O bobojonov k. Jumaniyozov


Asosiy vositalarning harkati to’g’risidagi hisobot 3-shakl



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Asosiy vositalarning harkati to’g’risidagi hisobot 3-shakl.
Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotda, O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asosiy vositalarning 
tasniflagichi bo’yicha sub’ekt egalik qilayotgan va uning mulki hisoblangan 
barcha asosiy vositalarning turlari bo’yicha holati va harakati ko’rsatiladi.
3 va 6-ustunlarda sub’ekt egalik qilayotgan va uning mulki hisoblangan, 
ya’ni uning balansida turgan barcha asosiy vositalarning qiymati (mos 
ravishda hisobot davrining boshidagi va oxiridagi holati), shu bilan 
birgalikda boshqa xil asosiy vositalar: ijaraga berilgan, bepul olingan yoki 
vaqtincha foydalanilmayotgan (konservasiyadagi, Rеzеrvdagi va x.k.) 
asosiy vositalarning qiymati ham aks ettiriladi. Ma’lumotlar boshlang’ich 
qiymatda keltiriladi.
4-ustunda hisobot yilidagi asosiy vositalarning turli manbalari bo’yicha 
kirimining umumiy holati aks ettiriladi. Bunga asosiy vosita bahosining 
oshishi, oldin hisobga olinmagan asosiy vositalar, sotib olingan asosiy 
vositalar, aylanma mablag’lar guruhidan asosiy vositalar guruhiga 
o’tkazilgan vositalar, boshqa korxona va tashkilotlardan tushgan vositalar 
(agar kirish balansi o’zgartirilgan bo’lsa), shu bilan birgalikda hamma 
moliyaviy manbalar, bank kreditlari va qarzlar hisobiga hisobot yilida 
foydalanishga qabul qilingan yangi asosiy vositalar ham qo’shilgan holda 
aks ettiriladi.
5-ustunda hisobot yilidagi asosiy vositalarning hisobdan chiqarilgan 
umumiy summasi aks ettiriladi. Bunga asosiy vositalar qiymatining 
kamayishi, ortiqcha va foydalanilmayotgan sub’ekt mol-mulkining 
sotilishi, asosiy vositalarning aylanma mablag’lar guruhiga o’tkazilishi, 
boshqa korxona va tashkilotlarga tekinga berilishi, shu bilan birga hisobot 
yilida foydalanishga yaroqsizligi, eskirgani, tabiiy ofat, halokat, qayta 
tiklash, yangicha qurish va boshqa xil sabablar oqibatida asosiy 
vositalarning to’liq qiymatda (eskirish summasi chegirilmasdan) tugatilishi 
ham kiradi.
7 va 10-ustunlarda hisobot davrining boshi va oxiriga hisoblangan va 
asosiy vositalarning turlari bo’yicha yig’ilgan eskirish summasining 
miqdorlari aks ettiriladi.
8-ustunda har xil manbalar hisobiga kirim qilingan asosiy vositalarning 
hisobot davri uchun hisoblangan eskirish summasining miqdorlari aks 
ettiriladi. Bunga asosiy vositalar qiymatining oshishi tufayli qo’shimcha 
hisoblanadigan eskirish summasining miqdorlari, oldin hisobga olinmagan 
422


eskirish miqdorlari va foydalanishdagi asosiy vositalarning eskirish 
summalarining miqdorlari ham kiradi.
9-ustunda asosiy vositalarning tugatilishi, sotilishi va boshqa xil 
hisobdan chiqarilishi bo’yicha hisoblangan eskirish summasining 
miqdorlari aks ettiriladi.
11-ustunda 3 va 7-ustunda keltirilgan ma’lumotlar farqining natijasi, 
ya’ni yil boshiga bo’lgan asosiy vositalarning sof qoldiq qiymati aks 
ettiriladi.
12-ustunda 6 va 10-utunda keltirilgan ma’lumotlar farqining natijasi, 
ya’ni hisobot davri oxiriga bo’lgan asosiy vositalarning sof qoldiq qiymati 
aks ettiriladi.
"Ja’mi" moddasida aloxida satrlar bo’yicha ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarishdagi asosiy vositalarning harakati ko’rsatiladi. 
Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga sanoat mahsulotlarini ishlab 
chiqarish, qo’rilish, qishloq xo’jaligi, savdo, umumiy avqatlanish, 
transport, qishloq xo’jaligida mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va 
boshqa xil moddiy ishlab chiqarish doirasi bilan bog’liq asosiy vositalar 
kiradi.
Noishlab chiqarish uchun mo’ljallangan asosiy vositalarga uy-joy va 
kommunal xo’jaligi, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, ijtimoiy ta’minot, 
xalq ta’limi, madaniyat va boshqa sohalar bilan bog’liq asosiy vositalar 
kiradi.
"Tugallanmagan qurilish" moddasida sub’ektning ham pudrat, ham 
xo’jalik usulida ob’ektlarni qurish va shu bilan birga asosiy vositalarga 
egalik qilish xarajatlarining harakati ko’rsatiladi.
4-ustundagi yordamchi qismda sub’ekt tomonidan ob’ektlarni qurishga 
sarflangan (to’lashga qabul qilingan va pudratchi tashkilotlarga to’langan 
schyotlar) va asosiy vositalarga egalik qilish uchun sarflangan xarajatlari 
ko’rsatiladi.
5-ustundagi yordamchi qismda foydalanishga qabul qilingan qurilish 
ob’ektlari va egalik qilingan asosiy vositalarning qiymati, shu bilan birga 
asosiy vositalar qiymatini oshirmaydigan hisobdan chiqarilgan 
(hisoblangan) xarajatlar ko’rsatiladi.
"Ma’lumot uchun" bo’limchasida quyidagilar ko’rsatiladi:
Sub’ekt tomonidan yil davomida qaysi guruh manbalari hisobiga 
ob’ektlarning qurilishi va asosiy vositalarning egalik qilinishining 
moliyalashtirilishi ko’rsatiladi.
Boshqa sub’ektlarga ijaraga berilgan ayrim asosiy vositalarning 
qiymati ko’rsatiladi.
423


Ayrim satrda ijaraga olingan asosiy vositalarning qiymati va ularning 
ijarachi sub’ektining hisobida turishi ko’rsatiladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin