O bobojonov k. Jumaniyozov


O.Babajanov, K.Jumaniyazov, Kh.Akhmedov, A.Turkmanov



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

O.Babajanov, K.Jumaniyazov, Kh.Akhmedov, A.Turkmanov. 
The Financial account. – Tashkent 2011. 463 page.
In condition of market economies for realization financial and economic activity 
enterprise, join-stock companies and the other subject regardless of the property 
categories, necessary to formulate its account politician and organization of the 
accounting on base international and national standard. The Development to 
commercial activity and reinforcement to competitiveness subject requires the deep 
study of the laws and standard on accounting.
In book lit in correspondence to acting laws, positions, standard and instruction 
order to organizations and conduct of the accounting on enterprise, company, join-
stock companies and physical persons, payment on payment of the labour, account 
long-term asset, goods-material spare.
In process of the writing the book is broadly used methodologies of the 
accounting the developed countries, recommendations UNO, international and 
national standards of the accounting the Republic Uzbekistan.
It Is Recommended as scholastic allowance for student of the economic 
professions of the high educational institutions, teacher, graduate student, listener 
centre on preparation and refresher course accountant, auditor, tax workman and 
economist.
The given manual is developed at a personal scientific management of the 
professor of O.Babajanov and now, with additions and changes is finished by 
coauthors. Accordingly, it doesn't grant the right to coauthors in the future in full or 
in part to use and as to duplicate on its own behalf given manual and the data resulted 
in it.
The Reviewers:
Z.T.Mamatov – PhD, the professor of chair "Accounting" TFI.
A.T.Mahkambaev – PhD, the senior lecturer of chair "Accounting" TSEU.
4


КIRISH
Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish 
borasida amalga oshirib kеlinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining 
natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda 
chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining 
o’sishini ta'minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini 
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror 
rivojlantirishda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi. 
Prеzidеntimiz ta'kidlab o’tganlaridеk, «2000 yilda yalpi ichki 
mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol rivojlanib borayotgan 
ushbu sеktori ulushiga to’g’ri kеlgan bo’lsa, 2010 yilda bu ko’rsatkich 
52,5 foizni tashkil etdi. 2010 yilda sanoat ishlab chiqarish tarkibida yuqori 
qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor mahsulotning ulushi 50 foizdan 
ziyodni tashkil etdi»
1
.
Shu bilan birga, mamlakatimizda 2011 yilni “Kichik biznеs va 
xususiy tadbirkorlik yili” dеb e'lon qilinishi ushbu soha vakillariga kеng 
imkoniyatlar yaratib bеrish orqali iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini 
ta'minlashdir. Kichik biznеs sohasi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar 
qatoriga buxgaltеriya hisobi tizimidagi o’zgarishlar ham o’zining ijobiy 
ta'sirini ko’rsatmoqda. 
O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga 
integratsiyalashuvi mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda 
takomillashtirib, uni xalqaro me’yorlarga moslashtirib borishni taqozo 
qiladi.
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil 
qilish va yuritish O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda 
qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonuni, O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli 
«Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining 
tarkibini, hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida 
Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori, Buxgalteriya hisobining milliy 
standartlari (BHMS) va «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-
xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi» asosida 
1
Barcha rеja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga 
xizmat qiladi. Prеzidеnt Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga 
bag’ishlangan O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. (“Xalq 
so’zi” 2011 yil 22 yanvar, № 16 (5183))
5


amalga oshiriladi. Ushbu me’yoriy hujjatlar buxgalteriya hisobi va 
hisobotini tashkil qilish va olib borishning umumiy tartiblarini belgilaydi.
Buxgalteriya hisobi – bu ichki boshqaruv va tashqi iste’molchilar 
uchun joriy va yakuniy ma’lumotlarni tayyorlash va ularga taqdim qilish 
maqsadida amalga oshiriladigan uzluksiz va o’zaro bog’liq kuzatishlar, 
o’lchovlar, ro’yxatga olish, ma’lumotlarni qaytadan ishlab chiqish va 
korxonalar, birlashmalar va muassasalarning xo’jalik faoliyati ustidan 
nazorat o’rnatish tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllari turli xil bo’lgan 
sub’ektlarning tashkil topish jarayonida ularni boshqarish, faoliyatini 
nazorat va tahlil qilish va ma’muriyat tomonidan tezkor qarorlarning qabul 
qilinishiga asos bo’ladigan zarur ma’lumotlarni asosan buxgalteriya hisobi 
taqdim etadi.
Barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish va tijorat 
faoliyatlarini buxgalteriya hisobida qayd etib borishlari va moliyaviy 
hisobotlarni tuzishlari, bu ma’lumotlarni ichki va tashqi iste’molchilar 
(rahbariyat, investorlar, aksiyadorlar, soliq organlari, banklar)ga taqdim 
qilishlari shart.
Xo’jalik muomalalarining joriy hisobi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
moliya-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasiga 
asoslangan holda yuritiladi. Schyotlar buxgalteriya hisobi usulining asosiy 
elementlaridan bir bo’lib, buxgalteriya hisobi ob’ektini iqtisodiy nuqtai 
nazardan guruhlashda qo’llaniladigan moddiy va pul vositalarining 
harakatini xamda xo’jalik muomalalarini amalga oshirish davrida ularning 
holati va tashkil topish manbalarini ko’rsatishdir.
O’zbekiston Respublikasining asta-sekinlik bilan jahon iqtisodiy 
hamjamiyatiga uyg’unlashuvi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda keng imkoniyatlar tug’ilishi, 
milliy hisob va hisobotni maksimal darajada oydinlashtirish zaruriyatini 
yuzaga keltiradi.
Xalqaro standartlar (IAS va GAAP) talablaridan kelib chiqqan holda 
olib boriladigan buxgalteriya hisobi va hisobotining soddalashtirilgan 
(unifikasiyalashtirilgan) tizimi sub’ektning ko’rsatayotgan faoliyati va 
iqtisodiy ahvoli to’g’risida to’liq tasavvurni shakllantirishga yordam 
beradi, bu esa, o’z navbatida, buxgalteriya hujjatlari va hisobotlarining 
barcha foydalanuvchilarga, jumladan, chet el sarmoyachilariga qulayligini 
oshiradi.
Buxgalteriya hisobiga milliy standartlarning joriy etilishi asosan 
buxgalteriya hisobining eng muhim qoidalari va tamoyillarini izohlab 
6


berish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarini bayon qilish va uni 
O’zbekiston Respublikasida mulkchilik shakllarining o’ziga xos 
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda qo’llash zaruriyatidan kelib 
chiqqandir.
Muqaddam qabul qilingan buxgalteriya hisobining milliy standartlari 
(BHMS) sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladigan turli xildagi moliya-
xo’jalik muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritishni tartiblashtirish 
maqsadida ishlab chiqilgan edi. («Hisobga olish va moliyaviy hisobot» – 
1-sonli BHMS, «Inventarizasiya qilishni tashkil qilish va o’tkazish» – 19-
sonli BHMS).
«Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatining 
buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi va uni qo’llash bo’yicha 
yo’riqnoma» nomli 21-sonli buxgalteriya hisobi milliy standartining ishlab 
chiqilishi buxgalteriya hisobi sohasida olib borilayotgan islohotlarning 
asosiy bosqichlaridan biri bo’ldi.
2002 yil 9 sentyabrda Moliya vazirligining 103-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan ushbu standart O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya 
hisobi to’g’risida»gi qonuniga muvofiq va buxgalteriya hisobining xalqaro 
(IAS) va Amerika milliy (GAAP) standartlariga mos ravishda ishlab 
chiqilgan bo’lib, moliya-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobini olib 
boradigan va takomillashtirilgan schyotlar rejasini o’zida 
mujassamlashtirgandir.
Mazkur schyotlar rejasi xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish 
siyosatida ko’rsatilishi zarur bo’lgan xo’jalik muomalalarining 
buxgalteriya hisobi yuritiladigan schyotlarning yig’indisidan iborat.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining 
buxgalteriya hisobini yuritish jarayonida schyotlar rejasini qo’llash 
bo’yicha yo’riqnoma, har bir hisobning qo’llanish sohasi, buxgalteriya 
hisobini olib borish tamoyillariga asoslangan holda xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning buxgalteriya hisobida xo’jalik muomalalarini schyotlarda 
qayd qilish tartibini va buxgalteriya hisobi bo’yicha amalda qo’llanib 
kelinayotgan hujjatlarni belgilaydi.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar buxgalteriya hisobini yurituvchi va 
ushbu yo’riqnomada ko’zda tutilgan (byudjet hisobidagi muassasalar va 
banklardan tashqari), barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mazkur 
standartlarni qo’llash sohasi hisoblanadi.
2002 yil 1 yanvardan kuchga kiritilgan yangi schyotlar rejasining 
eskisidan farq qiluvchi asosiy xususiyati shundaki, yangi rejaga sarmoya, 
majburiyatlar, lizing, olinadigan schyotlar va boshqa muomalalarni hisobga 
7


olishni muqobillashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti yoki 
uning bu ob’ektga taalluqliligidan kelib chiquvchi har bir schyot 
aniqlashtirilgan va maxsus schyotlar kiritilgan.
Bozor munosabatlariga o’tishning dolzarb talablariga javob beruvchi 
ushbu schyotlar rejasini qo’llash buxgalterlar ishini soddalashtirishga, 
buxgalteriya hisobini yuritishni maksimal darajada muqobillashtirishga, 
moliyaviy hisobot tuzishda sub’ekt faoliyatiga doir ma’lumotlarni aniqroq 
ko’rsatishga, buxgalteriya hisobining yanada tushunarli va qulay bo’lishiga 
yordam beradi.
Buxgalteriya hisobi va hisobot tizimi bozor iqtisodiyotining muhim 
elementi ekanligini e’tiborga olgan holda, sub’ektlarning moliyaviy 
hisobotini shakllantirish, taqdim etish va nashr qilish qoidalari va 
yo’nalishlarini muvofiqlashtirish mulk egasi va sarmoyachilarning 
manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi va moliyaviy 
hisobotni tuzishda, xo’jalik aloqalarini amalga oshirishda sub’ektning 
moliyaviy ahvoli to’g’risida ishonchli, xolisona ma’lumot berilishini 
ta’minlaydi.
Mazkur darslikning ikkinchi nashri 2003 yilda Oliy va o’rta ta’lim 
vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Prezdetining 
“Ist’edod” jamg’armasi tamonidan “Yilning eng yaxshi darslik va o’quv 
adabiyoti” tanlovida qatnashib Oliy ta’limda mutaxassislik fanlariga oid 
darslik va o’quv qo’llanmalari guruhida qatnashib g’olib chiqqan.
Darslikning 3-nashri Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqib 
amaliyotga tadbiq qilingan me’yoriy xujjatlarga asosan o’zgargan va 
qo’shimchalar kiritilib qayta ishlab chiqilgan hamda Oliy va o’rta maxsus 
ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dasturga 
moslashtirilgan.
8



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin