O bobojonov k. Jumaniyozov


 Xorij valyutasini sub’ektning valyuta schyotiga qabul qilish



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

2. Xorij valyutasini sub’ektning valyuta schyotiga qabul qilish:
D-t 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti»
К-t 4310-«
TMQlar uchun mol еtkazib bеruvchilar va 
pudratchilarga bеrilgan bo’naklar»
3.Vakolatli bankka vositachiligi uchun xizmat haqini berish:
D-t 9430 (yoki 5220-6010 va 6010-4310) - «Boshqa operastion 
xarqajatlar»
К-t 5110 - «Hisob-kitob schyoti»
Xorij valyutalarini sotib olish muomalalar 5210 «Mamlakat ichidagi 
valyuta schyoti» yoki 5220-"
Chеt eldagi valyuta schyoti"da hisobga 
olib boriladi.
Xorij valyutasi bo’yicha muomalalar hisobga olinganda ikkita bahoda, 
ya’ni xorij mamlakatining valyutasida va O’zbekiston Respublikasining 
valyutasi so’mda qayd qilib boriladi.
Ushbu valyutalarni sotib olish vaqtida Markaziy bank tomonidan 
belgilangan kursdan ortiqcha to’langan summa sub’ektning zarariga qabul 
qilinadi:
D-t 9620-«
Valyutalar kurslari farqidan zararlar » schyoti va
К-t 5110-«Hisob-kitob schyoti»
Xorij valyutasi bilan amalga oshirilgan hamma muomalalarda ularning 
hisobi ikkita bahoda – xorij davlatining valyutasida va tegishli kurs 
bo’yicha milliy so’mda hisobga olib boriladi. Olingan xorij valyutasi 
tegishli banklardagi 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» va 5220- « 
Chеt eldagi valyuta schyoti»ga kirim qilinadi. Agarda xorij valyutasining 
sotib olish bahosi Markaziy bank o’rnatgan kursidan yuqori bo’lsa ushbu 
farq summasi 9620-«Valyutalar kurslari farqidan zararlar» schyotiga olib 
boriladi (9620-5110); agarda sotib olish bahosi Markaziy bank tomonidan 
o’rnatilgan kursdan past bo’lsa ushbu summa 9540-» Valyutalar kurslari 
farqidan daromadlar « schyotiga olib boriladi (5110-9540).
Tegishli banklar xorij valyutasining harakati va holati to’g’risida 
korxona yoki firmaga 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» va 
5220-«Chеt eldagi valyuta schyoti» berib boradi. Ushbu ko’chirmaga asosan 
5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» va 5220-« Chеt eldagi valyuta 
57


schyoti » ning kredit ma’lumotlari 2
/
1-jurnal orderda yig’ib boriladi va ushbu 
schyotning debet summalari 2
/
1-qaydnoma yordamida nazorat qilib boriladi. 
Nazoratni chuqurlashtirish maqsadida 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta 
schyoti» va 5220-« Chеt eldagi valyuta schyoti» bo’yicha analitik hisob 
kartochkalari yuritilib, ularda har bir valyutaning turlari bo’yicha ayrim 
hisoblar olib boriladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin