo’yicha ko’rsatilgan summalar yoki ko’rsatilgan xizmatlar 
uchun xaridorlardan olinadigan summalar (4010) va bank schyotlariga 
yotkazilgan summalar qayd qilinadi. Ushbu summalar tegishli 
9010-"
Tayyor maіsulotlarni sotishdan daromadlar" va 
9030-"
Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar" 
schyotlarining debetidan olinadi.
Mahsulot jo’natilganidan yoki sotilganidan so’ng va to’lov xujjatlari 
ko’rsatilganidan keyin sub’ektning buxgalteriyasida quyidagi yozuvlar 
qayd etiladi:
Sotuv narxlarining qiymati miqdoriga:
4010-"Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" 
schyotining debeti;
9010-"
Tayyor maіsulotlarni sotishdan daromadlar " 
schyotining krediti;
Bir vaqtning o’zida:
9110-"
Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi " 
schyotining debeti va 
2810-"Tayyor mahsulotni" schyotining krediti haqiqiy ishlab 
chiqarish tannarxi miqdoriga.
342


Mahsulotlarni jo’natish va sotish (ishlar bajarish, xizmatlar 
ko’rsatish)ning hisobi 11-jurnal-orderda yuritiladi. Mazkur jurnal-order 
2800-"Tayyor mahsulotlar", 2910-"Tovarlarni", 9110-"Sotilgan 
mahsulotlarning tannarxi", 9130-"Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan 
xizmatlarning tannarxi", 4010-"Xaridorlar va buyurtmachilardan 
olinadigan schyotlar" schyotining kreditiga oid muomalalar hamda 9010, 
9030 va 9110 schyotlarining analitik ma’lumotlarini aks ettirishga 
mo’ljallangandir.
11-jurnal-order va 15,16-qaydnomalar analitik ma’lumotlar asosida 
yuritiladi. 9110, 9130 va 9010, 9030 schyotlarining analitik ma’lumotlari 
haqiqiy tannarx, hisob narxlari, taqdim etilgan to’lovnoma yoki uning 
narxini ko’rsatib o’rnini bosuvchi xujjatga doir summa, shuningdek 
hisobot oyi muomalalari hamda yil boshidan beri amalga oshirilgan hajmi 
bo’yicha soliq summalari ham 11-jurnal-orderda keltiriladi.
9010, 9030 va 9110, 9130 schyotlarining analitik hisobi sotilgan 
mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning har bir turi bo’yicha 
ayrim olgan holda yuritiladi.
Sotilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini hisoblash uchun dastlab 11-
jurnal-orderda yil boshidan beri jo’natilgan mahsulotlarning haqiqiy 
tannarxi muomalasi uning taqdim etilgan to’lovnomalar (yoki ularning 
o’rnini bosuvchi xujjatlar) bo’yicha qiymatiga foiz nisbati belgilanadi. 
Olingan foiz bilan oy yakuni holatiga ko’ra hali to’lanmagan, lekin 
jo’natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Buning uchun oy 
yakuni holatiga ko’ra hali to’lanmagan barcha to’lovnomalarning sotuv 
qiymati ushbu foiz nisbatiga ko’paytiriladi. Sotilgan mahsulot (bajarilgan 
ish, ko’rsatilgan xizmat) va xaridorlarga jo’natish xarajatlarining haqiqiy 
tannarxga ularni hisobot oyida jo’natish qiymati (qaytarilgan mahsulot 
summasi bunga kirmaydi) qo’shiladi va undan oy oxiridagi qoldig’i ayirib 
tashlanadi.
11-jurnal-orderda shuningdek, yaroqsizligi uchun xaridorlar tomonidan 
qaytarilgan mahsulotlarga doir muomalalar ham aks ettiriladi. Agar mahsulot 
uning qiymati to’langunga qadar qaytarilsa, hisobda quyidagi yozuvlar qayd 
etiladi:
sotuv narxi qiymati miqdoriga:
9040-"Sotilgan mahsulotlarning qaytarilishi" schyotining debeti;
4010-"Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan tschyotilar" 
schyotining krediti;
mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqiy tannarxi miqdoriga:
2810-"Tayyor mahsulotni" schyotining debeti;
343


9110-"Sotilgan tayyor maіsulotlarning tannarxi" schyotining krediti;
foyda yoki zarar summalarining hajmi esa 9910-"Yakuniy moliyaviy 
natijalar" schyotida aniqlanadi:
9010-"
Tayyor maіsulotlarni sotishdan daromadlar " 
schyotining debeti;
9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining krediti; 
9910-"Yakuniy moliyaviy natija" schyotining debeti;
9040-"Sotilgan mahsulotlarning qaytarilishi" schyotining krediti;
9110-"
Sotilgan tayyor maіsulotlarning tannarxi" schyotining 
kreditidan 9910-"Yakuniy moliyaviy natija" schyotining debetiga 
o’tkaziladi.
Haqiqiy tannarx miqdoriga:
2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotining debeti, 
2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyoti krediti va 9110-"Sotilgan tayyor 
maіsulotlarning tannarxi" schyotining debetiga 2810-"Ombordagi tayyor 
mahsulotlar" schyotining kreditidan o’tkaziladi. 
Agar mahsulot haqi xaridor tomonidan to’langan bo’lsa, bu holda sanab 
o’tilgan buxgalteriya yozuvlaridan tashqari kelib tushgan pul mablag’lari 
summasiga quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
6310-"Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar" schyotining 
debeti va 4010-"Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan shyotlar" 
schyotining krediti va qolgan summa 5010, 5110 yoki 5210 schyotlarining 
debetida va 4010 schyotining kreditiga qayd qilinadi.
Xaridorlar tomonidan qaytarilgan yaroqsiz mahsulot quyidagicha 
rasmiylashtiriladi:
2610- "Ishlab chiqarishdagi brak" schyotining debeti va 6960-"Da’volar 
bo’yicha to’lanadigan to’lovlar" schyotining krediti.
Mahsulotni xaridorga o’z hisobidan etkazib berishga doir transport 
xarajatlari uchun quyidagi o’tkazma amalga oshiriladi:
9410-"Sotish xarajatlari" schyotining debeti va 2310-"Yordamchi ishlab 
chiqarish" schyotining krediti.
Brak mahsulotining xaridor tomonidan etkazib berilishiga doir transport 
xarajatlari quyidagicha aks ettiriladi:
2610-"Ishlab chiqarishdagi brak" schyotining debeti;
5110-"Іisob-kitob schyoti" schyotining krediti.
Mahsulot (ish, xizmat)larning sotilishining moliyaviy natijasi 
9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining krediti va debeti 
jamlamalarini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. Agar 9910-schyotning 
kredit tomonidagi jamlamasi debet tomonidagi jamlamasiga qaraganda 
344


yuqoriroq bo’lsa, bu holda sub’ekt foyda olgan hisoblanadi va oyning 
jamlama schyotida to’laligicha hisoblab chiqariladi hamda bu holda 
ma’lumotlar 15-jurnal-orderda qayd qilinadi.
Agar 9910-schyotning kreditdagi jamlama summasi debetidagi jamlama 
summasidan kam bo’lsa, u holda sub’ekt zarar ko’rgan bo’ladi hamda 11-
jurnal-orderda qayd qilinadi. 
Mahsulotni sotish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
mahsulotning jo’natilishini tashkil etish (marketing muomalalari)ga 
doir xarajatlar;
tayyor mahsulotlar omboridagi mahsulotning idishi va uni o’rab-
bog’lash xarajatlari;
mahsulotni etkazib beruvchi hisobidan u jo’natiladigan stansiya 
(port)ga etkazib berish, vagonlar, kemalar, avtomobillar va boshqa 
transport vositalariga yuklash xarajatlari;
mahsulotni jo’natish va boshqa vositachilik yig’imlari (ajratmalari)ni 
to’lash xarajatlari;
mahsulotni sotish joyidagi ular saqlanadigan binolarning qarovi va 
qishloq xo’jaligi korxonalarida sotuvchilarning mehnatiga haq to’lashga 
doir xarajatlar;
reklama xarajatlari;
boshqa, yuqorida qayd qilingan xarajatlardan tashqari maqsadli 
xarajatlar.
Mahsulotni o’rab-bog’lash va saqlashga oid xarajatlar xaridorlar 
tomonidan sarflansa sotuv xarajatlariga kiritilmaydi.
Ombordagi tayyor mahsulotlarni xaridorlarga sotish sub’ektning 
marketing bo’limi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu jarayonni amalga 
oshirish uchun xaridorlar bilan oldindan tuzilgan shartnomalar va jo’natish 
grafigiga asosan sub’ekt rahbarining buyrug’i chiqariladi yoki mahalliy 
iste’molchilarga yuk xatiga asosan sotiladi. Sub’ektning moliya bo’limi 
yoki buxgalteriya xaridor-sub’ektning nomiga schyot yoki to’lov-
talabnoma xujjatini yozib, tovar sotuvchi sub’ektga xizmat ko’rsatadigan 
bankka topshiradi. 
To’lov-talabnoma mol etkazib beruvchining schyot-fakturaga mos 
ravishda ortib jo’natilgan mahsulot qiymati uchun xaridorning 
hisoblashish raqamidan mablag’ni o’tkazib berishi to’g’risida bankka 
bergan buyrug’idir. Unda ortib jo’natilgan mahsulot qiymati va sotish 
bahosi, miqdori va assortimenti qayd qilinadi.
Franko-ombor mol etkazib beruvchining ombori.
345


Ushbu tartibda mahsulotni ortib-jo’natish bilan bog’liq bo’lgan barcha 
xarajatlarni xaridor o’z zimmasiga oladi va to’lov talabnomasida 
ko’rsatilmaydi. Bu sarflar mahsulotlarni yuklash, bekatga olib borish, 
temiryo’l tarifi va mahsulotni vagonga ortish xarajatlarining yig’indisidan 
iborat.
Mahsulot ombordan xaridor-sub’ektning vakiliga berilgan 
ishonchnomasi asosida jo’natiladi va tovar transport yukxati xujjati bilan 
rasmiylashtiriladi. Mahsulot jo’natilgandan so’ng sotilgan mahsulot 
qiymati 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotining kreditidan 
9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi" schyotining debetiga yoziladi va 
shu vaqtda 4010-"xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar"ning 
debeti va 9010-"Sotilgan mahsulotlardan olingan daromadlar" schyotining 
kreditida qayd qilinadi.
4000-"Olinadigan schyotlar"hi hisobga oluvchi schyotlarning 
4010-"Xaridor
va
buyurtmachilardan
olinadigan 
schyotlar"4020-"Olinadigan veksellarning joriy qismi" Mahsulotni sotish 
bilan bog’liq xarajatlarga doir axborotlar 9400-"Davr xarajatlari" 
schyotlarining 9410-"Sotish xarajatlari" schyotida to’planadi. Mahsulotni 
jo’natish va sotishga doir barcha xarajatlar ko’rsatib o’tilgan 
nomenklaturaga muvofiq ravishda 9400-"Davr xarajatlarini" schyotlari 
guruhiga kiruvchi 9410 schyotlarining debetida ko’rsatiladi.
Har bir hisobot davrining oxirida 9410-"Sotish xarajatlari " schyotidagi 
summa 9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining debet tomoniga 
o’tkaziladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin