3
hisobdor shaxslar orqali pul
ekvivalеntlarining xarid qilinishi
5610
4220-
4290
6970
4 Turli shaxslardan pul
ekvivalеntlarining xarid qilinishi
5610
6990
Ayrim sub’ektlarda, ayniqsa, xizmat ko’rsatuvchi sohalarda kassaga qabul
qilingan naqd pullar tegishli mas’ul xodimlar (inkassatorlar) orqali bankdagi
pul mablag’lari schyotiga topshiriladi. Ushbu muomalalarni (mahsulot, ish va
xizmatlarni sotishdan olingan naqd pullarni (tushumlarni) topshirishni qayd
qilish, ya’ni, saqlanish joyidan ketgan (inkassatorlarga topshirilgan)
lekin
yo’naltirilgan joyiga kelib tushmagan naqd pullarni hisobga olish
5620-«Yo’ldagi pul mablag’lari» schyotida amalga oshiriladi. Ushbu schyot
tranzit schyoti hisoblanib ushbu pul mablag’larining harakati va holati
ustidan doimiy nazoratni o’rnatishda bog’lovchi bosqichni bajaradi.
Ushbu 5710-«Yo’ldagi pul mablaј (o’tkazma)larini» schyotining debet
tomonida kassadan inkassatorlarga topshirilgan naqd pullar aks ettiriladi
va shu vaqtda 5010 va 5020 schyotlarning krediti tomonida qayd qilinadi.
Ushbu mablag’lar bankdagi tegishli pul mablag’lari
schyotlariga qabul
qilingandan keyin esa 5710-«Yo’ldagi pul mablaј (o’tkazma)larini»
schyotining kreditidan pul mablag’lari schyotlarining 5110, 5210 debetiga
o’tkaziladi.
Ushbu mablag’lar hisobidan qisqa va uzoq muddatli kreditlar va boshqa
shaxslarga bo’lgan qarzlar to’lansa tegishli 6810-«Bankning qisqa
muddatli kreditlari», 7810-«Bankning uzoq muddatli kreditlari»,
6820-«Qisqa muddatli qarzlar» va 7890-«Boshqa uzoq muddatli to’lovlar»
schyotlarning debetida qayd qilib boriladi.
Ushbu schyotni bosh sub’ekt o’zining qaramog’idagi mustaqil balansga
o’tkazilgan bo’linmalariga pul mablag’larini o’tkazishda ushbu mablag’lar
hisobot davrining oxirida tegishli schyotlarga o’tkazilmaganda qo’llaydi.
Bundan tashqari mustaqil balansga o’tgan bo’linmalarning pul
mablag’lari bosh sub’ektga o’tkazilayotganda shunga o’xshash holatlar
ro’y bersa ushbu schyotni yuqorida keltirilgan tartibda qo’llaydilar.
Ushbu schyotlarda mablag’larni qayd qilish
uchun quyidagi xujjatlar
asos bo’lib xizmat qiladi:
kirim qilingan naqd pullarni topshirayotganda – bankning va aloqa
bo’limining pattasi,
bankning inkassatorlariga naqd pullarni
topshirayotganda kuzatuvchi qaydnomaning nusxasi va boshqalar;
66
bosh korxona o’zining bo’limlariga berilayotgan summalari bo’yicha –
o’tkazish uchun pul mablag’ini qabul qilgan bank yoki aloqa bo’limining
nomi va summasi va avizo (xabarnomasi)ning sanasi, to’lov
topshiriqnomasining nomeri ko’rsatiladi.
Pul ekvivalentlari va yo’ldagi pul mablag’larining analitik hisobi
ularning har bir turi bo’yicha ayrim olgan holda yuritiladi.
Yo’ldagi pul mablag’larining holati va
harakatini schyotlarda aks
ettirishning quyidagi chizmasi keltirilgan.
Moliyaviy hisobning asosiy vazifalaridan bittasi pul mablag’larining
holati va harakati ustidan, shu jumladan xo’jalik yurituvchi sub’ektning
doimiy va tizimli nazoratni o’rnatishdir.
hisob shaxslarning faoliyatini tashkil qilishdagi elementlaridan biridir,
chunki hisob va ma’muriy qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo’ladigan
axborotlarni yig’ish va ularga ishlov berish manbaidir. Sub’ektlarning
boshqa mablag’lari kabi pul mablag’lari xo’jalikda sodir bo’ladigan
muomalalarning ta’siri natijasida doimiy ravishda harakatda bo’ladi.
Chunki sub’ektning faoliyati- ta’minot, ishlab chiqarish va realizasiya
jarayonlari doimo takrorlanib turadi.
Sub’ektning pul mablag’lari saqlanish joylarida- kassada, bankdagi pul
mablag’larini hisobga oluvchi schyotlarida (hisoblashish,
valyuta
schyotlarida, akkreditiv, chek daftarchalari va boshqa maxsus schyotlarda)
hisobga olib boriladi. Lekin inkassasiya qilinayotganda va pul
o’tkazmalarini amalga oshirayotganda ushbu mablag’larning holati va
harakati ustidan nazorat qilish uzilib qoladi. Shuning uchun o’sha
jarayonni
nazorat qilish, ya’ni yo’ldagi va o’tkazmalardagi pul
mablag’larining tegishli joylarga banklar yoki oluvchilarga borib etkuncha
nazoratini tashkil qilish uchun maxsus 5710-«Yo’ldagi pul mablaј
(o’tkazma)larini» schyoti qo’llaniladi. Ushbu schyotda milliy va xorijiy
valyutalarning o’tkazilishi yuzasidan ya’ni, aloqa bo’limlariga topshirilgan
lekin tegishli manzildagi oluvchilarning schyotlariga borib tushmagan
yo’ldagi o’tkazmalarning holati va harakati ustidan nazorat o’rnatiladi.
5710-«Yo’ldagi pul mablaј (o’tkazma)larini»schyotida
tegishli
summalarni yozish uchun bank muassasalarining pattalari, aloqa
bo’limlarining pattalari va boshqa tasdiqlovchi xujjatlar asos bo’lib xizmat
qiladi.
Tegishli bankdagi pul mablag’lari schyotlaridan bank ko’chirmalari
olingandan keyingina ushbu mablag’lar 5710-«Yo’ldagi pul mablaј
(o’tkazma)larini»schyotining kreditidan tegishli 5110, 5210, 5510, 5520,
5530, 6310, 6710 va boshqa schyotlarning debetiga o’tkaziladi.
67
Xorij valyutasidagi yo’ldagi o’tkazmalar 5710-«Yo’ldagi
pul mablaј
(o’tkazma)larini»schyotida ushbu o’tkazmalarning turlari bo’yicha
ayrim hisobga olib boriladi.
5710-«Yo’ldagi
pul mablaј (o’tkazma)larini» schyoti bo’yicha
analitik hisob har bir o’tkazmaning turi bo’yicha ayrim holda yuritiladi.
Yo’ldagi o’tkazmalardagi pul mablag’larining
holati va harakatini
schyotlarda aks ettirishning chizmasi quyidagicha keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: