Кreditorlik qarzlari - ma’lum bir korxonaning boshqa bir korxona
(tashkilot, muassasa)ga va aloxida jismoniy shaxslarga bo’lgan qarz
summalari.
Lizing -lizing beruvchi bilan lizing oluvchi o’rtasida lizing oluvchiga
xo’jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish
maqsadida kuchar va kuchmas mulkni vaqtinchalik foydalanish uchun
berish tugrisida lizing bitimi (shartnomasi, kontrakt)ni to’zish natijasida
vujudga kelgan xo’jalik qarz munosabatlari.
Lisenziya - (lotinchadan - xuquq, ruxsat) rasmiy ruxsat. Tijorat
amaliyotida uning ikki asosiy turi uchraydi: eksport va importga
lisenziya, hamda patentli lisenziya.
Lisenziya kelishuvi - lisenziya, “nou-xau”, tovar belgilari va
boshqalardan foydalanish xuquqini berish haqidagi kelishuv.
Lifo - Tovar-moddiy boyliklarini so’nggi qabul qilingan yoki
tayyorlangan partiya bahosi bo’yicha hisobga olish usuli. Lifoning
qo’llanilishi foyda summasini ko’payishi yoki kamayishi imkoniyatini
beradi.
Makler - fond, tovar va valyuta birjalarida kelishuvlarni amalga
oshiruvchi vositachi (brokerga qarang).
Materiallar - shunday buyumlarki, ularga inson mehnati sarflanib,
tayyor maxsulot olinadi. Ishlab chiqarishda o’z shaklini saqlab qiymatini
tayyor maxsulotga asta-sekinlik bilan o’tkazuvchi mehnat vositalaridan
farqli ularok, mehnat buyumlari o’z qiymatini maxsulotga to’liq o’tkazib,
ishlab chiqarishda tula iste’mol qilinadi va har bir ishlab chiqarish siklidan
so’ng boshqa mehnat buyumlari - materiallar ishlatiladi.
Marja - (fransuzchadan - chet) savdo, birja, sug’urta va bank
amaliyotlarida tovarlarning bahosi, qimmatbaho qog’ozlarning kurslari,
foiz miqdorlari va boshqa qo’rsatkichlar o’rtasidagi farqlarni ifodalashda
qo’llaniladigan atama.
Marketing (inglizchadan savdo) - ishlab chiqarish - savdo
muammolarini hal etishda kompleks dasturi - maqsadli yondashish.