O bobojonov k. Jumaniyozov


-«Asosiy (opеratsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

9000-«Asosiy (opеratsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi 
schyotlar» bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari
Т/
r
Xo’jalik muomalalarining 
mazmuni
Schyotlarning 
bog’lanishi
Dеbеt
Krеdit
1 Jo’natilgan maqsulotlar, tovarlar, 
4010, 
9010, 
356


bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan 
xizmatlar (QQS, aktsizlardan 
tashqari) uchun xaridorlarga taqdim 
etilgan hisob-kitob xujjatlaridagi 
summaga
4020
9020, 
9030
2
Maqsulotlar, tovarlar, ishlar va 
xizmatlarni naqd pulga sotish
5010, 
5020
9010, 
9020, 
9030
3
Korxona xodimiga maqsulot, 
tovarlar, ishlar va xizmatlar 
(jumladan maxsus kiyimlar) sotildi
4790
9010, 
9020, 
9030
4
Dividеndlar maqsulotlar, tovarlar, 
ishlar va xizmatlar bilan to’landi
6610
9010, 
9020, 
9030
5 Vositachilik opеratsiyalari bo’yicha 
komission mukofotlar summasi
4010
9010
6
Maqsulot, tovarlar, ishlar va 
xizmatlar sho’'ba va qaram xo’jalik 
jamiyatlariga sotildi
4120
9010, 
9020, 
9030
7
Kеchiktirilgan daromadlar summasi 
ular taallu?li bo’lgan hisobot davri 
kеlganda sotish hajmiga kiritildi
6230
9010, 
9020, 
9030
8 Sotilgan tovarlarning qaytishi
9040
4010
9 Sotishdan va narxdan chеgirmalar 
bеrish
9050
4010
1
0
hisobot davrining oxirida 9040 
“Sotilgan tovarlarning qaytishi” 
schyotini yopilishi
9010, 
9020
9040
1
1
hisobot davrining oxirida 9050 
“Xaridorlar va buyurtmachilarga 
bеrilgan chеgirmalar” schyotini 
yopilishi
9010, 
9020,90
30
9050
1
2
Asosiy (opеratsion) faoliyatning 
daromadlarini hisobga oluvchi 
schyotlarning yopilishi
9010, 
9020. 
9030
9910
357


Hisobot ma’lumotlarida ko’rsatilgan tayyor mahsulotning amalda 
omborda mavjud bo’lgan tayyor mahsulotga muvofiq kelishi tayyor 
mahsulotni inventarizasiya qilish asosida aniqlanadi.
Mahsulot etkazib berish rejasining bajarilishini hisobga olish tezkor 
hisobga olishning maxsus registrida yuritiladi.
Mazkur registr asosida tayyor mahsulotni belgilangan hajmda etkazib 
bermaslik yoki to’lovning kechiktirilishi sabablari aniqlanadi va tegishli 
chora-tadbirlar ko’riladi.
Tayyor mahsulotni inventarizasiyadan (yo’qlamadan) o’tkazish tartibi 
aylanma mablag’larning tarkibiga kiruvchi boshqa moddiy boyliklarni 
inventarizasiya qilish tartibi bilan bir xil. Ba’zi farqlari shundan iboratki, 
tayyor mahsulotlar qator holatlarda nafaqat o’zining omborlarida, balki 
sexlarning omborlarida va mahsulotlarni sotib beruvchi sub’ektlarning 
omborlarida javobgarlik asosida saqlanadi. Buxgalteriya hisobida va 
inventarizasiya ruyxatlarida ular yaxlit holda aks ettiriladi. Tayyor 
mahsulotlarning harakati jadal ravishda ro’y beradi, shuning uchun tayyor 
mahsulotlarning inventarizasiyasini imkoni boricha qisqa muddatlarda 
o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Inventarizasiya jarayonida tayyor mahsulotlarni qayta hisoblash, 
o’lchash va tortib ko’rish yo’li bilangina emas, balki ularning butligi, navi 
va boshqa sifat tavsiyalari ham tekshiriladi.
Inventarizasiya ro’yxatlarida moddiy boyliklarning kodi, nomi, 
miqdoridan tashqari ularning nomenklatura raqami, markasi (rusumi) va 
navi hamda boshqa alohida belgilari ham ko’rsatiladi.
Turib qolgan va qimmati to’liq bo’lmagan mahsulotlar uchun alohida 
ro’yxat tuziladi. Yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar ro’yxatga kiritilmaydi. 
Ular yuzasidan maxsus dalolatnoma tuziladi. Bu dalolatnomada tayyor 
mahsulot buzilishining sababi va aybdor shaxslar, qadrsizlanish summasi 
ko’rsatiladi.
Inventarizasiya o’tkazish vaqtida mahsulotlar inventarizasiya 
komissiyasi ishtirokida qabul qilinadi va alohida ro’yxatga kiritiladi. 
Jo’natilgan deb hisoblangan yoki haqi to’langan, lekin ombordan olib 
chiqib ketilmagan mahsulotlar ham alohida qayd etiladi. Joylash va 
saqlash idishi ham turi, maqsadi va toifasiga qarab (yangi, foydalanishda 
bo’lgan tayyor mahsulot bilan birga inventarizasiyadan o’tkaziladi.
Jo’natilgan mahsulotlar va tovarlar va xaridorlar tomonidan muddatida 
haqi to’lanmagan mahsulotlar va tovarlar yuzasidan har bir yuklab 
jo’natish bo’yicha alohida yo’qlama ro’yxati tuziladi. Ularda mahsulot, 
tovarlar va xaridorning nomi, jo’natish sanasi, to’lov topshiriqnomasi 
358


yozib berilgan sana, uning raqami va berilgan schyot-faktura bo’yicha 
summasi ko’rsatiladi.
Boshqa sub’ektlar (konsignator)ning omborlarida saqlanayotgan tayyor 
mahsulotlar ushbu moddiy boyliklarning mas’uliyatli saqlashga 
topshirilganligini tasdiqlovchi xujjatlar asosida ro’yxatga kiritiladi. 
Mas’uliyatli saqlashga qoldirilgan mahsulot uchun saqlash tilxatlarini 
inventarizasiya boshlangan sanaga yaqin sanaga qayta rasmiylashtirish 
lozim.
Inventarizasiya natijalari yuzasidan taqqoslash qaydnomalari faqat 
hisobga olish ma’lumotlaridan chekinishga yo’l qo’yilgan mahsulotlarning 
turlari bo’yicha tuziladi.
Inventarizasiya natijalarida aniqlangan tayyor mahsulotlarning 
qoldiqlari joriy hisobda qabul qilingan narxlar bo’yicha baholanadi. 
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan mavjud tayyor mahsulotlarning 
qoldig’i va hisobga olish ma’lumotlari o’rtasidagi farq moddiy boyliklar 
uchun qabul qilingan umumiy tartibda bartaraf etiladi.
Agarda inventarizasiya natijasida tayyor mahsulotlar ortiqcha chiqsa 
ular omborga qabul qilinadi. Debet 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar" 
va 9390-"Boshqa opеratsion daromadlar" schyoti kreditlanadi.
Mabodo inventarizasiya natijasida tayyor mahsulotlarning me’yor 
darajasidagi kamomadi aniqlansa dalolatnomaga muvofiq 9439-"Boshqa 
muomalaviy sarflar" schyotining debetida va 2810-"Ombordagi tayyor 
mahsulotlar" schyotining kreditida, agarda javobgar shaxs zimmasiga 
yuklatilsa 4630-"Moddiy zararlarni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi" 
schyotining debetiga 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyotining 
kreditidan o’tkaziladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin