O bobojonov k. Jumaniyozov


Bankdagi Hisob-kitob schyotidagi sodir bo’lgan muomalalarning



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Bankdagi Hisob-kitob schyotidagi sodir bo’lgan muomalalarning 
tasdiqlangan kodlari
Muomala
kodi
Muomalalarning turlari
Debeti bo’yicha
Кrediti bo’yicha
01
To’lov topshiriqnomasiga 
muvofik to’landi
To’lov talabnomasiga va 
schyot-fakturaga muvofiq 
kirim qilindi
02
Chekka muvofiq naqd pul 
to’landi
Naqd pul kirim qilindi
03
hisoblashish chekining 
summasi to’landi
hisoblashish cheki kirim 
qilindi
04
Arizaga muvofiq qo’yilgan 
akkreditivlar yoki maxsus 
schyotlar to’landi
Akkreditiv yoki maxsus 
schyotda foydalanilmay 
qolgan summa kirim 
qilindi
05
Hisob-kitob schyoti 
ko’chirmasining ilovasiga 
muvofiq hisobdan 
chiqarildi
Hisob-kitob schyoti 
ko’chirmasining ilovasiga 
muvofiq kirim qilindi
06
qarzni to’lash uchun 
hisobdan chiqarildi
Arizaga muvofiq olingan 
qarz Hisob-kitob schyotiga 
qabul qilindi
07
Arizaga muvofiq, 
limitlangan chek 
daftarchasi berildi
Limitlangan chek 
daftarchasining qoldiq 
summasi kirim qilindi
08
Maxsus kredit va qarz 
schyotlari 
muqobillashtirildi
Maxsus kredit va qarz 
schyotlari 
muqobillashtirildi
49


Muomala
kodi
Muomalalarning turlari
Debeti bo’yicha
Кrediti bo’yicha
09
Olingan qarz va kreditlar 
yuzasidan to’langan foiz 
summalari hisobdan 
chiqarildi
Berilgan qarzlar bo’yicha 
olingan foizlar kirim 
qilindi
Hisob-kitob schyotidan olingan ko’chirmaga asosan 2-jurnal-orderning 
kredit muomalalaridagi summalarini, ya’ni mol etkazib beruvchilarga 
to’langan qarzlar, bank kreditlari, byudjet va ijtimoiy sug’urta to’lovlari va 
olingan naqd pullarni umumlashtiradi, 2-qaydnoma esa ushbu schyotning 
debet tomonida qayd qilingan muomalalari bo’yicha mablag’larning 
harakatini ya’ni, xaridorlardan tushgan mablag’lar, olingan kredit va qarzlar, 
debitorlar va buyurtmachilardan tushgan summalarni umumlashtiradi va 
nazorat qiladi. Bu jurnal-order va qaydnomaning ma’lumotlari yordamida 
buxgalteriya xodimlari Hisob-kitob schyotiga kirim qilingan pul 
mablag’larining manbalarini, sarflanish maqsadlari va boshqa tashkilot va 
korxonalar oldidagi to’lov majburiyatining bajarilishini nazorat qiladilar. 
Ushbu yozuvlar va pul mablag’larining harakati bankning ko’chirmasiga 
asosan amalga oshiriladi.
Bank tomonidan berilgan ko’chirmadagi bir xil schyotlarda ko’rsatilgan 
summalar yig’iladi va tegishli 2-jurnal-order va qaydnomalarga ja’mi 
summasi yozilib boriladi. Ushbu registrlarni to’lg’azish tartibi bankning 
har bir ko’chirmasi uchun muddati (bir, ikki, besh, o’n kun)dan qat’iy 
nazar bitta qator qoldiriladi. har oyda olingan bank ko’chirmalarining soni 
tegishli 2-jurnal-order va 2-jamg’arma qaydnomadagi qatorlar soniga teng 
bo’lishi shart. 2-jurnal-order va 2-qaydnomada yozuvlar tegishli schyotlar 
aloqa qilgan holda 5110 - "Hisob-kitob schyoti"ning debeti va krediti 
bo’yicha yoziladi. Natijada har hisobot kuni yoki oyda buxgalteriya 
xodimlari tomonidan mablag’lar kirimining manbalari va ulardan maqsadli 
foydalanish, byudjet va boshqa muassasalarga majburiy to’lovlar va 
kalendar-grafikdagi to’lov majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi.
Hozirgi davr talabiga asosan hisob ishlariga hisoblash texnikalarini 
muvaffaqiyatli joriy qilish (kompyuterlashtirish) uchun Hisob-kitob 
schyotida qayd qilingan muomalalarning analitik hisobini kodlashtirish 
maqsadga muvofiqdir.
Bankdagi schyotlarda saqlanayotgan pul mablag’larining holatini va 
xo’jalik muomalalarining ta’sirida ularning harakati (kirimi va sarfi)ni 
50


taqqoslab turish lozim. Bu schyotlardagi mablag’larni taqqoslash 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mijozlar naqd pulsiz usuldagi to’lovlarni bank orqali o’tkazadilar va 
mol etkazib beruvchilarga va xizmat qiluvchilarga bo’lgan qarzlar ham 
bank orqali naqd pulsiz shaklida to’lanadi.
Кassa schyotlarini yuritish tartibiga o’xshash har bir alohida bank 
schyoti bo’yicha muomalalarni aks ettirish uchun alohida schyotlar 
yuritish zarur. Bu o’z navbatida taqqoslash jarayonini va sodir bo’lgan 
xatolarni aniqlashni engillashtiradi. Taqqoslash jarayoni quyidagi 
bosqichlardan tashkil topadi:
bankdagi schyotdan olingan lekin hisobda aks ettirilmagan summalarni 
(bo’nak muomalalarini amalga oshirgani uchun bank yig’imlari va 
komission to’lovlar va hokazolar) ko’rib chiqish;
ushbu aniqlangan summalarni hisobda aks ettirish;
bank ko’chirmalariga asosan bankdagi Hisob-kitob schyotidagi 
mablag’larning qoldiqlarini buxgalteriya hisobining ma’lumotlari bilan 
taqqoslash;
etkazib berilmagan pul o’tkazmalari yoki chek muomalalarini 
taqqoslashda vaqt mintakasiga oid farqlarni hisoblash;
pul mablag’larining qoldig’i va harakati bo’yicha tuzilgan taqqoslash 
dalolatnomasini tuzish, unda sanani ko’rsatish va tomonlar – bank va 
kompaniyaning buxgalteriya xodimlari tomonidan imzolanishi lozim. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin