8410-«Emissiya daromadi» schyoti aksiyalarning nominal qiymatidan
yuqori olingan mablag’lar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish
uchun mo’ljallangan.
Кelib tushgan summalar 8410-«Emissiya daromadlari» schyotining
krediti bo’yicha hisobga olinadi, xususiy aksiyalarni sotib olishda va sotib
olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda kursdagi farqlarni qoplash
uchun foydalanilganda ushbu muomalalar bu schyotning debeti bo’yicha
hisobga olinadi.
Qo’shimcha to’langan kapitalning analitik hisobi oddiy va imtiyozli
aksiyalar bo’yicha alohida yuritiladi.
8420-"Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyoti ustav
kapitalini shakllantirish jarayonida hosil bo’ladigan kursdagi farqlarni
hisobga olish uchun mo’ljallangan.
Valyutada va valyuta qiymatliklari hisobiga ustav kapitalini
shakllantirish vaqtida ustav kapitaliga badal to’lash vaqtida amal qilingan
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs
bo’yicha baholanadi. Valyuta va valyuta qiymatliklarini baholash va
boshqa mulklarni ro’yxatdan o’tkazish vaqtida ta’sis xujjatlaridagi
baholardan farq qilishi mumkin. Hosil bo’lgan bu kursdagi farqlar 8420
-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotida hisobga
olinadi. Baholardagi ijobiy farqlar, mulklar, valyutalar va valyuta
qiymatliklari schyotlarining debeti bo’yicha va 8420-«Ustav kapitalini
shakllantirishda kursdagi farqlar schyotining krediti bo’yicha, salbiy
farqlar esa teskari tartibda (debet 8420 va kredit, mulk, valyuta va valyuta
qiymatliklari schyoti) buxgalteriya o’tkazmalari bo’yicha aks ettiriladi.
Baholardagi va kursdagi baholashning bu tartibda hisobdan chiqarilishi
ta’sis xujjatlarida oldindan kelishilgan ustav kapitalidagi ta’sischilar
ulushining o’zgarmasligiga imkon beradi.
Ustav kapitalini shakllantirishda hosil bo’lgan kursdagi farqlarning
analitik hisobi, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiya egalari bilan
hisoblashishdan tashqari, har bir ta’sischi bo’yicha yuritiladi.
Soliqqa tortishning tartibi O’zbekiston Respublikasining soliq
kodeksiga asosan belgilanadi.
Sub’ektning ta’sis xujjatlariga asosan, foyda hisobidan hosil qilingan
Rеzеrvlari, aktivlarni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyasiya
Rеzеrvlarini yaratish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: