qiymatning kamayishi esa moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda
xarajat deb tan olinadi.
Joriy va uzoq muddatli qo’yilmalar sifatida sotib olinadigan
qimmatbaho qog’ozlar, ikkita alohida qimmatbaho qog’ozlar portfelini aks
ettiradi va sotib olish va haqiqiy (bozor) qiymatlaridan eng kichigi
bo’yicha baholash usuli har bir portfel uchun alohida qo’llaniladi.
Investisiyalarni sotib olish tartibi quyidagicha belgilangan:
qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish, hisobda 5800-«qisqa muddatli
investisiyalar» schyotlarining debetida sotib olish qiymati va ushbu
muomala bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda aks ettiriladi.
Investisiya qimmatbaho qog’ozlar, jumladan aksiyalarning qiymati bo’lib,
ularning nominal qiymati emas, balkim haqiqiy qiymati hisoblanadi. Agar
investisiyalar boshqa aktivlarni qo’yish orqali amalga oshirilsa, u holda
ularning qiymati berilgan aktivning haqiqiy qiymatiga teng bo’ladi.
Obligasiyalar va shu kabi qimmatbaho qog’ozlar investor tomonidan
balansda aktivlar guruhidagi schyotda sotib olish qiymati bo’yicha aks
ettiriladi. Agar sotib olish qiymati nominal qiymat (to’lash qiymati) dan
farq qilsa, u holda sotib olish qiymati va nominal qiymati orasidagi farq
(ustama yoki chegirma) summasi, obligasiyalar chiqarilgan muddat
davomida tegishli tartibda hisobdan chiqariladi. Ustamaning hisobdan
chiqarilishi qisqa muddatli investisiyalar schyotining kreditlanishi bilan,
chegirmalar esa ushbu schyotning debetlanishi bilan amalga oshiriladi.
Chunki, obligasiyalarning to’lanishi davrigacha ularning balans qiymati
nominal qiymatga to’g’ri kelishi kerak. Obligasiyalar bo’yicha ustamalar
va chegirmalarning hisobdan chiqarilishining davriyligi ular bo’yicha
hisoblangan foiz daromadlarining davriyligiga mos keladi. Berilgan
hisobot davrida hisobdan chiqarilishi lozim bo’lgan chegirma, ustama
summalari foiz daromadi yoki xarajati deb turkumlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: