O bobojonov k. Jumaniyozov


Inventar va xo’jalik jihozlarni hisobga olish uslubi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

3.7. Inventar va xo’jalik jihozlarni hisobga olish uslubi.
Inventar va xo’jalik jihozlari sub’ektning faoliyatini yuritishda 
foydalanilayotgan moddiy qiymatliklarning ichida o’z o’rniga ega. Ular 
foydalanish jarayonida o’zlarining tashqi ko’rinishini o’zgartirmaydi va 
sekin-asta eskiradi, ya’ni uzoq muddatli aktivlarga o’xshaydi. Foydalanish 
muddatining har xilligi ularning hisobini tashkil qilishga ta’sirini 
o’tkazadi. Tegishli tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlari 
va buxgalteriya hisoboti va buxgalteriya balansi to’g’risidagi Nizomga 
muvofiq ushbu buyumlarga quyidagi aktivlar kiradi:
bir yildan kam xizmat qiladigan ish qurollari, o’lchov asboblari, 
sinov uskunalari, inventarlar, muomalalar va umumiy foydalanishdagi 
buyumlar, qiymatidan kat’iy nazar;
xizmat muddatidan kat’iy nazar maxsus qurollar, ish kiyimlari, 
poyafzallari, ko’rpa-to’shaklar.
120


Shunday qilib, ushbu buyum va ish qurollarini Inventar va xo’jalik 
jihozlari qatoriga kiritish uchun asos ikkita talabdir, ya’ni ularning xizmat 
muddati (1 yilgacha) va maxsus xususiyatidir.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar aylanma mablag’lar hisobidan priborlar, 
avtomatlashtirish vositalari va laboratoriya uskunalarini olishi va ularni 
ham inventar va xo’jalik jihozlari qatorida hisobga olishi mumkin. Chunki 
ushbu buyumlar sub’ektning aylanma mablag’lari tarkibiga kiradi.
Demak, foydalanish xususiyatiga ko’ra inventar va xo’jalik jihozlari 
asosiy vositalarga va sotib olish tirtibiga muvofiq TMZ qatoriga kiritilishi 
mumkin. Shuning uchun xam ushbu xususiyatlari ya’ni, oraliq holati ular 
hisobining uziga xos xususiyatini yuzaga keltiradi.
Inventar va xo’jalik jihozlari omborxonada turishi, foydalanishga 
berilishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mulkchiligida bo’lgan Inventar va 
xo’jalik jihozlari tarkibi va bajaradigan vazifalarga ko’ra quyidagi 
guruhlarga bo’linadi:
1.
Instrument va moslamalar:
a) umumiy foydalanishga mo’ljallangan instrument va moslamalar- 
keng foydalanish uchun mo’ljallangan o’lchov, kesuv, charxlov, 
temirchilar qo’llaydigan instrument va moslamalar; Chunki ushbu atama 
(keng foydalanish) qo’llanilgandan keyin tushinilishi lozimki ushbu 
buyumlar bitta emas balki bir nechta mahsulotni ishlab chiqarish yoki 
ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan.
b) maxsus yo’nalishdagi instrumentlar- ayrim mahsulotni ishlab 
chiqarish eki yig’ish jarayonida ishlov berish uchun foydalaniladigan kesuv, 
o’lchov va boshqa instrumentlar. Shuning uchun ulardan ayrim mahsulot 
turlarini ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi.
2.
O’lchov qurollari, priborlar va apparatlar.
3.
Almashtiriladigan uskuna eki detallar. Bu buyumlardan 
te’mirlamasdan almashtiriladigan mashinaning ayrim qismlari sifatida 
foydalaniladi.
4.
Arzon baholi xo’jalik inventarlari- xo’jalikning zaruriyati uchun 
foydalaniladigan (idora jixozlari, o’t o’chirgich, soat, parametramqir, bolta 
va boshqa buyumlar.
5.
Maxsus kiyimlar va poyafzallar- ish korjomalari, (qo’lqop, etik, 
kombinezon, xalat). Bu buyumlar ishchi va xodimlarga bepul, imtiyozli 
yoki to’liq bahosida tasdiqlangan me’yor va muddatga beriladi.
6.
Кo’rpa-to’shaklar – xo’jalik yurituvchi sub’ektga qarashli 
yotoqxonalarda foydalaniladigan va foydalanayotgan ko’rpa, to’shak, 
121


yostiq, choyshab va boshqalardir. (Mehmonxonalar, sanatoriya va 
pansionatlarda ushbu buyumlar asosiy vositalarning guruhida hisobga 
olinadi).
Ulardan foydalanish nuqtai nazaridan inventar va xo’jalik jihozlari 
ombordagi va foydalanishdagi buyumlarga bo’linadi.
Inventar va xo’jalik jihozlari umumiy tartibda hisobga olinadi va 
boshlang’ich qiymatda baholanadi va balans aks ettiriladi.
Foydalanishdagi buyumlarning eskirish summasi balansning ayrim 
moddasida ko’rsatiladi.
Sub’ektlarda inventar va xo’jalik jihozlari bo’yicha quyidagi 
muomalalar amalga oshirilishi mumkin – foydalanishga topshirish, 
eskirishi va eskirishi natijasida yoki zarurat bo’lmagan vaqtda 
foydalanishdan chiqarish. Bundan tashqari, instrument va moslamalar ish 
joyidan charxlash va ta’mirlash uchun berilishi mumkin (almashtirilishi 
uchun yoki uzoq muddatga foydalanish uchun qaytarilishi va tiklash uchun 
berilishi mumkin) va qaytarib olinishi mumkin. Ayrim maxsus kiyim va 
poyafzallar xodimlarga sotilishi mumkin.
Ushbu muomalalarning har bir turini ayrim olgan holda inventar va 
xo’jalik jihozlari guruhlari bo’yicha hisobini qayd qilish lozim. Chunki 
inventar va xo’jalik jihozlari TMZ guruhiga kirib xar bir javobgar shaxsga 
birkitilgan bo’ladi, shuning uchun xar bir javobgar shaxs bo’yicha ayrim 
hisobini yuritishi taqozo qilinadi.
Inventar va xo’jalik jihozlari summasi ishlab chiqarish xarajatlariga 
qo’shiladi, shuning uchun ularning hisobini xarajatlarning tarkibini 
hisobga olish darajasida olib borishni taqozo qiladi.
Inventar va xo’jalik jihozlari hisobini yuritishdagi asosiy vazifalar 
TMZ hisobini yuritishdagi vazifalarga o’xshash bo’lib unga yana bitta 
vazifa, ya’ni foydalanishdagi inventar va xo’jalik jihozlari eskirish 
summasini to’g’ri hisoblash va tegishli xarajat markazlariga olib borish 
vazifasi qo’yilgan.
Inventar va xo’jalik jihozlari juda xilma-xil va ko’p bo’lganligi uchun 
uning hisobini astoydil tashkil qilish lozim. Ulardan e’tiborsizlik bilan 
foydalanish va suiste’mol qilish hollari tez-tez uchrab turadi.
Inventar va xo’jalik jihozlarining mavjudligi va sub’ektda foydalanishi 
quyidagi xujjatlarga asosan hisobga olinadi va nazorat qilinadi.
AB-1. Rеzеrvdagi instrument va moslamalarni to’lg’azish (olinishi) 
jamg’arma qaydnomasi. Bu jamg’arma qaydnomasi yordamida omborxona 
yoki instrument sexidagi instrument va moslamalarning mavjudligi va 
harakati nazorat qilinadi.
122


AB-2. Inventar va xo’jalik jihozlarini hisobga olish kartasi- bu 
kartochka buyumlarni foydalanishga berishda qo’llanilib uni olgan yoki 
topshirgan shaxslarning imzosi bilan tasdiqlanadi.
AB-3. Instrument yoki moslamani tuzatish yoki sozlash uchun 
buyurtma. Bu xujjatda instrument va moslamalarni markazlashtirilgan 
holda ta’mirlashni tashkil qilishda qo’llanilib ularning harkati hisobga olib 
boriladi.
AB-4. Inventar va xo’jalik jihozlarini hisobdan chiqarish 
dalolatnomasi- buyumlarning buzilishi, yo’qotilishi natijasida tuzilib 
tegishli choralar qo’llash uchun foydalaniladi.
AB-5. Instrumentlarni hisobdan chiqarish va yaroqliligiga almashtirish, 
tuzatish dalolatnomasi – bu dalolatnoma kimssiya tomonidan tuzilib 
yaroqsiz instrumentlar va moslamalarni hisobdan chiqarish yoki ularni 
yaroqliligiga almashtirish uchun qo’llaniladi.
AB-6. Maxsus kiyimlar va muxofaza anjomlarini hisobga olish shaxsiy 
varag’i, sub’ektning xodimlari tomonidan yakka tartibda foydalanilaetgan 
buyumlarni hisobga olishda qo’llaniladi.
AB-7. Maxsus kiyimlarni qabul qilish va qaytarish hisobining 
jamg’armasi – bu jamg’arma qaydnoma yakka tartibda foydalanilgan 
buyumlarni yuvish, tozalash, dezinfeksiya qilish, ta’mirlash va saqlash 
uchun xodimlardan qabul kilayotganda ombor mudirlari tomonidan 
tuziladi.
AB-8. Inventar va xo’jalik jihozlarini hisobdan chiqarish 
dalolatnomasi. Ushbu dalolatnoma komissiya tomonidan eskirgan, to’zgan 
va yaroqsiz holatga kelgan buyumlar uchun. 
(AB-4 asosida umumlashtirilib) tuziladi va chiqindilar omborxonaga 
topshirilib, omborxona mudirining imzosi bilan buxgalteriyaga 
topshiriladi.
Inventar va xo’jalik jihozlari haqiqiy tannarxda yoki butlangan hisob 
bahosida, titulsiz (vaqtinchalik) inshootlar, moslamalar va qurilmalar esa 
ularni qurish va barpo etish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlarning 
yig’indisi summasida hisobga olinadi. Inventar va xo’jalik jihozlarining 
haqiqiy tannarxi ularning sotib olish bahosi, transport va tayyorlov 
xarajatlari yig’indisining summasiga teng, ya’ni: BxqBsh+Bx+Bt.
Bx – buyumlarning haqiqiy tannarxi
Bsh – buyumlarning shartnoma bahosi
Bx – buyumlarning tayyorlov xarajatlari
Bt – buyumlarning transport tashish xarajatlari. 
123



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin