Кelgusi davr daromadlari - hisobot davrida olingan, ammo kelgusi
davrga tegishli bo’lgan mablag’lar.
Кonsalting - maslaxat xizmatini qo’rsatish va ekspertiza o’tkazish.
Кonsalting bilan shugullanadigan firmalar konsultativ deb ataladi.
Кonsignator - tovarlarning egasi bo’lmasada, tovarlari mavjud
bo’lib, asosan, komission boshlang’ich bosqichida faoliyat yuritadi. O’z
idorasi, shuningdek, qabul qilish, qayta ishlash va tovarlarni sotish
binosiga ega bo’ladi.
Кonsignasiya - tovarlarni xorijga sotishning komission shakli bo’lib,
unga qo’ra tovarlarning egasi (konsignant) u erdagi o’z komissioneriga
(konsignatoriga) tovarlar partiyasini sotish uchun junatadi.
Кontokorrent hisobi - hisob-kitob ssuda hisobi. Oddiy uch yoki
undan ortiq schetlar (moliyalashtirish hisobi, hisob-kitob scheti va
boshqalar) urniga korxona bitta hisob yurgizadi.
Кontragent - bir biriga nisbatan shartnomadagi tomonlarning xar
biri.
Кontraktasiya - tayyorlovchi, qayta ishlovchi sanoat korxonalari
(kontraktantlar) va qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqaruvchilar
(beruvchilar) o’rtasidagi ikki yoklama shartnoma.
Кonsern - mulkchilik va nazorat birligiga asoslanuvchi birlashish
shakli.
Кotirovka - fond birjasida qimmatbaho qog’ozlarga kurs belgilash;
tovar birjasida tovarlar bahosi va ularning birja byulletenlarida yozilishi,
tegishli davlat organlari yoki valyuta birjalarida xorijiy valyutalariga kurs
belgilash.
Кorxonaning jalb etilgan mablag’lari - korxonaning bank krediti
ko’rinishida olgan mablag’lari. Bundan tashqari yana, qisqa va o’zoq
muddatli qarzlar hisobidan jalb etilgan mablag’lari ham bo’lishi mumkin.
Кorxonaning bankdagi hisobidan kuchirma- korxonaning hisob-
kitob, joriy va maxsus schetlaridagi pul mablag’larining xarakati haqida
bank muassasasining yuborgan xujjati.
Кredit (lat. credit - u ishonadi) - buxgalteriya schetining bir qismi.
Aktiv schetlarning kreditida hisob ob’ektining kamayishi yoziladi, passiv
schetlarda esa ushbu hisob ob’ektlari summasining ko’payishi yoziladi.
Кredit tomondagi qoldiq passiv va aktiv-passiv schetlarda bo’ladi.
Кreditorlar - ma’lum bir muddatga boshqa shaxsga qarz bergan
korxona, tashkilot, muassasa (mulkchilik shaklidan kat’iy nazar) va
jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin.
441