Masalan:
1 yanvarda 6 oylik muddatga nominal qiymati 100000 so’m bo’lgan,
10% li obligasiya har oylik foizlar to’lovi sharti bilan 82.000 so’mga sotib
olindi. Obligasiyaning qiymati Hisob-kitob schyotidan to’landi.
Debet 5810-«qimmatbaho qog’ozlar (obligasiyalar)».......... 82.000 so’m
Кredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»........... . . ........................ 82.000
so’m
1 yanvarda 6 oylik muddatga nominal qiymati 100000 so’m bo’lgan,
10% li obligasiya har oylik foizlar to’lovi sharti bilan 112.000 so’mga
sotib olindi. Obligasiyaning qiymati valyuta schyotidan to’landi.
Debet 5810-«qimmatbaho qog’ozlar obligasiyalar)».........112.000 so’m
70
Кredit 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» $1120
=
... 112.000
so’m
31 yanvarda:
qisqa muddatli investisiyalar bo’yicha foiz daromadlarini hisoblash
schyotlarda quyidagi tartibda qayd qilinadi:
Debet 4830-"Olinadigan foizlar" (100.000x0.1x1/6)..... 1.666 so’m
Кredit 9530-«Foiz ko’rinishidagi daromadlar»...............1.666 so’m
Obligasiyaning sotib olish va nominal qiymati o’rtasidagi farq
summasini (chegirmani) hisobdan chiqarish:
Bizning misolimizda ja’mi chegirma summasi 18000(100000-
82000)so’m).
Demak, oylik hisoblanadigan chegirma summasi 3000(100000-82000x1
/
6)
so’m.
Debet 5810-«qimmatbaho qog’ozlar (obligasiyalar)»...... 3.000 so’m
Кredit 9530-«Foiz ko’rinishidagi daromad»................. 3.000 so’m
Obligasiyaning sotib olish va nominal qiymati o’rtasidagi farq summasi
(ustama)ni hisobdan chiqarish.
Bizning misolimizda ja’mi ustama summasi 12000 (112000-
100000)so’m;
Demak, oylik hisoblanadigan ustama summasi 2000(112000-
100000:1
/
6).
Debet 9610-«Foiz ko’rinishidagi xarajatlar"............ 2.000 so’m
Кredit 5810-«qimmatbaho qog’ozlar (obligasiyalar)»... 2.000 so’m
hisoblangan foiz daromadining Hisob-kitob schyotiga kelib tushishi:
1 fevralda: (100000x0,1: 1
/
6)
=
1666 so’m.
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti».............................. 1666 so’m
Кredit 4830-«Olinadigan foizlar»......................... 1666 so’m
qisqa muddatli obligasiyalarning to’lanishi (emitent tomonidan sotib
olinishi):
30 iyunda-(nominal qiymati 100000 so’m bo’lgan ikkita 10%li
obligasiyalar)
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»............................200000 so’m
Кredit 5810-«qimmatbaho qog’ozlar (obligasiyalar)»..... 200000 so’m.
Davlatning qisqa muddatli qarzi hisoblanmish xazina veksellari odatda
belgilangan daromad foiziga ega bo’lmaydi, ular berilgan vekselning foiz
daromadi hisoblangan chegirma bilan chiqariladi.
Masalan, 1 martda sub’ekt to’lov muddati 120 kundan keyin keladigan
97000 so’mlik xazina vekselsini sotib oldi va ushbu summa Hisob-kitob
71
schyotidan to’landi. Ushbu xazina vekselsiga 120 kundan keyin davlat
100000 so’m to’laydi.
1 martda- xazina vekselsini sotib olganda:
Debet 5810-«Qimmatbaho qog’ozlar»..... 97000 so’m
Кredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»....... 97000 so’m
30 iyunda-ushbu xazina vekselsini davlat sotib olganda:
Xazina veksellarining to’lanishi:
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»......................... 100000 so’m
Кredit 9530-«Foizlar ko’rinishdagi daromadlar»...3000 so’m
Кredit 5810-«Qimmatbaho qog’ozlar»... 97000 so’m
Foizlar bo’yicha hisoblangan summalarni qo’shgan holda foizlarni
to’lash sanalari orasidagi davrda obligasiyalarni sotib olish hisobi:
1 martda:
Nominal qiymati 100000 so’mga 10% li obligasiya 5 yillik muddatga 30
iyun va 31 dekabrda foizlarining yilda ikki marta to’lanishi sharti bilan 101667
so’mga sotib olindi, shu jumladan, hisoblangan daromad foizi 1667
(100000x0.1x1
/
12) so’mni tashkil qiladi. Ushbu muomalaning summalari
tegishli schyotlarda quyidagi tartibda qayd qilinadi:
Debet
"Uzoq muddatli investisiyalarni hisobga oluvchi
schyotlar"...100000 so’m
Кredit "Boshqa debitorlik qarzini hisobga oluvchi schyotlar".. 1667
so’m
Кredit "Pul mablag’lari" schyoti.............................. 101667 so’m
Sotib olish davridan boshlab foiz to’lanadigan sanagacha bo’lgan davr
uchun foiz daromadining hisoblanishi (100000x0,1x4
/
12)-3333 so’m.
30 iyun:
Debet "Olinadigan foizlarni hisobga oladigan schyot"...... 3333 so’m
Кredit"Foiz ko’rinishidagi daromadlarni hisobga oluvchi schyot". 3333
so’m
30 iyun:
Foiz to’lanadigan butun davr uchun foiz daromadining kelib tushishi:
Jami to’lanadigan foizlarning summasi
=
50000 (100000x0,1x5)so’m
Yillik to’lanadigan foizlarning summasi
=
10000(50000:5)so’m
To’lanadigan davrdagi (30 iyun yoki 31 dekabr kunlari) foizning
summasi
=
5000(10000:2)so’m.
Debet "Pul mablag’larini hisobga oluvchi schyot"...... 5000 so’m
Кredit "Olinadigan foizlarni hisobga oluvchi schyot"........ 3333 so’m
Кredit "Boshqa debitorlik qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar (5000-
3333)"................ 1667 so’m.
72
Aksiyalar bo’yicha dividendlardan keladigan daromad, investor
tomonidan emitent tomonidan hisoblanadigan dividendlarni e’lon qilgan
kuni 4830-«Olinadigan dividendlar» schyotining debeti va
9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotining krediti
bo’yicha tan olinadi.
Ayrim hollarda investor olayotgan dividendlar – xarid sanasidan
boshlab olingan investor foydasining mutanosib (proporsional) ulushidan
yuqori bo’ladi. Bu dividendlar investisiyalardan daromad deb emas, balki
kapitalning qaytimi deb hisobga olinishi kerak, ya’ni hisoblangan dividend
summasi (to’liq yoki uning bir qismi) quyidagi misolda ko’rsatilganidek,
investisiyalar schyotining kreditida qayd qilinadi.
Faraz qilaylik, 20___ yilning 1 yanvar kunida «A» kompaniyasi
«ABS» kompaniyasining ovoz berish huquqiga ega bo’lgan 10%
aksiyalarini sotib oldi. Ushbu yil uchun «ABS» kompaniyasining sof
foydasi 40000 so’mni tashkil qilgan edi, shu yilda bu kompaniya umumiy
6000 so’mda quyidagi jurnal yozuvlarini amalga oshirishi kerak:
Debet 5110- «Hisob-kitob schyoti».............................. 6000 so’m
Кredit 9520- «Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar»......... 4000 so’m
Кredit 5810- «Qimamatli qog’ozlar»..................... 2000 so’m
Investisiyalar haqiqiy qiymatgacha qayta baholanganda, muntazamlikka
amal qilish maqsadida qayta baholashning takrorlanish tezligi
(chastotalari) ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |