O bobojonov k. Jumaniyozov


Aktiv va majburiyatlarni baholashning haqiqiyligi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Aktiv va majburiyatlarni baholashning haqiqiyligi. Bu prinsipning 
mohiyati shundaki, aktiv va passivlarni baholash ularning sotib olish 
tannarxiga asoslanadi, ya’ni dastlab sub’ektga keltirish necha pulga 
tushgan bo’lsa shu qiymatda baholanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sub’ektlarning soliq to’lash qoidalariga 
rioya qilishi soliq nazorati tashkilotlari tomonidan nazorat qilinadi. 
Hisobotni tuzish qoidalariga rioya qilinishi esa mustaqil auditorlik 
tashkilotlari tomonidan tekshiriladi. Bu tashkilotlar hisobotni tekshirib 
bo’lgandan keyin tashqi foydalanuvchilarga topshirilgan hisobotlarning 
to’g’ri ekanligini yozma tasdiqlab beradilar. Sub’ektning investorlari, 
odatda, buxgalteriya hisobining ichki schyotlaridan foydalanish huquqiga 
ega emaslar. Shuning uchun ham bunday auditorlik nazorati tashqi 
foydalanuvchilarga zarurdir. Shuning uchun kapitalni investisiya qilish 
ob’ektlariga jamiyatning ishonchini ta’minlovchi auditorlik tizimining mav-
judligi bozor mexanizmining muhim omillaridir va shartlaridan biri 
hisoblanadi. Audit tizimi soliq inspeksiyasidan katta farq qiladi. Chunki 
uning vazifasi soliqlar va byudjetga boshqa ajratmalar bo’yicha 
hisoblashishning to’g’ri ekanligini tekshirishdan iborat bo’libgina qolmay 
32


sub’ekt tomonidan topshirilgan hisobotlardagi ma’lumotlarning to’g’ri 
ekanligini isbotlash yo’li bilan mablag’ qo’yuvchilar (investorlar) va kredi-
torlarning manfaatini himoya qilishdan ham iboratdir. Shuning uchun barcha 
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda audit tizimini takomillashti-
rish, uning ishonchliligini va muhimligini oshirish borasida katta ishlar olib 
borilmoqda.
Albatta, auditorlik tizimi sub’ektning hisobotidagi ma’lumotlarning 
to’g’ri ekanligi to’g’risida to’la kafolat bo’la olmaydi va buning uchun 
javobgarlik faqat tashqi auditga emas, sub’ektning rahbariyatiga ham 
yuklanadi.
Lekin auditorlik tizimi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim 
tizimlardan hisoblanadi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin