O bobojonov k. Jumaniyozov


Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni 
hisobga oluvchi schyotlar
8710
Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi 
(qoplanmagan zarari)
8720
Jamqarilgan foyda (qoplanmagan zarar)
Jamg’arilgan foyda - faoliyat ko’rsatish davridan boshlab mulk 
egalarining qaroriga asosan xususiy kapitaliga reinvestisiya qilingan va 
jami olingan foyda summasidan har xil zararlar, dividendlar va sarflarning 
375


chegirilishi natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyoriga qolgan sof 
foyda summasidir.
8710-" Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan 
zarari)" schyotining kreditiga 9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar" 
schyotining debetidan qoplanmagan zararlar summasi esa 8710-" Hisobot 
davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining 
debetiga va 9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar" schyotining kreditidan 
hisobdan chiqariladi.
Dividendlar hisoblangandan keyin hisobot davridagi taqsimlanmagan 
foydaning qolgan summasi 8710-" Hisobot davrining taqsimlanmagan 
foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotidan 8720-"Jamg’arilgan foyda 
(qoplanmagan zarar)lar" schyotiga o’tkaziladi. Agarda olingan foyda 
summasidan ko’rilgan zararlar va to’langan daromadlar (dividendlar) 
summasi kup bo’lsa, 8710-"Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi 
(qoplanmagan zarari)" schyotining debet tomonida qoldiq (saldo) summasi 
vujudga keladi. Ushbu zararlar summasi 8720-"Jamg’arilgan foyda 
(qoplanmagan zarar)" schyotining debet tomoniga 8710-"Hisobot 
davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining 
kreditidan o’tkaziladi va jamg’arilgan foyda hajmi ushbu summaga 
kamayadi.
Taqsimlanmagan foyda summasining bir qismi dividend 
(daromad)larni to’lash uchun yo’naltirilsa, ushbu yo’nalitrilgan summa 
8710-" Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" 
schyotining debeti va 6610-"To’lanadigan dividendlar" schyotining 
kreditida aks ettiriladi, agarda dividendlar aksiya ko’rinishida to’lansa 
(o’rtacha bozor bahosida) bu muomala 8710-"Hisobot davrining 
taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)" schyotining debeti va 
4610-"Ustav kapitaliga badali bo’yicha ta’sisichlarning qarzi" schyotining 
kreditida aks ettiriladi.
Taqsimlanmagan foyda summalaridan qonunchilikda belgilangan 
tartibda Rеzеrv kapitallarini shakllantirish uchun foydalanish mumkin, 
ushbu muomalalar 8710-"Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi 
(qoplanmagan zarari)" schyotining debeti va 8520-"
Rеzеrv kapitali 
(fondi) (O’zR AV 25.05.2009 y. 1181-2-son bilan ro’yxatga 
olingan O’zR MV Buyrug’i taxriridagi satr)" schyotining kreditida 
qayd qilinadi.
Taqsimlanmagan foyda va qoplanmagan zararlar bo’yicha analitik 
hisob taqsimlanmagan foydalar, qoplanmagan zararlar va jamg’arilgan 
foydalar bo’yicha ayrim olgan holda yuritiladi.
376



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin