O bobojonov k. Jumaniyozov


 Tovarlar xarakatini hisobga olish



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

3.8. Tovarlar xarakatini hisobga olish.
Sanoat va boshqa ishlab chiqarish sub’ektlarida tovarlarni hisobga 
oluvchi schyotlar quyidagi hollarda qo’llaniladi- sanoatga ta’lluqli 
sub’ektlarda maxsus sotish uchun olingan buyumlar, materiallar, 
mahsulotlar yoki butlash uchun olingan tayyor buyumlarning qiymati 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxiga kiritilmasa, lekin 
xaridorlar tomonidan alohida to’lansa.
Ta’minot, sotish, savdo tashkilotlarida tovarlarni hisobga olish 
schyotlarida sotib olinadigan idishlar va o’zida ishlab chiqarilgan idishlar, 
(ishlab chiqarish yoki xo’jalik extiyojlari uchun xizmat qiladigan va asosiy 
vositalar va Inventar va xo’jalik jihozlarini hisobga oluvchi schyotlarda 
hisobga olinadigan inventarlardan tashqari) hisobga olinadi.
Ta’minot, sotish va savdo sub’ektlarida tovarlar sotib olish bahosi 
bo’yicha tovarlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadi. 
Tovarlarni tayyorlash va etkazib berish xarajatlarining hisobi davr 
xarajatlarini hisobga oluvchi tegishli 9410- «Mahsulot (ish, xizmat)larni 
sotish bilan bog’liq sarflar» schyotlarda yuritiladi.
Sotish uchun tovarlar va ijara (prokat) buyumlari sifatida olingan tovar-
moddiy boyliklarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar 
quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:
2900 – «TOVARLARNI HISOBGA OLUVCHI SCHYOTLAR»
2910 - Ombordagi tovarlar
2920 - Chakana savdodagi tovarlar
2930 - Ko’rgazmadagi tovarlar
2940 - Prokatdagi buyumlar
2950 - Tovarlar bilan band va bo’sh idishlar
2960 - Komissiyaga bеrilgan tovarlar
2970 - Yo’ldagi tovarlar
2980 - Savdo ustamasi
2990 - Boshqa tovarlar
Bu schyotlar asosan umumiy ovqatlanish, savdo va vositachilik faoliyati 
bilan shug’ullanadigan sub’ektlarda qo’llaniladi.
2910- «Ombordagi tovarlar» schyotida ulgurji va taqsimot bazalarida, 
omborlarda, umumiy ovqatlanish sub’ektlarining saqlash joylarida
sabzavotni saqlash joylarida, xolodilnik (sovutgich)larda va boshqalarda 
saqlanayotgan tovar Rеzеrvlarining mavjudligi va harakati sotib olish 
qiymatida hisobga olinadi.
2920- «Chakana savdodagi tovarlar» schyotida chakana savdo 
sub’ektlari (magazinlar, palatkalar, laryoklar, kioskalar va boshqalar)da va 
124


umumiy ovqatlanish sub’ektlarining bufetlarida mavjud tovarlarning 
miqdori va harakati hisobga olinadi. Bu schyotda chakana savdo 
sub’ektlari va umumiy ovqatlanish sub’ektlarining bufetlaridagi shisha 
idishlar (butilka, bankalar va boshqalar)ning miqdori va xarkati ham 
hisobga olinadi.
2930- «Кo’rgazmadagi tovarlar» schyotida ko’rgazmalar, 
yarmarkalarda, reklama va ko’rsatish uchun mo’ljallangan tovarlar sotib 
olish qiymati bo’yicha hisobga olinadi. Bunda 2930- «Кo’rgazmadagi 
tovarlar» schyotining debetiga va 2910- «Ombordagi tovarlar» eki 2920- 
«Chakana savdodagi tovarlar» schyotining kreditiga yozuvlar qilinadi. 
Tovarlar uchun javobgarlik bir moddiy javobgar shaxsdan boshqa shaxsga 
vaqtinchalik o’tadi. Agar ko’rgazma, yarmarkalar va boshqalarga quyilgan 
tovarlar sotilsa, u holda 2910- «Ombordagi tovarlar» eki 2920- «Chakana 
savdodagi tovarlar» schyoti bo’yicha buxgalteriya yozuvlari amalga 
oshiriladi.
2940-«Prokatdagi buyumlar» schyotida ijara buyumlarining mavjudligi 
va xarkati hisobga olinadi. 2950-« Tovarlar bilan band va bo’sh idishlar » 
schyotida tovarlar bilan band va bush turgan idishlarning (chakana savdo 
korxonalaridagi va umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlaridagi 
shisha idishlardan tashqari) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Savdo korxonalari tovarlar bilan band va bo’sh bo’lgan idishlarning 
harakatini ularning tarkibi va bahosidan kelib chikkan holda idishlar 
guruhi bahosi bo’yicha o’rnatiladigan o’rtacha hisob bahosi bo’yicha 
hisobga olishlari mumkin. Bunda idishlarning sotib olish bahosi bilan 
o’rtacha hisob bahosi o’rtasidagi farq 9390-«Boshqa operasioh 
daromadlar» schyotida olib boriladi (idishlar bilan bog’liq muomalalar 
bo’yicha natija sifatida).
2990-«Boshqa tovarlar» schyotida 2910-2950 schyotlarda aks 
ettirilmagan boshqa muomalalar hisobga olinadi.
Omborga kelib tushgan tovarlar va idishlarning kirim qilinishi 
2910-«Tovarlar» schyotining debetida aks ettiriladi va boshqa xarajatlar 
6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarning to’lashga qabul 
qilingan schyotlari» schyotining kreditidan 9410-«Sotish xarajatlari » 
schyotining debetiga yoziladi.
Tovarlar va idishlarning kelib tushishini 1510-«Materiallarni tayyorlash 
va xarid qilish» schyotini qo’llagan holda materiallar bilan bog’liq 
muomalalrni hisobga olish tartibiga o’xshash tartibda hisobda aks ettirish 
mumkin.
125


Нisoblashish xujjatlari xaridor (buyurtmachi)lar tomonidan taqdim 
etilgan yoki ular tomonidan haqi to’langan, xaridor (buyurtmachi)larga 
sotilgan yoki jo’natilgan tovarlar 2910-«Ombordagi tovarlar» schyotidan 
9120- «Sotilgan tovarlarning tannarxi» schyotining debetiga sotish 
tartibida hisobdan chiqariladi.
Agar mol etkazib berish shartnomasida jo’natilgan tovarlarga egalik 
qilish, foydalanish va tasarruf etish xuquqlarining sub’ektdan xaridor 
(buyurtmachi)larga o’tish davri va tovarlarning tasodifiy nobudgarchilik 
tavakkalchiligi ko’rsatib o’tilgan bo’lsa, u holda bu davr boshlanishiga 
qadar tovarlar 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi» schyotida hisobga 
olinadi. Ularni xaqiqatda sotish (jo’natish)da tovarlarni hisobga oluvchi 
tegishli schyotlarning krediti va 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi» 
schyotining debeti bo’yicha yozuvlar qilinadi. Boshqa o’z bo’linmalariga 
qayta ishlash uchun berilgan tovarlar tovarlarni hisobga oluvchi 
schyotlardan hisobdan uchirilmaydi, ular alohida hisobga olinadi.
Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovarlar 002-«Mas’ul saqlashga qabul 
qilingan tovar-moddiy boyliklar» nomli balansdan tashqari schyotda 
hisobga olinadi. Кomissiyaga qabul qilingan tovarlar 004-«Кomissiyaga 
qabul qilingan tovarlar» nomli balansdan tashqari schyotda hisobga 
olinadi.
Tovarlarning hisobi kirim va chiqim yukxatlari, schyot-fakturalar, kassa 
orderlari, yo’nalish varaqalari va boshqa xujjatlarning ma’olumotlari 
asosida to’lg’aziladigan moddiy-javobgar shaxslarning hisobotiga asosan 
yuritiladi.
Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar bo’yicha analitik hisob moddiy 
javobgar shaxslar bo’yicha, tovarlarning nomlari (navi), guruhlari 
bo’yicha, zarur hollarda esa saqlanish joylari bo’yicha yuritiladi.
Tovarlarning holati va harakatini schyotlarda aks ettirish chizmasi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin