Tayanch iboralar.
Aksiya, aksiyadorlik jamiyati, analitik hisob, bank, banknotalar,
bankrotlik, bank emitent, barter, baho, birlamchi hisob, birlamchi
xujjatlar, blanka, brutto, buxgalteriya arxivi, buxgalteriya balansi,
buxgalteriya daftarlari, buxgalteriya hisobining uslubi, buxgalteriya hisobi
schetlari, buxgalteriya hisobining o’lchov birliklari, buxgalteriya
hisobining xujjatlari, kassa kitobi, kassa limiti, kassaning orderlari,
81
kassirning hisoboti, kassir, kvota, emissiya, extiyot qismlar, hisob to’lov
qaydnomasi (vedomosti), xujjat, xujjatlarning aylanishi,
O’zini-o’zi nazorat va muhokama qilish uchun savollar
1. Pul mablag’larining iqtisodiy mazmuni va moxiyatini ayting?
2. Pul mablag’larining hisobini yuritishning axamiyati va vazifalari
nimalardan iborat?
3. Nakd va nakd pulsiz hisob kitob operasiyalari hisobi qanday
amalga oshiriladi?
4. Кassa operasiyalari analitik hisobi qanday amalga oshiriladi?
5. Nakd pul bilan bog’liq jarayonlarning sintetik hisobini ayting?
6. Hisoblashish schetida operasiyalarni aks ettirish tartibini ayting?.
7. Valyuta muomalalarini aks ettirish tartibi qanday amalga
oshiriladi?
8. Maxsus schetdagi pul mablag’lari bilan bog’liq operasiyalarning
rasmiylashtirilish tartibi qanday amalga oshiriladi?
9. Akkreditiv scheti bilan bog’liq jarayonlarning sintetik hisobini
ayting?
10.“Yo’ldagi o’tkazmalar” scheti bilan bog’liq operasiyalarning
hisobi qanday yuritiladi?
82
3.BOB. MATERIALLAR HISOBI
3.1. Materiallar xaqida tushuncha va ularning hisobini tashkil
qilsh vazifalari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik faoliyati jarayonining yakuniy
bosqichidan olinadigan tayyor mahsulotlarning tannarxidagi sarflangan
xom ashyo va materiallarning ulushini imkoniyati boricha kamaytirish
muhim o’rin tutadi, chunki talab va taklifdan kelib chiqqan holda ularga
o’rnatilgan baho (chunki ushbu baholarni tartibga solib turuvchi omil – bu
tannarxdir) mahsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Ushbu
muomalalar va talablardan kelib chikkan holda ishlab chiqarishni tashkil
qilayotganda tabiiy va moddiy resurslardan unumli foydalanish, ikkilamchi
resurslarni va yondash mahsulotlarni keng talab qilishi lozim.
Bu bo’limda sub’ektga tegishli bo’lgan tovar-moddiy Rеzеrvlari, shu
jumladan, yo’ldagi va qayta ishlashga berilgan, ishlanadigan, qayta
ishlanadigan, ishlab chiqarish va boshqa xo’jalik maqsadlari uchun
ishlatiladigan mehnat buyumlari, xom ashyo va materiallar, aylanma
mablag’larning tarkibiga kiritilgan mehnat buyumlarining tarkibi, miqdori,
harakati, ularni tayyorlash, sotib olish, qayta baholash jarayonlari
to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirishning tartib va qoidalari
o’rganiladi.
O’rganish jarayonida xom-ashyo materiallarining tarkibi, holati,
harakati, miqdori, sotib olinishi yoki ishlab chiqarilishi, baholash va qayta
baholash tartiblariga e’tibor berish lozim. Buxgalteriya hisobining
ma’lumotlari o’zida mahsulotning tannarxini kamaytirish imkoniyatlarini-
moddiy boyliklardan unumli foydalanish, sarflar meyorini pasaytirish,
tovar-moddiy qiymatliklarning talabga javob beradigan darajadagi saqlash
va qo’riqlash va boshqalar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirishi
lozim.
Ushbu talabni bajarish jarayonida buxgalteriya hisobining oldiga
quyidagi vazifalar qo’yiladi:
saqlash va ularga ishlov berish joylarida moddiy qiymatliklar va
tayyor mahsulotlarning saqlanishi ustidan nazorat qilish;
moddiy qiymatliklar va tovarlarning harakati bilan bog’liq
muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida xujjatlashtirish;
mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovar va moddiy qiymatliklarni
tayyorlash bilan bog’liq xarajatlarni ajratib olish va qayd qilish;
ishlab chiqarilgan mahsulotlar va sarflangan xom ashyo va
materiallarning, qoldiq mahsulot va materiallarning tannarxini to’g’ri
83
hisoblash va saqlash joylari va balansning tegishli moddalari bo’yicha
yoritish;
tovar-moddiy boyliklarning sarfi bo’yicha belgilangan me’yorlarga
amal qilish va ortiqcha tovar-moddiy Rеzеrvlarni sotish ustidan nazorat
qilish;
tovar-moddiy qiymatliklarini etkazib beruvchilar va iste’molchilar
bilan bo’ladigan hisoblashishlarni kelishilgan vaqtda amalga oshirish;
yo’ldagi tovarlar, mahsulotlar va moddiy qiymatliklarning harakati
va tovar-moddiy Rеzеrvlarni etkazib berish sanalari ustidan nazorat
o’rnatish.
Ushbu vazifalarni bajarish va nazoratni etarli talab darajasida o’rnatish
uchun sub’ektda marketing bo’limini tashkil qilish zaruriyatini keltirib
chiqaradi. Bundan tashqari, omborxona xo’jaligining holati, uning
jixozlari-o’lchov uskunalari, tokchalar, stellajlar, yashiklar ham muhim
o’rin tutadi. Chunki xom ashyo, materiallar, tovar va mahsulotlar
omborxonaning maxsus jixozlarida yashik, stellaj-tokchalarda tegishli
turlari va guruhlari bo’yicha saqlanishi va uning xavosi mutadil saqlanishi
lozim.
Bundan tashqari, ushbu qiymatliklarni – TMZ qabul qilib oluvchi va
sarfga chiqaruvchi javobgar shaxslarni tayinlash va ushbu muomalalarni
amalga oshirish uchun zarur bo’lgan xujjatlarga imzo chekuvchi javobgar
shaxslarni tayinlash va belgilash muhim o’rin tutadi.
Chunki tovar-moddiy Rеzеrvlaridan xo’jalik faoliyatida har xil
maqsadlar uchun foydalaniladi:
tovarlar va tayyor mahsulotlar iste’molchilarga sotiladi;
xom ashyo va materiallar ishlab chiqarishda to’liq iste’mol qilinadi;
ayrim materiallar – moylash materiallari, bo’yoqlar va shunga o’xshashlar
faqatgina o’zlarining shaklini o’zgartiradilar;
tayyorlangan mahsulotning tarkibiga o’zgarmagan holda kiritiladi,-
ehtiyot qismlar, mashina va agregatlarning qismlari;
mahsulotlarni tayyorlashga yordam beradi yoki sharoit yaratadi-
Inventar va xo’jalik jihozlari.
Tovar-moddiy Rеzеrvlaridan foydalanish va yo’nalishi bo’yicha ular
asosan quyidagi guruhlarga bo’linadi:
tovarlar va sotiladigan xom ashyo va materiallar, tayyor mahsulotlar
va ortiqcha xom-ashyo va materiallar;
xom ashyolar-rudalar, paxta, kalava, ip, cho’yan, neft va hokazo;
asosiy materiallar-yog’och, temir, kalava va xokazolar;
84
sotib olingan yarim fabrikatlar – motorlar, qismlar, bo’yoqlar va
hokazolar;
chiqindilar-qirindilar, lattalar, urvoqlar va hokazolar;
idishlar-karton, yog’och, plastmassa va metal idishlar;
yoqilg’ilar-qattiq-yog’och, ko’mir, suyuq-gaz, mazut yoqilg’ilari;
ehtiyot qismlar-mashina va uskunalarning ayrim buyumlari;
Inventar va xo’jalik jihozlari – qisqich, kurak, ombir va boshqa
jixozlar.
Tovar-moddiy Rеzеrvlarning ustidan tezkor va tizimli nazorat o’rnatish
va ularni hisobga olishni tashkil qilish uchun quyidagi ishlarni amalga
oshirish zarur:
tovar-moddiy qiymatliklarining nomi va bahosini o’rnatish;
xujjatlashtirish va xujjatlarning aylanish tartibini aniq belgilash va
javobgar shaxslarga birkitish;
belgilangan tartibda va muddatda inventarizasiya o’tkazish;
hozirgi davr talabi bo’lgan hisobni avtomatlashtirish tizimini joriy
qilish va keng qo’llash.
TMZ kirimini eng avvalo marketing bo’limi nazorat qiladi, chunki bu
bo’lim mol etkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzishda faol qatnashadi,
keyinchalik ta’minlanish grafigini nazorat qiladi, uning tarkibi va qabul
qilayotganda aniqlangan kamomadlari bo’yicha mol etkazib beruvchilarga
da’volar bildiradi va jarima soladi hamda yo’qolgan TMZlarni topish
chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Chunki tovar-moddiy Rеzеrvlari asosan sotish uchun olingan va ishlab
chiqarilgan tovarlar hamda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan
aktivlardan tashkil topgan bo’lib, ular sub’ektning faoliyatida asosiy
o’rinlardan birini egallaydi.
Tovar-moddiy Rеzеrvlar bu quyidagi shakldagi aktivlardan tashkil
topgan:
a) realizasiya uchun mo’ljallangan mahsulot va tovarlar, shu jumladan,
yo’ldagi tovarlar;
b) tugallanmagan ishlab chiqarish, ya’ni ishlab chiqarish jarayonining
tugallanmagan sarflari;
v) ishlab chiqarish jarayoni yoki xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan xom
ashyo va materiallar;
Ayrim hollarda sub’ektning omborxonalarida mavjud bo’lgan tovar-
moddiy Rеzеrvlarining ayrim turlari tovar-moddiy Rеzеrvlarning tarkibiga
kiritilmasligi ham mumkin.
85
1-xol. Inventarizasiya qilinayotgan davrda kompaniyaning egalik qilish
huquqi bo’lmagan tovarlar topilishi mumkin. Bu mijozning buyurtmasiga
asosan tayyorlangan, u tomonidan qiymati to’langan (ya’ni, oldi-sotdi
bitimi bajarilgan), unga qarashli va jo’natishni kutayotgan tovarlardir.
Ularning realizasiyasini qayd qilish zarur.
2-xol. Moddiy Rеzеrvlarning tarkibiga kirmaydigan tovarlarning yana
bir kategoriyasi bu- konsignasiyadagi tovarlardir. Кonsignasiya- bu
komitent yoki konsignant deb ataladigan mulkdorning o’z tovarlarini
boshqa kompaniyaning omborlarida joylashtirishidir. Кonsignator bunday
tovarlarni o’zining moddiy Rеzеrvlarining tarkibiga kiritmasligi kerak,
chunki realizasiya davrigacha bu tovarlar jo’natuvchi- konsignantning
mulki hisoblanadi.
Tovar-moddiy Rеzеrvlarning hisobini yuritish jarayonida ular quyidagi
tartibda, ya’ni tovar-moddiy Rеzеrvlar quyidagilarning eng kam qiymati
bo’yicha baholanadi:
a) tannarx bo’yicha mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki moddiy
Rеzеrvlarning xarid bahosiga transport-tayyorlov sarflari qo’shilgan holda;
b) sof realizasiya qiymati bo’yicha kelishilgan bahodan ularni sotishga
tayyorlash va sotish bilan bog’liq sarflarni chegirgandan keyin qolgan
qiymatda.
Tovar-moddiy Rеzеrvlarni tannarx bo’yicha baholash tartibida tovar-
moddiy Rеzеrvlarning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi:
a) tovar-moddiy Rеzеrvlarining sotib olish xarajatlari, jumladan, xarid
qiymati (schyot-fakturada ko’rsatilgan summadan xarid chegirmalarining
ayirmasi), bojxona to’lovlari va boshqa soliqlar (qoplashga
mo’ljallanganlarning ayirmasi bilan), fraxt qiymati (yuklash- tushirish
ishlari va tovarning yo’ldagi sug’o’rtasini hisobga olgan holda), xarid bilan
bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlardan;
b) qayta ishlash xarajatlari va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan
bevosita bog’liq xarajatlardan, jumladan:
1.
xom-ashyo va materiallarni tayyor mahsulotga aylantirishda stanok
va asbob-uskunalarda bevosita band bo’lgan ishchilarning mehnat haqini
to’lash va ijtimoiy sug’urtalash xarajatlari;
2.
xom ashyo va materiallarni tayyor mahsulotga aylantirish uchun
sarflangan doimiy va o’zgaruvchan ishlab chiqarishning ustama
xarajatlarni doimiy tartibda taqsimlashdan iborat.
v) joriy davrda TMZni tayinlangan joyga eltib berish uchun
transportirovka yoki ularni kerakli holatga keltirish jarayonida (tayyor
86
mahsulotni omborga olib borish, tovarni shaxsiy buyurtmalar asosida
bichish va yig’ish xarajatlari va boshqalar) sarflangan boshqa xarajatlar.
Xizmat qiluvchi sohadagi sub’ektlardagi tovar-moddiy Rеzеrvlarning
tannarxi quyidagi xarajatlardan tashkil topgan:
a) xizmat ko’rsatish bilan bilvosita bog’liq (o’rta bug’indagi rahbar
xodimlarni qo’shgan holda) xodimlarga hisoblangan mehnat xaqi va
ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
b) yordamchi xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar va boshqa xo’jaliklarning
xarajatlari;
v) xizmat ko’rsatish jarayonida bevosita sarflangan ustama sarflar.
Tovar-moddiy Rеzеrvlarning tannarxiga kirtilmaydigan quyidagi
xarajatlar (xizmat ko’rsatishni qo’shgan holda, hamma sohalarga
qo’llaniladigan) mavjud:
a) me’yordan yuqori bo’lgan (sub’ekt tomonidan o’rnatilgan muqobil
(optimal) xarajat me’yorlaridan) materiallar, ishchi kuchi va boshqa
rejalashtirilmagan ishlab chiqarish sarflari;
b) agar texnologik jarayonda ko’rib o’tilmagan bo’lsa, ishlab chiqarish
siklining alohida bosqichlari o’rtasida TMZni saqlash xarajatlari;
v) ma’muriy-boshqaruv xarajatlari;
g) realizasiya bilan bog’liq xarajatlar.
Masala: Ishlab chiqarish xarajatlari va davr xarajatlari.
«A» firmasi ofis mebelining bitta modelini ishlab chiqaradi. hamma
mahsulotlar bir xil. Yil davomida quyidagi xarajatlar amalga oshirilgan:
Mehnat xaqi:
ishlab chiqarishdagi ishchilarga;
8000000 so’m
noishlab chiqarishdagi ishchilarga;
2500000 so’m
sotuvchilarga;
300000 so’m
ma’muriyat xodimlariga;
150000 so’m
Ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
4200000 so’m
Ishlab chiqarishda ishlatilgan xom ashyo;
15200000 so’m
Binoning ijarasi;
1500000 so’m
Ishlab chiqarishdagi asbob-uskunalarining amortizasiyasi;
500000 so’m
Binoni elektr energiyasi bilan ta’minlash xarajatlari; 800000
so’m
qo’shimcha ma’lumotlar:
Yil boshida tovar-moddiy Rеzеrvlar yo’q edi;
Yil davomida 800 birlik mahsulot ishlab chiqarilgan;
Yil oxirida butun mahsulot ishlab chiqarilib bo’ldi;
600 birlik mahsulotning xar bir birligi 45000 so’mdan sotildi;
87
Bino maydonining 2/3 qismi ishlab chiqarish uchun ishlatiladi,
qolgan qismi ma’muriyat ofislari uchun ishlatiladi;
Elektr energiyaning 3/4 qismi ishlab chiqarishni ta’minlash uchun
sarflanadi;
Yanvarda kompaniya aksiyadorlar qo’ygan 50000000 so’m ustav
kapitali bilan faoliyat boshladi. hisobot davrida kompaniya kreditga xech
nima olmagan va sotmagan.
Ushbu jarayonning sarflarini hisobga olib quyidagi amallarni bajarish
lozim:
1.
Xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot birliklariga taqsimlanish
tartibi.
2.
Xarajatlarning yil oxirida qolgan mahsulot birliklariga taqsimlanish
tartibi.
3.
Yil uchun sof foyda xajmini aniqlash.
1.
Xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot birliklariga taqsimlanishi.
Bevosita ishlab chiqarish mehnat xarajatlari
11200000 s.
Bilvosita ishlab chiqarish mehnat xarajatlari
3500000 s.
Bevosita material xarajatlar
15200000 s.
Binoning ijarasi (15.00000x2/3)
1000000 s.
Ishlab chiqarishdagi asbob-uskunalarning amortizasiyasi 500000 s.
Elektr bilan ta’minlash xarajatlari (800000x3/4)
600000 s.
Ja’mi ishlab chiqarish xarajatlari
32000000 s.
Mahsulot birligining tannarxi 32000000/800
40000 s.
2.
Xarajatlarning yil oxirida sub’ektda qolgan mahsulotning birliklariga
taqsimlanishi. 800-600 =200x40000
8000000 s.
3.
Yil uchun sof foyda xajmini aniqlash.
Realizasiyadan olingan daromad (600x45000)
32000000 s.
Realizasiyaga tayyor TMZ tannarxi
240000 s.
Minus davr oxiridagi TMZ
24000000
s.
Realizasiya qilingan mahsulotning tannarxi
24000000 s.
Sotuvchilarning mehnat xaqi
3000000 s.
Ma’muriyat xodimlarning mehnat xaqi
150000 s.
Binoning ijarasi (1500000x1/3)
500000 s.
Binoning elektr ta’minoti (800000x1/4)
200000 s.
Jami xarajatlar
25150000 s.
Soliq solinguncha bo’lgan foyda (taqsimlanmagan foyda) 1850000 s.
Foyda solig’i
370000 s.
88
Sof foyda
1480000 s.
31-dekabrga bo’lgan sinov balansi
Pul mablag’lari
43350000
TMZ
8000000
hisoblangan amortizasiya
500000
To’lanadigan soliqlar
370000
Ustav kapitali
50000000
Taqsimlanmagan foyda
1480000
Jami:
51850000
Tovar-moddiy Rеzеrvlarning tannarxini hisoblash usullari
quyidagilardan tashkil topgan:
a) yalpi identifikasiya usuli, aniq xarajatlarga asoslangan bo’lib o’zaro
almashtirilmaydigan konkret birliklari maxsus individual buyurtmalar
bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulot, tovarlar va xizmatlarning tannarxini
hisoblash uchun qo’llaniladi.
b) o’rtacha tortilgan qiymat usuli- TMZ har bir birligining qiymati
hisobot davrining boshida bir turli TMZ birliklari va hisobot davri
davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan bir turli TMZ birliklarining
o’rtacha tortilgan qiymati bo’yicha aniqlanadi. TMZ birligining o’rtacha
tortilgan qiymati TMZning butun qiymatini ushbu Rеzеrvlar birliklarining
soniga bo’lish bilan aniqlanadi.
v) birinchi xarid baholari bo’yicha baholash usuli (FIFO- birinchi kirim-
birinchi chiqim)- birinchi navbatda sotib olingan tovarlarning tannarxi birinchi
navbatda sotib yuborilgan tovarlarga olib borilishi kerak degan tartibga
asoslangan.
g) oxirgi xarid narxlari bo’yicha baholash usuli (LIFO)- oxirgi xarid
qilingan tovarlarning tannarxi birinchi navbatda sotilgan tovarlarning
qiymatini aniqlash uchun, hisobot davrining oxiriga bo’lgan Rеzеrvlarning
tannarxi esa birinchi navbatda xarid qilingan tovarlarning tannarxi asosida
hisobga olinadi, degan taxminga asoslangan.
Masalan: Tovar-moddiy Rеzеrvlarning tannarxini hisoblash usullari.
«Maxmud» kompaniyasi yil davomida quyidagi TMZni xarid qildi:
Yil oxirida omborxonada 400 birlik mahsulot bor edi. Realizasiyadan
kelgan sof tushum 1250000 so’mni tashkil etdi.
1.
Birinchi xarid narxlarida baholash usuli (FIFO)ni qo’llab, sotilgan
mahsulotning tannarxini va davr oxiridagi Rеzеrvlarga taqsimlangan xarajatlar
quyidagi tartibda aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: |