GLOSSARIY Aktiv- buxgalteriya balansining bir qismi bo’lib, ma’lum bir
muddatga sub’ekt mablag’larining tarkibi va joylanishini pul ko’rinishida
aks ettiradi. Bundan tashqari balansning passiv qismi ham mavjud bo’lib,
aktiv va passiv tomonlar bo’lim va moddalardan iborat. Aktiv tomonining
jami summasi passiv tomoni summasi bilan teng bo’lishi lozim. Buni
shunday tushuntirish mumkin, ya’ni aktiv tomonidagi mablag’larning
manbalari, balansning passiv tomonida joylashgan.
Akkreditiv (lat. accredo - ishonaman) - nakd pulsiz hisob-kitob
turlaridan biri. Ma’lum bir tovar va xizmatlar uchun belgilangan muddatda
mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar uchun ajratilgan pul
mablag’idir. Akkreditiv qo’yidagi xollarda qo’llaniladi: xaridor va mol
etkazib beruvchi o’rtasidagi shartnomaga asosan, xaridor va mol etkazib
beruvchi o’rtasidagi xo’jalik munosabati doimiylikka ega bo’lmasa,
xaridor tovarni mol etkazib beruvchi manzilida qabul qilib olsa, xokimiyat
qo’rsatmasi va yuriknomasiga qo’ra, tovar etkazib berishning aloxida
ma’lum bir sharoitlarida bank muassasasi talabi bilan kreditlash va hisob-
kitobning ma’lum usuliga o’tgan korxonalar munosabatida, tovar moddiy
boyliklarining me’yoridan yuqori zahiralariga ega bo’lgan korxonalar
munosabatida.
Aksept (lat. acckeptuk - qabul qilingan) - belgilangan sharoit
bo’yicha shartnoma to’zishga rozilik berish. Nakd pulsiz hisob-kitobda
aksept xaridorning mol etkazib beruvchi takdim qilgan hisobini to’lashga
rozilik bildiradi. Aksept oldingi va keyingi bo’lishi mumkin. Oldindan
akseptlashda xaridor bankka hisob kelib tushgandan so’ng 3 kun ichida,
hisob-kitobda qatnashayotgan korxonalar bir shaxarda joylashgan bo’lsa, 3
ish kuni, boshqa shaxarlarda bo’lsa, 5 kun mobaynida bankka norozilik
bildirilmasa, mol etkazib beruvchi korxonaning hisobi akseptlangan
hisoblanadi.
Aksiz - bilvosita solik turi bo’lib, yalpi iste’mol tovarlari (masalan,
tamaki, alkogol ichimligi maxsulotlari) ga belgilanadi: davlatga yalpi
iste’moldagi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan
to’lanadi. Aksiz summasi tovar bahosiga yoki xizmatlar tariflariga
kushiladi.
Aksiya - aksiyadorlik jamiyati kapitaliga ma’lum bir ulushning
kushilganligiga guvox beruvchi va dividend ko’rinishida foydaning bir
qismini olishga xuquq beruvchi qimmatbaho qog’oz.