qayta baholash usuli va mustaqil ixtisoslashgan (professional)
baholovchining jalb qilinishi haqida.
3.
Investisiyalarni sotishda sodir bo’lgan ma’lum cheklanishlar.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy majburiyatlaridan bittasi o’z
xodimlarining dam olish, davolanish va ruhiyatini ko’taradigan tadbirlarni
o’tkazish hisoblanadi. Chunki xodimlarga yaratilgan yaxshi sharoitlar
ularning mehnat unumdorligining oshishiga ijobiy ta’sir qiladi.
Shuning uchun har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektda dam olish uylari,
oromgohlar, sanatoriy va davolovchi muassasalarga, bolalar
oromgohlariga yo’llanmalar, dam olish tadbirlarida ishtirok qilish uchun
abonentlar va boshqa pul ekvivalentlari bo’lishi lozim. Ushbu
ekvivalentlarni hisobga olish uchun yuqorida keltirilgan schyotlarda
hisobga olinishi mo’ljallanmagan, ammo sub’ektning mulki hisoblanuvchi
joriy aktivlarning holati va harakati haqidagi ma’lumotlarni hisobga olish va
umumlashtirish uchun mo’ljallangan 5900-«Kamomadlar va
qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar va boshqa joriy aktivlar»
schyoti qo’llaniladi. Ushbu schyot aktiv bo’lib, uning debet tomonida
sub’ektda mavjud bo’lgan va yuqorida qayd qilingan yo’llanmalar,
abonentlar, pattalar va hokazolar hisobga olib boriladi.
Boshqa joriy aktivlarning analitik hisobi ularning turlari bo’yicha ayrim
holda yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: