O bobojonov k. Jumaniyozov


-BOB. КAPITAL, FONDLAR VA MOLIYAVIY NATIJALAR



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

9-BOB. КAPITAL, FONDLAR VA MOLIYAVIY NATIJALAR 
HISOBI
9.1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning xususiy kapitali, uning 
ahamiyati va tarkibi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni jalbqilish sharoitida har 
bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining moliyaviy resurs (mablag’)larini 
tashkil qilishi va undan foydalanishi mumkin. Bu mablag’larning manbai 
esa foyda, amortizasiya ajratmasi, qimmatbaho qog’ozlarni sotishdan 
tushgan mablag’lar, aksiya egalarining badali va ta’sischilarning ulushlari, 
kreditlar, qarzlar, ajratilgan grantlar, maqsadli moliyalashtirish mablag’lari 
va shunga o’xshash yo’nalishdagi mablag’lardir.
Bu bo’limda asosan sub’ektning ustav kapitali, maxsus yo’nalishdagi 
jamg’armalar, Rеzеrvlar, foyda va boshqa mablag’lari o’rganiladi. 
Sub’ektning xususiy kapitali qonunga muvofiq yoki ta’sis xujjatlari 
asosida yaratilgan jamg’armalar va Rеzеrvlar qo’shilgan holda, ularning 
harakati va holati o’rganiladi va nazorat qilinadi.
Xususiy kapital xo’jalik yurituvchi sub’ektning aktivi va 
majburiyatlari o’rtasidagi farqni o’zida mujassamlashtiradi. O’z navbatida 
xususiy kapital 2 guruxga (kategoriyaga) bo’linadi – qo’yilgan 
(investisiya) kapital va taqsimlanmagan foyda. 
Xususiy kapital, ishlab chiqarish va mulk egasiga to’lash, qo’shimcha 
investisiya va boshqa faoliyatlarning natijalariga bog’liq holda ko’payishi 
yoki kamayishi mumkin. 
Ushbu mulk, jamg’armalar, foyda va Rеzеrvlarning hisobi quyidagi:
8300-«Ustav kapitali (fondi)»ni hisobga oluvchi schyotlar
8400-«Qo’shilgan kapital»ni hisobga oluvchi schyotlar 
8500-«Rеzеrv kapitali»ni hisobga oluvchi schyotlar 
8600-«Sotib olingan o’z aksiyalari»ni hisobga oluvchi schyotlar
8700-«Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»larni hisobga 
oluvchi schyotlar
8800-«Grantlar va subsidiyalar (kapital)»ni hisobga oluvchi schyotlar 
8900-«Кelgusi xarajatlar va to’lovlarning Rеzеrvsi»ni hisobga oluvchi 
schyotlarda yuritiladi.
Sub’ektning ustav kapitali uning mablag’larining tashkil bo’lishida 
asosiy manba hisoblanadi. Bu kapitalni tashkil qilish qonun va ta’sis 
xujjatlariga asosan tartibga solinadi.
361


Davlat korxonalarining ustav kapitali davlatning byudjeti tomonidan 
korxonaning foydalanilishiga topshirilgan vaqtda ajratilgan mablag’larning 
yig’indisidir.
Nodavlat, kommersiya sub’ektlarining kapitali esa aksiyadorlar 
tomonidan qo’yilgan mablag’larning yig’indisiga teng bo’ladi.
Aksiyadorlar jamiyati (AJ) yuridik shaxs bo’lib uning kapitali aksiya 
egalarining qo’ygan ulushidan tashkil topgan. AJ faoliyati ustavi bilan 
tartibga solinadi va aksiyadorlar faqat ustav kapitaliga qo’yadigan ulushi 
bo’yicha majburiyat oladilar. 
AJ-ochiq va yopiq turda bo’ladi. 
Ochiq AJ aksiyalari ochiq usulda sotiladi, bir shaxsdan ikkinchi 
shaxsga o’tadi, ya’ni qimmatbaho qog’ozlar birjasida sotilishi mumkin. 
Yopiq AJ aksiyalar bozorga chiqarilmaydi, bundan tashqari o’z 
ulushlarini boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotishi mumkin emas.
AJ ustav kapitalining hajmi uning ustavida ko’rsatilgan bo’ladi. Ustav 
kapitalining ko’payishi yoki kamayishi aksiyaning nominal qiymatining 
bozordagi talab va taklifning ta’sirida oshishi yoki kamayishiga bog’liq.
AJ tomonidan chiqarilgan aksiyalar naqd pulga, pul o’tkazish yo’li 
bilan, mulkka, ya’ni uzoq va qisqa muddatli aktivlar hisobiga ham sotilishi 
mumkin. 
8300

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin