O bobojonov k. Jumaniyozov


-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar» bilan



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar» bilan 
bog’liq xo’jalik operatsiyalari
Т/
r
Xo’jalik muomalalarining 
mazmuni
Schyotlarning 
bog’lanishi
Dеbеt
Krеdit
1
Asosiy (opеratsion) faoliyatning 
daromadlarini hisobga oluvchi 
schyotlarning yopilishi
9010, 
9020, 
9030
9910
2
Sotilgan maqsulot (tovar, ish, 
xizmat)lar tannarxini hisobga 
oluvchi schyotlarning yopilishi
9910
9110- 
9150
3 Asosiy faoliyatning Boshqa 
daromadlarini hisobga oluvchi 
9310-
9390
9910
346


schyotlarning yopilishi
4 Davr xarajatlarini hisobga oluvchi 
schyotlarning yopilishi
9910
9410-
9440
5
Moliyaviy faoliyatning 
daromadlarini hisobga oluvchi 
schyotlarning yopilishi
9510-
9590
9910
6
Moliyaviy faoliyat bo’yicha 
xarajatlarni hisobga oluvchi 
schyotlarning yopilishi
9910
9610-
9690
7 9710 “Fav?uloddagi foydalar” 
schyotining yopilishi
9710
9910
8 9720 “Fav?uloddagi zararlar” 
schyotining yopilishi
9910
9720
9
Soliqlar va Boshqa majburiy 
to’lovlarni to’lash uchun 
foydaning ishlatilishini hisobga 
oluvchi schyotlarning yopilishi
9910
9810-
9820
1
0
hisobot yilining sof foydasi
9910
8710
1
1
hisobot yilining sof zarari
8710
9910
Mahsulotni sotish xarajatlarining hisobini yuritish uchun sub’ektning 
buxgalteriyasida quyidagi yozuvlar qayd qilib boriladi:
Tayyor mahsulot omboridagi idish va o’rab-bog’lash materiallari 
qiymatiga:
9410-"Sotishdagi Idish sarflari" schyotining debetiga;
1070-"Idish va idish materiallari" schyotining kreditidan.
Yordamchi ishlab chiqarish va mahsulotni o’rab-bog’lash hamda 
jo’natish bo’linmalariga xizmat ko’rsatish sexlari tomonidan ko’rsatilgan 
xizmatlarning haqiqiy tannarxi miqdoriga:
9410-"Sotish xarajatlari" (9411 va 9413) schyotining debetiga;
2300-"Yordamchi ishlab chiqarish" schyotlarining kreditidan.
Tijorat xarajatlari qatoriga o’tkaziladigan ishlar va xizmatlarga kassa 
orqali haq to’lashga:
9410-" Sotish xarajatlari " schyotining (9419 schyoti) debetiga;
5010-"Кassadagi milliy valyutadagi mablag’lar" schyotining kreditidan.
347


Tijorat xizmatlari (reklama, sotishga yordam berish va boshqa)ning 
haqiqiy qiymati miqdoriga:
9412-"Reklama va sotishga yordam berish sarflari" schyotining 
debetiga va
6010-"Mahsulot etkazib beruvchilar va pudratchilarga bo’lgan qarzlar" 
schyotining kreditiga;
Xodimlarga yuklash va tushirish ishlari uchun haq hisoblanganda:
9411-"Sotish va tashish sarflari" schyotining debetiga va 
6710-"Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlarga bo’lgan qarzlar" 
schyotining kreditiga;
Ijtimoiy sug’urta jamg’armasiga ajratmalar o’tkazishga:
9415-"Mehnat haqi jamg’armasidan ajratmalar" schyotining debeti va
6520-"Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar" schyotining kreditiga;
Hisobdor shaxslar tomonidan to’langan tayyor mahsulotlarni jo’natish 
xarajatlarining summasi miqdoriga:
9419-"Boshqa savdo sarflari" schyotining debetiga
6870-"Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar" schyotining kreditidan.
9410-"
Sotish
xarajatlari"ning analitik hisobi belgilangan 
nomenklaturaga muvofiq 15-qaydnomada yuritiladi. Oy yakunida 9410 
schyotining debet tomonida hisobga olingan summalar 9910-"Yakuniy 
moliyaviy natijalar" schyotiga hisobdan chiqariladi.
9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining debetiga
9410-" Sotish xarajatlari " schyotilarining kreditidan.
Ushbu o’tkazmalar 11-jurnal-orderda aks ettiriladi.
9400-Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi
9410-" Sotish xarajatlari " schyotlari
9411-"Saqlash va tashish sarflari"
9412-"Reklama va sotishga yordam berish sarflari"
9413-"O’rash (qadoqlash), navlarga ajratish va idish sarflari"
9414-"Mehnatga haq to’lash sarflari"
9415-"Mehnat haqi jamg’armasidan ajratmalar"
9419-"Boshqa savdo sarflari"

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin