2. Asosiy faoliyat natijasida olingan foyda - ushbu ko’rsatkich
mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi foyda summasidan davr xarajatlari
chegirilib olingan ko’rsatkichga asosiy faoliyat natijasida olingan boshqa
daromadlar qo’shilgan yoki ko’rilgan boshqa zararlarning summasi
chegiriladi.
AF
=
(YaF-Dx)
±
BD, BZ. bunda:
AF-asosiy faoliyat natijasida olingan foyda;
DX-davr xarajatlari;
BD-asosiy faoliyat natijasida olingan boshqa daromadar;
BZ-asosiy faoliyat natijasida ko’rilgan boshqa zararlar.
3. Umumxo’jalik faoliyatining natijasida olingan foyda summasi -
sub’ektning asosiy faoliyati natijasida olingan foyda summasidan moliyaviy
faoliyati natijasida ko’rilgan zarar summasi chegiriladi yoki olingan foyda
summasi qo’shiladi:
UF
=
FA
±
MF, MZ., bunda:
UF-umumxo’jalik faoliyatining natijasida olingan foyda;
MF-moliyaviy faoliyatining natijasida olingan foyda;
MZ-moliyaviy faoliyatining natijasida ko’rilgan zarar.
4. Soliq summasini to’laguncha aniqlangan foyda summasi -
umumxo’jalik faoliyati bo’yicha olingan foyda summasidan favqulodda
holatlardan olingan foyda summasi qo’shiladi yoki ko’rilgan zararlarning
summasi chegiriladi. STf
=
UF
±
FF, FZ., bunda:
STf-soliq summasining to’laguncha aniqlangan foyda summasi;
FF-favqulodda holatlardan olingan foyda summasi;
FZ-favqulodda holatlardan ko’rilgan zarar summasi.
Dostları ilə paylaş: