O bobojonov k. Jumaniyozov


 Sof foyda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladigan



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

5. Sof foyda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladigan foyda 
bo’lib u soliq to’lagunga qadar hisoblangan umumxo’jalik faoliyatidan 
olingan foyda summasidan «Soliq kodeksi»da ko’rsatilgan daromad 
(foyda) va boshqa soliqlar, to’lovlar summasi chegirilib olingan hosiladir. 
SF
=
STf-(DS+BS)., bunda:
SF-sub’ekt ixtiyorida qoldiriladigan sof foyda (taqsimlaniladigan 
foyda);
DS-daromad (foyda) solig’i;
BS-boshqa soliqlar va majburiy to’lovlar.
Yuqorida biz sub’ektlar o’zining faoliyati natijasida oladigan har xil 
daromad (foyda)larning turlarini tavsifladik. Lekin, shu bilan bir qatorda 
ushbu sub’ektlar zarar ham ko’rishi mumkin. Ushbu holatlarni chuqur va har 
tomonlama yoritish maqsadida Nizomda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
tomonidan ushbu jarayon natijasida oladigan daromadlar va sarflanadigan 
384


xarajatlarini ham ko’rsatish tavsiya qilingan. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
tomonidan xo’jalik faoliyati natijasida oladigan daromadlarini hisobotga 
quyidagi bo’limlar bo’yicha kiritish lozim: 
mahsulot sotishdan olingan daromad;
asosiy faoliyati bo’yicha (muomala daromadlari) olingan daromadlar;
moliyaviy faoliyatidan olingan daromadlar;
favqulodda olingan daromadlar. 
Sub’ektning ushbu xo’jalik faoliyati jarayonida sarflangan xarajatlari 
ham quyidagicha guruhlashtiriladi:
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar;
davr xarajatlari;
moliyaviy faoliyati bo’yicha sarflar;
favqulodda zaralar.
Buxgalteriya hisobining schyotlari rejasiga muvofiq sub’ektning 
xo’jalik faoliyati natijalarini umumlashtirish uchun ya’ni foyda va zararlar 
haqida ma’lumotlarni aks ettirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
1998 yil 26 avgustdan «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot» nomli 
buxgalteriya hisobining milliy standartini qabul qilish natijasida moliyaviy 
natijalar to’g’risida hisobotni tuzishda bir qancha o’zgarish va 
qo’shimchalar kiritildi. Ushbu standartga muvofiq moliyaviy natijalar 
to’g’risidagi hisobot bir nechta bo’limlardan tashkil topgan: 
mahsulot (ish, xizmat)larni realizasiya qilish natijasi; 
muomala faoliyatining natijasi; 
moliyaviy faoliyatining natijasi; 
umumxo’jalik faoliyatining natijasi; 
favqulodda olingan foydalar va ko’rilgan zararlar.
Hisobot davrida sof foyda xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatiga baho 
beradigan muhim ko’rsatkichdir. Chunki ushbu ko’rsatkich xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning menejeri va tashqi foydalanuvchilarning diqqat 
e’tiborida bo’ladi. Ushbu ko’rsatkich moliyaviy natijalar to’g’risidagi 
hisobotning yakunlovchi va jamlovchi ko’rsatkichi hisoblanadi.
Joriy hisobot yilida olingan sof foydaning qanday tartibda kelishi va 
hisoblanishi tegishli standartda aniq va to’liq yoritilgan.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning yangi shaklini ilgarigi 
shakliga nisbatan o’zgarishiga quyidagi shart-sharoitlar o’z ta’sirini 
o’tkazadi:
bozor iqtisodi sharoitida moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan 
foydalanuvchilarning yangi turlarining paydo bo’lishi, eng avvalo 
aksiyadorlar, va boshqa investorlar; 
385


xo’jalik yurituvchi sub’ekt menejerlarining axborotlarga bo’lgan 
yangi talablarining tug’ilishi;
moliya bozorining asosiy talablariga va sub’ektni boshqarish 
zaruriyati talabalariga javob beradigan moliyaviy natijalar to’g’risidagi 
hisobot tarkibini aniq ishlab chiqish zaruriyatining tug’ilishi va hokazolar.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning yangi shaklini joriy qilish 
natijasida quyidagi muhim o’zgarishlar kiritildi: 
realizasiya qilingan mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxiga faqatgina 
ushbu mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar 
qo’shiladi, boshqa xarajatlar davr xarajatlari sifatida muomala sarflarining 
moddalari bo’yicha aks ettiriladi;
ilgarigi xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoldirilgan foyda 
hisobidan qoplanadigan xarajat moddalari hozirda sub’ektning soliqqa 
tortiladigan asos summasidan chegirilmaydigan xarajatlar moddasi deb 
qaraladi (qonun xujjatlarida ko’rsatilgan, xodimlarga o’rnatilgan 
me’yordan ortiqcha to’langan to’lovlar, moddiy qiymatliklarning tabiiy 
kamayish me’yoridan ortiqcha buzilishi va kamayishi va belgilangan 
me’yoridan ortiqcha boshqa to’lovlar). 
Sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyatiga baho berish va yakuniy 
moliyaviy natijani aniqlash uchun 9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar" 
schyoti qo’llaniladi. Ushbu schyotda xo’jalik faoliyatining moliyaviy 
natijasi olingan jamiki daromadlar va sarflarni taqqoslash natijasida qoldiq 
sifatida aks ettiriladi. Ushbu schyotning debet tomonida hamma sarflar va 
zararlar, kredit tomonida esa jamiki olingan daromadlar va foydalar qayd 
qilinadi. Natijada kredit tomonida qoldiq qolsa, sub’ekt foyda olgan, debet 
tomonida saldo qolsa sub’ekt hisobot davrini zarar bilan yakunlagan 
hisoblanadi. Ushbu sintetik schyotda hisobot davrining boshidan 
oxirigacha olingan daromadlar va foydalar, ko’rilgan zararlar, ya’ni 
9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti daromadlar olish, yoki zarar 
ko’rish jarayonining harakatini yoritadi.
9910-«Yakuniy moliyaviy natija» sintetik schyoti: - buxgalteriya 
balansida tenglashtiruvchi rolni bajaradi; - daromadlar va sarflar 
to’g’risida ma’lumot beradi; - mulk egalari o’rtasida olingan daromadlarni 
taqsimlash masalasini echadi; - olinadigan dividend darajasini aniqlaydi;
daromadlar va sarflarning darajasi to’g’risida aniq ma’lumotlar 
beradi;
samaradorlik (rentabellik) ko’rsatkichlari bo’yicha umumlashtirilgan 
va soddalashtirilgan ma’lumotlarni olishga yordam beradi; 
386


ushbu moliyaviy natijalarning darajasini, egallash darajasini, egallash 
omillarini ko’rsatadi; 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning daromadi va sarflarining 
barqarorligini yoritadi va hokazo.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin