Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda buxgalteriya hisobini
biznes tili deb atashadi. Uni o’rganish har qanday tilni o’rganishga juda
o’xshab ketadi va buxgalteriya hisobida ishlatiladigan ko’pchilik so’zlar
hayotda qo’llaniladigan xuddi shunday so’zlarga qaraganda boshqacha
ma’noga ega bo’lganligi sababli uni o’rganish biroz qiyinroq tuyuladi.
Har qanday til ham buxgalteriya hisobidek, jamiyatning o’zgarib
borayotgan ehtiyojiga javoban rivojlanib va o’zgarib boradi. Buxgalteriya
hisobida qo’llanib kelinayotgan qoidalar ham yoki ularning bir qismi
jamiyatning o’zgarib borayotgan ehtiyojlariga qarab o’zgartirilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: