8900-«Kеlgusi xarajatlar va to’lovlar, rеzеrvlarini hisobga oluvchi
schyotlar» bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari
Т/
r
Xo’jalik muomalalarining
mazmuni
Schyotlarning
bog’lanishi
Dеbеt
Krеdit
1
Kеlgusi xarajatlar va to’lovlarning
rеzеrvlari tashkil qilindi
Xarajatla
rni
hisobga
oluvchi
schyotlar
8910
2
Korxonaning ishlab chiqarish
sеxlari va xizmat ko’rsatuvchi
xo’jaliklar tomonidan asosiy
vositalarni ta'mirlash uchun va
Boshqa bajarilgan ishlar,
xizmatlar qiymati hisobga olindi
8910
2010,
2310,
2510,
2710
3 hisoblangan kеlgusi xarajatlar
8910
9390
380
Rеzеrvlarining foydalanilmay
qolgan sumasi korxona
daromadiga qo’shildi
9.9. Moliyaviy natijalar, ularning ahamiyati va aniqlash tartibi.
O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiga o’tishi iqtisodiyotdagi
siyosatni tubdan o’zgartirishga va uning asosiy qismlaridan biri bo’lgan,
ya’ni iqtisodiy axborotlar bilan ta’minlovchi buxgalteriya hisobi va
moliyaviy hisobotning tutgan o’rnini tubdan kengaytirishga olib kelmoqda.
Chunki ilgari – sobiq ittifoq davrida moliyaviy hisobot tizimi asosan
hukumatning rejasi va qarorlarini bajarishga yo’naltirilgan bo’lsa, hozirgi
davrga kelib tegishli sub’ektning xo’jalik yuritish faoliyati bilan qiziquvchi
shaxslarni zarur va ishonchli axborotlar bilan ta’minlash uning asosiy
vazifasiga aylandi. Chunki ushbu shaxslarni asosan tegishli korxona va
firmalarning moliyaviy holati, raqobatbardoshligi qiziqtiradi, chunki ularning
sarmoyalari qisman sub’ektning faoliyatida qatnashmoqda yoki kelgusida
sarmoya qo’yish niyatlari bor.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni o’z faoliyatining yakuniy natijasi
o’laroq moliyaviy natijalar (foyda oladilar yoki zarar ko’radilar)
qiziqtiradi.
Moliyaviy natijalar - tegishli hisobot davrida sub’ektning moliyaviy -
xo’jalik faoliyatining natijasi bo’lmish olingan foyda yoki ko’rilgan
zarardir. Ushbu natijalar bo’yicha ma’lumotlar o’z vaqtida va to’liq
ravishda tegishli xujjatlarda qayd qilinishi, umumlashtirilishi zarur.
Shuning uchun ham moliyaviy natijalarning hisobi xo’jalik faoliyati
to’g’risida olinadigan ma’lumotlarning muhim manbai hisoblanadi. Ushbu
sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarga
qiziquvchilarni ularning ushbu ma’lumotlardan foydalanish nuqtai
nazaridan 2ta guruhga - ichki va tashqi foydalanuvchilar guruhida bo’lish
mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatini boshqarish jarayonida tezkor
qarorlar qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarga zaruriyat tug’iladi, ya’ni
sub’ektning boshqaruv xodimlari - ustadan to bosh direktorgacha
(direktorlar kengashining raisi) ishlab chiqarish yoki moliyaviy
xususiyatga ega bo’lgan qarorlarni qabul qilish uchun ular sub’ektning
faoliyati bo’yicha tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlanishi lozim. Ushbu
yuqoridagi xususiyatga ega bo’lgan iste’molchilar ichki ya’ni sub’ektning
ichidagi iste’molchilar deyiladi.
381
Bundan tashqari moliyaviy hisobotning ma’lumotlari bilan tashqi
shaxslar (sub’ektdan tashqaridagi) ham qiziqadilar, chunki ular sub’ekt
faoliyatining natijasi bilan manfaatdor yoki shunday qarorni qabul
qilmoqchi. Ushbu axborotning iste’molchilari ikki guruhga bo’linadi, ya’ni
moliyaviy natijalarga bevosita qiziqqan va moliyaviy natijalar
ma’lumotiga bilvosita qiziqayotgan shaxslar.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijalari
ma’lumotlariga bevosita qiziqqan shaxslar bular sub’ekt mulkining egalari,
investorlar, ta’sischilar va uning faoliyati bilan o’zlarining faoliyatini
bevosita bog’lagan boshqa yuridik va jismoniy shaxslardir. Chunki
ularning faoliyati sub’ektning faoliyati bilan chambarchas bog’langandir
va ushbu natijalar bilan iqtisodiy jihatdan manfaatdor bo’ladilar. Bu
shaxslar qatoriga asosan sub’ektning manzilidan tashqarida joylashgan
quyidagi yuridik va jismoniy shaxslar kiradilar:
mol etkazib beruvchilar - bergan xom ashyo va materiallarining
qiymatini o’z vaqtida olib turishi uchun;
kreditorlar - yuridik va jismoniy shaxslar qarzga bergan
mablag’larini o’z vaqtida qaytrib olishga ishonch hosil qilishi uchun;
investorlar - qo’yilgan kapital mablag’larining butligiga ishonch hosil
qilish va dividendlar olib turish uchun;
ta’sischilar va aksiyadorlar - qo’shgan ulushlari va aksiya
qiymatlarining butligi va nominal qiymatining saqlanib qolishi, ushbu
ulushlari va aksiyalari uchun tegishli dividend va foizlarni o’z vaqtida olib
turish uchun;
soliq organlari - davlat byudjetiga tegishli soliqlarning to’g’ri
hisoblanishi va ushbu summalarning o’z vaqtida tushib turishi uchun.
Ikkinchi guruhga taalluqli yuridik shaxslar sub’ektning faoliyati bilan
qiziquvchilar, ya’ni kelgusida shu sub’ektning faoliyatiga o’zining ulushini
qo’shmoqchi yoki shu sub’ektning aksiyalarini sotib olishga qiziquvchi
yuridik va jismoniy shaxslar, bundan tashqari 1-guruhning foydasini
himoya qiluvchi shaxslar - auditorlik xizmati, moliyaviy masalalar
bo’yicha maslahatchilar, kontrakt shartlarini bajarishga baho berish
hollarini va qonun xujjatlarining talablariga rioya qilish va foyda hamda
dividendlarni to’lash tartiblari bilan qiziquvchi shaxslardir.
Ushbu zaruriyatlardan kelib chiqqan holda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
ikki xil hisobot tuzishga majbur bo’ladilar:
Birinchisi ichki foydalanuvchilar uchun, ya’ni xo’jalik faoliyatining
natijalarini to’liq, chuqur va har tomonlama yorituvchi - xo’jalik rahbarlari
382
va xodimlari uchun sub’ektni boshqarish va faoliyatiga odil baho berish
uchun zarur bo’lgan ichki hisobot - boshqaruv hisoboti.
Ikkinchisi tashqi foydalanuvchilar, ta’sischilar, investorlar, soliq
muassasalari, mol etkazib beruvchilar va boshqa qiziquvchilar uchun tegishli
ma’lumotlarni yig’ib bir tizimga solgan holda moliyaviy hisob ma’lumotlariga
asoslangan moliyaviy hisobotdir.
Moliyaviy hisob yordamida yig’ilayotgan axborotlar bir xil ko’rinishda
bo’lishi shart, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik faoliyatida
qatnashayotgan yoki uning faoliyatiga qiziqayotgan yuridik va jismoniy
shaxslar ma’lumotlarni to’g’ri va to’liq tushunishi lozim. Shuning uchun
ham ushbu axborotlarni yig’ish va bir tizimga keltirishda uning oldida
nimalarni yig’ish va ularni qanday tartibda yoritish masalasi ko’ndalang
turadi. Ushbu muomalalarga to’liq, har tomonlama va chuqur javob berish
maqsadida buxgalteriya hisobining milliy standartlariga, Soliq kodeksi va
boshqa me’yoriy xujjatlarning talabiga to’liq javob beradigan yangi
«Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi
yangi Nizom ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi
54-son qarori bilan tasdiqlandi. Mazkur Nizomda xarajatlarni
guruhlashtirish va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibidan to’liq,
tushunarli yoritilganki, bu o’z navbatida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
uchun tegishli hisobot davrida jami ishlab chiqarish xarajatlari va olingan
daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z vaqtida va to’liq yig’ish, ishlov
berish tizimi va usullarini ishlab chiqish imkoniyatini bersa, ikkinchi
tomondan tegishli soliq qonunlari va me’yoriy xujjatlari talabiga javob
beradigan moliyaviy hisobot tizimi imkoniyatini yaratdi. Shuni ta’kidlash
lozimki, ushbu Nizom tegishli halqaro standartlarga va ES ning 4.7
qaroriga asosan hamda O’zbekiston Respublikasining xususiyatlari
inobatga olingan holda yaratilgan.
Ushbu Nizomga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati
yuzasidan ko’rilgan moliyaviy natijalar quyidagi ko’rsatkichlar bilan
tavsiflanadi:
Dostları ilə paylaş: |