O bobojonov k. Jumaniyozov


Markazlashgan buxgalteriya



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Markazlashgan buxgalteriya - buxgalteriya hisobini markazlashti-
rishning yuqori shakli bo’lib, unda bir xil faoliyat yuritayotgan bir 
birlashmaga qarashli korxonalar xo’jalik va moliyaviy faoliyatining 
buxgalter hisobi markazlashtirilgan holda buxgalteriya idorasida olib 
boriladi. Ma’lumki, bunda, buxgalteriya hisobi mexanizasiyalashadi.
Menejment - ishlab chiqarishning samaradorligini va foydasini 
oshirish maqsadida, uni boshqarishning strategiya, falsafa, prinsip, usul va 
shakllarining summasidir.
442


Menejer - (inglizchada boshqarish) kompaniyalar, banklar, 
moliyaviy muassasalarni, hamda ularning ichki bo’limlarini boshqaruvchi 
tarkib.
Mehnat birjasi - mehnat bozorida vositachilik jarayonlarini bajaradi. 
Mehnat birjasi yo’llanmasi bo’yicha kelgan xodimni tadbirkor ishga 
olmaslik xuquqiga ega.
Mehnat haqi - ishchi xizmatchilar shaxsiy iste’moli uchun 
mo’ljallangan milliy daromadning bir qismidir. 
Monopoliya - ishlab chiqarish, savdo, xunarmandchilik va boshqalar 
yuzasidan istisnoli xuquq bo’lib, bir shaxsga, ma’lum bir shaxslar 
guruhiga yoki davlatga tegishli bo’lishi mumkin.
Nominal - qimmatbaho qog’ozning blankada (sertifikatda) qayd 
etilgan boshlang’ich qiymati.
Nou-Xau”(inglizchadan - “bilaman qandayligini”) ishlab chiqarish 
texnologiyasi, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun zaruriy ilmiy-
texnikaviy, tijorat, tashqiliy bilimlar.
Sertifikat - kredit muassasini pul mablag’larining deponentlash-
tirilganligi haqidagi yozma guvoxnomasi bo’lib, jamg’aruvchiga deponent 
muddati tugagach pul mablag’ini va unga belgilangan foizni olish 
xuquqini tasdiklovchi xujjat hisoblanadi.
Ssuda - Mulkdan bepul foydalanish shartnomasi. Foiz to’lovi bilan 
kreditga beriladigan pul mablag’i.
Tezkor hisob - xo’jalik hisobi usullaridan biri. Tezkor hisob ma’lum 
bir xo’jalik jarayonini bevosita sodir bo’layotgan joyda va vaqtda 
ro’yxatga olish tizimidir. Tezkor hisob ma’lum bir bo’lim, sex, xo’jalik 
faoliyatida rejaning bajarilishi haqida ma’lumotga ega bo’lishi maqsadida 
o’tkaziladi.
Tender - tovarni etkazishga buyurtma berishning yoki ma’lum bir 
ishni bajarishga pudrat tuzishning maxsus shakli bo’lib, savdo 
tashkilotchilari kelishuvini samarali tijorat yoki boshqa shartlarini 
ta’minlash maqsadida bir necha mol etkazib beruvchi yoki pudratchilarni 
jalb etishni ko’zda tutadi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin