O bobojonov k. Jumaniyozov


Mazmunning shakldan ustivorligi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Mazmunning shakldan ustivorligi. Bu prinsipning mohiyati 
shunday, axborotni moliyaviy hisobotda aks ettirilganda uning yuridik 
shaklidan ko’ra uning iqtisodiy mazmuniga ko’proq e’tibor beriladi. Masa-
lan, agarda sub’ekt o’z faoliyatida uzoq muddatga ijaraga olingan 
mablag’lardan foydalansa, unda u (ijaraga oluvchi sub’ekt) bu 
mablag’larni, garchi ular yuridik nuqtai nazaridan boshqa sub’ektlarning 
mulki bo’lsa ham, balansda aktivlar tarkibida aks ettiradi.
К
o’rsatkichlarning
 
solishtiruvchanligi
 
 . 
Solishtiruvchanlik 
sub’ektning xo’jalik-moliyaviy faoliyati haqidagi ma’lumotlar boshqa 
sub’ektlarning faoliyati to’g’risidagi shunga o’xshash axborot bilan 
31


solishtirish mumkin bo’lishligini ta’minlashni talab qiladi. Bundan tashqari, 
ushbu sub’ektda qo’llaniladigan buxgalteriya hisobining usullarini iloji 
boricha uzoq muddatda, o’zgartirilmasdan, saqlab qolish maqsadga 
muvofiqdir.
Chunki buning vositasida bir necha hisobot davridagi sub’ektning 
faoliyatiga doir ma’lumotlarini solishtirish imkoniga ega bo’linadi.
Moliyaviy hisobotning xolisligi
 
 ( neytralligi
 
 ) . Neytrallik – moliviy 
hisobot undan foydalanuvchilarning bir guruhining manfaatini ko’zlab 
ikkinchi guruhning zarariga xizmat qilmaydi.
Hisobot davridagi daromad va xarajatlarning bir biroviga to’g’riligi. 
Bu prinsip mazkur hisobot davrining daromadlarini olish imkonini 
yaratgan xarajatlargina aks ettirilishi lozimligini anglatadi. Agar ayrim 
daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi bevosita bog’liqlikni aniqlash qiyin 
bo’lsa, unda xarajatlar bir necha hisobot davrlari o’rtasida biror shartli 
taqsimlash usuli yordamida taqsimlanadi. Bunga misol tariqasida bir necha 
yillarga taqsimlanadigan amortizasiyalanadigan xarajatlarni keltirish 
mumkin. Bunga shuningdek kelgusi davr xarajatlarini aks ettirish 
masalasini ham misol sifatida keltirish mumkin. Chunki kelgusi davr 
xarajatlari ham qaysi davrda daromad keltirsa, o’sha davrning hisobiga 
o’tkaziladi. Umuman olganda bu masala ancha murakkab bo’lib, 
ko’pincha bu xarajatlarning qaysi davrga taalluqligini aniqlash ma’quldir.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin