qanday kuchga ega bo’lishini bilishi shart. Chunki bu ma’lumotlarga
asosan u yoki bu iste’molchi tegishli qaror qabul qiladi;
moliyaviy-xo’jalik faoliyatini yoritishi bilan bir qatorda kelgusida
sub’ektning faoliyati va ravnaqi uchun qabul qilinadigan qarorlar va
tadbirlar uchun asosiy omil hisoblanadi, ya’ni uning kelgusida oladigan
daromadlari, sarflar, dividend darajasi, birjadagi bahosi va boshqa
ma’lumotlarni aniqlash uchun xizmat qiladi;
moliyaviy-xo’jalik faoliyatining natijalarini taqqoslash - hisobot
ma’lumotlariga asosan sub’ektning oldingi yillardagi faoliyatining
natijalari bilan turdosh sub’ektlarning ishlab chiqarish va moliyaviy
faoliyatlarining natijalari taqqoslanadi va iste’molchilar va investorlar
tomonidan u yoki bu tadbir uchun qaror qabul qilishga asos bo’lib xizmat
qiladi;
ishonchli ma’lumotlarni aks ettirish - hisobot ma’lumotlaridan
foydalanuvchilar uchun sub’ektning faoliyatini va unda sodir bo’lgan
voqealarni ob’ektiv, xolisona yorituvchi, sifatini belgilovchi
ko’rsatkichidir. Ushbu ishonchli ma’lumotlarni yig’ish va yoritishga
quyidagi omillar yordam beradi:
ma’lumotlarning haqiqiyligi - berilgan axborotlarda faqat tegishli
voqealar yoritilishi shart.
Dostları ilə paylaş: