schyotining debeti va 1110 schyotining kreditida, bir vaqtning o’zida
0170- «Ishchi xayvonlar» yoki 0171- «Mahsuldor hayvonlar» schyotining
debetida va 0840- «Asosiy podani tashkil qilish» schyotining kreditida aks
ettiriladi.
Ushbu guruhdagi xayvonlarning sotilishi, so’yilishi yoki ehson qilinishi
natijasida hisobdan chiqarilishi 9220-«Boshqa aktivlarning chiqibi ketishi»
schyotining debeti va 1110-schyotining kreditida shartnomada kelishilgan
summada aks ettiriladi.
Agarda mahsuldor hayvonlar tegishli dalolatnomaga asosan brakka
chiqarilib, lekin boquvga qo’yilmay sotilsa ushbu muomala shartnomada
belgilangan summada 9210- «Asosiy vositalarning chiqibi ketishi »
schyotining debetiga va 0170- «Ishchi hayvonlar» yoki 0171- «Mahsuldor
hayvonlar» schyotlarining kreditidan qabul qilinadi.
Mabodo o’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar xarom o’lsa yoki
majburiy so’yilsa ularning qiymati 9220 schyotning debetida va 1110
schyotning kreditida qayd qilinib, olingan mahsulotlar yoki yordamchi
mahsulotlar tegishli 2800-«Tayyor mahsulotlar» schyotlarining debetida
iste’mol qilish yoki sotish bahosida qayd qilinadi.
Ushbu xayvonlar tabiiy ofatlar- yoki epizootiya natijasida nobud bo’lsa
ularning qiymati sub’ektning zarariga olib boriladi, debet 9720-
«Favqulodda zararalar» schyotining debetiga 1110 schyotning kreditidan.
1110- «О’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar» schyoti bo’yicha analitik
hisob hayvonlarning manzili, turlari, guruhlari bo’yicha yuritiladi.
O’stirishdagi va boquvdagi xayvonlarning harakati bilan bog’liq
muomalalarni schyotlarda qayd qilishning chizmasi.
Dostları ilə paylaş: