ta’sir qilishi nuqtai nazarida o’rganish natijasida
ularning mohiyati
ochiladi. Shuning uchun ham hisobot tuzayotganda va ushbu natijalarni
baholayotganda ehtiyot bo’lish zarur;
tekshirish mumkinligi - ayrim hollarda u yoki bu muomala yoki
voqealarga ishonchsizlik bilan qaralsa mustaqil
va malakali auditorlar
tomonidan hisobotdagi ma’lumotlar qisman yoki to’liq tekshirilishi
mumkin;
ma’lumotlarning taqqoslanishi - hisobot ma’lumotlaridan
foydalanuvchilar sub’ektning hisobotiga asosan
uning dinamikasini va
tuzilishini tahlil qilishi mumkin. Hisobotlarni taqqoslovchi bahoda yoki
birlikda tuzish shu davr ichida ushbu sub’ekt
yoki bir nechta turdosh
sub’ektlarning kommersiya, ishlab chiqarish
va moliyaviy faoliyatlarini
o’rganish imkoniyatini beradi.
O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’riisda"gi
Qonuniga asosan sub’ektlarning yillik hisobot ma’lumotlari banklar,
birjalar, investorlar, iste’molchilar, ta’sischilar, mol etkazib beruvchilar va
boshqa tashqi foydalanuvchilar uchun ochiq hisoblanadi va ushbu
ma’lumotlar tegishli tartib va muddatda
gazeta va jurnallarda chop
qilinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: