O bobojonov k. Jumaniyozov


 Fakturasiz TMZni hisobga olish tartibi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

3.4. Fakturasiz TMZni hisobga olish tartibi.
Agarda sub’ektning nomiga fakturasiz TMZ kelib qolgan bo’lsa, u 
vaqtda tezda qabul qilish dalolatnomasi tuziladi va TMZ omborga qabul 
qilinib hisobot bilan ilova sifatida buxgalteriyaga topshiriladi. Ushbu 
dalolatnomada TMZ sub’ektning hisob siyosatida qabul qilgan bahoda 
baholanadi, 6-jurnal-orderga qayd qilinadi, omborxonaga qabul qilinadi va 
akseptlanadi. Fakturasiz qabul qilingan TMZ 6-jurnal-orderga oyning 
oxirida qayd qilinadi, agarda ushbu oyda tasdiqlovchi to’lov xujjatlarini 
olish imkoniyati bo’lmasa 6-ustuniga schyot nomeri o’rniga F-1 belgisi 
qo’yiladi. Chunki ularning qiymatini to’lash mumkin emas, sababi bank 
uchun mablag’larni o’tkazishga asos to’lov talabnomasi yoki schyot-
faktura hisoblanadi. Кeyingi oyda to’lov xujjatlarining kelib tushish 
sanasidan ular akseptlanadi, bank orqali qiymati to’lanadi va 
buxgalteriyada 6-jurnal-orderning tegishli materiallar guruhida qayd 
qilinadi va "aksept" ustunida belgilanadi. Кeyin "saldo" qatorida 
(to’lanmagan hisoblashish) tegishli bahoda ilgari yozilgan summa 
o’chiriladi (storno). Ushbu yozuvlar amalga oshirilgandan keyingina ushbu 
TMZ bo’yicha mol etkazib beruvchilar bilan hisoblashish tugallangan deb 
hisoblanadi.
3.5. Yo’ldagi tovar-moddiy Rеzеrvlarini hisobga olish.
Agarda TMZ to’lov xujjatlari olinib akseptlangan, lekin ular xaligacha 
sub’ekt omboriga kirim qilinmagan bo’lsa ushbu qiymatliklar yo’ldagi 
TMZ deyiladi. Chunki bank tomonidan qiymatining to’langanligi yoki 
to’lanmaganligidan kat’iy nazar akseptlangan to’lov xujjatlari hisobga 
olinishi lozim.
To’lov xujjatlari 6-jurnal-orderning «Кelmagan yuklar» va «Aksept» 
ustunlarida oy davomida qayd qilib boriladi. Oyning oxirida esa sub’ekt 
ushbu TMZ o’zining balansiga qabul qilishi va tegishli guruhlarga yozishi 
107


shart. Lekin keyingi oyning boshidan ushbu mollar yuzasidan bo’ladigan 
hisoblashishlar davom qiladi. qiymatliklar omborga qabul kilangandan 
keyin ular tegishli TMZ turlari va guruhiga ombor mudiri tomonidan 
kirim qilinadi va omborxonaning kirim orderi buxgalteriyaga beriladi. 
Lekin akseptlanmaydi, chunki uning to’lov xujjatlari ilgari buxgalteriyaga 
akseptlanib topshirilgan ehtimol bu to’lov xujjatlarida ko’rsatilgan summa 
to’langan bo’lishi mumkin. Chunki 6-jurnal-orderni hisobot davrining 
oxirida yopayotganda ushbu guruhdagi materiallar ikki marta kirim 
qilinishi mumkin. Mol etkazib beruvchilar bilan TMZ yuzasidan 
hisoblashish amalga oshirilayotganda ularning kamomadi yoki ortiqchaligi 
aniqlanishi mumkin. Ayrim hollarda haqiqatda qabul qilingan TMZ mol 
etkazib beruvchilarning to’lov xujjatlaridagi ko’rsatkichlari bilan 
taqqoslanadi va dalolatnoma (M-7) bilan tasdiqlanadi. Aniqlangan ortiqcha 
qiymatliklar kelishilgan yoki qabul qilingan bahoda dalolatnomaga asosan 
qabul qilinadi. Кeyin 6-jurnal-orderning ayrim qatorida fakturasiz TMZ 
sifatida ko’rsatiladi va marketing bo’limi mol etkazib beruvchiga ortiqcha 
qiymatlik to’g’risida xabar yuborib to’lov xujjatini jo’natishni so’raydi. 
Mabodo ushbu usulni qo’llash natijasida (taqqoslash) kamomad aniqlansa 
dalolatnomaga asosan sub’ekt mol etkazib beruvchiga da’vo bildiradi. Bu 
vaqtda kam chikkan TMZ haqiqiy tannarxda hisoblanadi, tashish tarifi 
yukning og’irligiga va ustama yoki chegirma summasi qiymatlikning 
umumiy summasiga mutanosib aniqlanadi.
Кamomad summasi 4860- "Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar"ning 
debeti va 6010- "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan 
schyotlar" schyotining kreditida qayd qilinadi va 6-jurnal-order va 7-
qaydnomada ko’rsatiladi. 
Bu jurnal-orderda faqatgina TMZ olish bilan bog’liq bo’lgan 
hisoblashishlar aks ettiriladi. Lekin ko’p hollarda sub’ekt o’zining faoliyati 
davomida mol etkazib beruvchilarning xizmatlaridan (gaz, energiya, suv, 
ta’mirlash va xokazo) ham foydalanadi. Shuning uchun ushbu xizmatlar 
yuzasidan hisoblashishni aks etirish uchun ayrim 6-jurnal-order (6/
1
j/o)ni 
ochish va yuritish yuritish maqsadga muvofiqdir. hisobot davri tugagandan 
keyin ushbu jurnal-orderlarning ko’rsatkichlari 6010-"Mol etkazib 
beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashishlar" schyoti bo’yicha 
jamlanma ma’lumotlar olish uchun yig’iladi va Bosh daftarga o’tkaziladi.
Sub’ektning buxgalteriyasi "Moddiy qiymatliklarning harakati" (pul 
ko’rinishida) qaydnomasidan foydalangan holda TMZ harakatini so’m 
ko’rinishida hisobga olib boradi. Ushbu qaydnoma TMZ butligini nazorat 
108


qiluvchi, joylarda harakatini hisobga oluvchi asosiy registr hisoblanadi. 
Ushbu 10-qaydnoma quyidagi tarkibda tuzilgan:
1-bo’limda:
sintetik schyotlar va guruhlar bo’yicha hisob-reja bahosida va 
haqiqiy tannarxida TMZ kirimi va qoldiq summasi;
2-bo’limda:
transport-tayyorlov sarflari va materiallarning guruhlari bo’yicha 
haqiqiy tannarxi bilan hisob-reja tannarxi o’rtasidagi farqning summa va 
foiz ko’rinishlari;
3-bo’limda:
xaqiqatda sarflangan TMZ haqiqiy tannarxini hisoblash, ombordan 
jo’natish, bo’limlarda sarflanishi, bo’limlardagi, markaziy ombordagi 
qoldig’i (xaqiqiy va hisob-reja tannarxida).
10-qaydnomani tuzish uchun ma’lumotlar omborning registrlari va M-4 
jamg’arma qaydnomasidan olinadi. Ushbu qaydnomada quyidagi 
ma’lumotlar keltiriladi:
«Кirim qilingan TMZ xaqiqiy tannarxining tarkibi». Bu ma’lumotlar 
1,6.7,8,10 va 13 jurnal-orderlardan va joriy oyda TMZ tayyorlash bilan 
bog’liq sarflarni aks ettiradigan hamma xujjatlardan olinadi. Bu 
ma’lumotlar 10-qaydnomaning 2-bo’limini to’lg’azish uchun zarur.
«Кirim qilingan TMZ hisob-reja tannarxi» tegishli ma’lumotlar 
yuqoridagi jurnal-orderlardan olinadi, lekin TMZ tayyorlov sarflari bundan 
mustasno. Bu ma’lumotnomaning ma’lumotlari 10-qaydnomaning 1-
bo’limidagi ma’lumotlarni taqqoslash va joriy davrda tayyorlov 
jarayonlarining natijasini va transport-tayyorlov sarflarining summasini 
hisoblash zarur.
Natijada «Tovar-materiallar Rеzеrvsining harakati» nomli 10-qaydnoma 
buxgalteriya hisobining bu sohadagi vazifalarini echish uchun zamin 
tayyorlaydi. 10-qaydnomaga to’lg’azuvchi sifatida 11 «TMZ hisob-reja 
bahosida bo’limlar, omborlar bo’yicha harakati» nomli qaydnoma 
qo’llaniladi.
11-qaydnoma bo’limlarning ishlab chiqarish hisoboti, moddiy 
qiymatliklarni qaytarish yuk xati, inventar va xo’jalik jihozlari harkatining 
yig’ma va guruhlashtiruvchi qaydnomasi va boshqa xujjatlarga asosan 
buxgalteriyada to’lg’aziladi. Chunki ushbu xujjatlar yordamida xar-bir 
bo’lim bo’yicha olingan va qaytarilgan TMZ miqdori aniqlanadi. Bundan 
tashqari bo’limlarda qolgan va sarflangan qiymatliklar 11-qaydnomada va 
10-qaydnomaning 3-bo’limida ko’rsatiladi (bo’limlardagi omborlardan 
sarflanishi va ombori bo’lmagan bo’linmalarda sarflanishi).
109


Demak, 10-qaydnomaning 1-bo’limining ma’lumotlari bo’yicha 
omborxona va buxgalteriyadagi TMZ hisobining ma’lumotlarini 
taqqoslash mumkin. Bu taqqoslash xar bir ombor bo’yicha ayrim olgan 
holda, materiallar guruhlanmagan holda hisob-reja bahosida amalga 
oshiriladi, chunki ushbu ma’lumotlar hisobning tezkor-qoldiq usuli uchun 
zarurdir.
Ushbu qaydnomaning 2-bo’limida ikki xil baholash- hisob-reja bahosi 
va xaqiqiy tannarxda balansning tegishli moddalarida va TMZ guruhlari 
bo’yicha umumiy xajmini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Natijada tashish-
tayyorlash sarflari va baholar o’rtasidagi farqning summalari va foizini 
hisoblash mumkin bo’ladi.
10-qaydnomaning 3-bo’limida buxgalteriya hisobining muhim 
ko’rsatkichlaridan biri bulmish sarflangan TMZ xaqiqiy tannarxi, ularning 
xaqiqiy sarfi, materiallar guruhi bo’yicha oy oxiridagi qoldig’i 
to’g’risidagi balans moddalarini to’lg’azish uchun zarur ma’lumotlar 
keltiriladi.
Tashish-tayyorlov sarflari TMZ haqiqiy tannarxi tarkibiga kirib bu 
sarflarga shartnomadagi kelishilgan bahodan tashqari ushbu qiymatliklarni 
olib kelish sarflari (tayyorlash, saqlash, yuklash, keltirish, tushirish va 
hokazo) majmuidan iborat. Ushbu sarflar TMZ aniq turlari yoki guruhlari 
bo’yicha TMZ hisobga oladigan schyotlarda hisobga olib boriladi.
har oyda buxgalteriya TMZ turlari yoki guruhlari bo’yicha sarflangan 
tashish tayyorlov sarflarining xajmi va qiymatiga nisbatan foizini hisoblab 
chiqadi. Chunki ushbu summalar va foiz ulushlari joriy davrda sarflangan 
TMZ tegishli (bo’limlar bo’yicha) transport tayyorlov sarflarining (TTS) 
ulushini aniqlash zarur. Ushbu ko’rsatkichni hisoblash uchun 10-
qaydnomaning 2 va 3 bo’limidagi ma’lumotlar asos bo’lib xizmat qiladi.
hisobdan chiqarilgan va sarflangan TMZ tegishli TTS summalari 
qiymatliklarni hisobga oluvchi va sarflar schyotlariga o’tkaziladi.
haqiqiy tannarx bilan hisob-reja tannarxi o’rtasidagi farq summalarini 
hisobdan chiqarish mumkin. Faqat farqi tejalgan "-" yoki ortiqcha sarf "+" 
ko’rinishida qayd qilinadi. Ortiqcha sarflar TTS kabi TMZ tannarxini 
oshiradi, tejalgan summa esa ularning tannarxini kamaytiradi. Shuning 
uchun xam tejalgan summa "-" belgisi va ortiqcha sarflangan summa esa 
"+" belgisi bilan tegishli registrlarga qayd qilinadi.
Transport tayyorlov sarflarini hisoblash uchun har oyda maxsus 
qaydnoma-jadval tuziladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin