O bobojonov k. Jumaniyozov


 Buxgalteriya hisobining axborotlaridan foydalanuvchilar



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

1.3. Buxgalteriya hisobining axborotlaridan foydalanuvchilar.
Buxgalteriya hisobi va uning ma’lumotlaridan hayotda juda keng 
miqyosda foydalaniladi. Bu axborotlardan foydalanuvchilarni uch guruhga 
bo’lish mumkin: 1) sub’ektning boshqaruvchilari; 2) sub’ektdan tashqarida 
turib, undan moliyaviy manfaatdor bo’lganlar; 3) sub’ektning moliyaviy 
xo’jalik faoliyatidan to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy qiziqishda bo’lmagan 
shaxslar, guruhlar yoki agentlar. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlaridan 
foydalanuvchilarning solishtirma tarzi quyidagicha shaklga ega.
 Buxgalteriya hisobining ma’lumotlaridan foydalanuvchilar
Ichki 
foydalanuvchilar
Tashqi foydalanuvchilar
Boshqaruv 
xodimlari
Aksiyadorlar va boshqa mulk egalari.
Кreditorlar.
Mol etkazib beruvchilar.
Xaridorlar va buyurtmachilar.
Hukumat: soliq organlari.
Yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar).
Statistika organlari.
Boshqa davlat organlari.
Sub’ektning boshqaruvchilarini odatda ma’muriyat deb nomlashadi. 
Ma’muriyat korxona yoki tashkilotning faoliyatini boshqarish va uning 
oldida turgan maqsadlariga erishish uchun to’la javob beradigan shaxslar 
guruhiga aytiladi. Sub’ektning maqsadlari, kuchi turli-tuman bo’lishi 
mumkin, lekin raqobatchilikning juda qiyin bo’lgan sharoitlarida 
kompaniyaning muvaffaqiyati va raqobatbardoshligi ma’muriyatdan barcha 
kuchni ikkita eng muhim bo’lgan maqsadga, ya’ni foydalilik (rentabellik) 
16


va likvidlikni ta’minlashga qaratilishini talab qiladi. Foydalilik investisiya 
qilinadigan kapitalni ishga jalb qilish va ushlab qolish uchun zarur bo’lgan 
foydani etarli darajada ishlab topish qobiliyatini anglatadi. Likvidlik esa 
korxona yoki tashkilotlarning o’z qarzlarini to’lay olish yoki boshqa 
majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olish imkoniyatlarini anglatadi. 
Bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) moliyaviy manfaatdor bo’lgan 
foydalanuvchilar investorlar haqiqiy investorga aylanadigan hozirgi paytda 
va kelgusida shaxs va tashkilotlardan iborat bo’lib, ular sub’ektning 
moliya hisobotlarini tahlil qilib, kompaniyaning «Кelgusidagi moliyaviy 
istiqbollari qanday, unga mablag’larni qo’yishga arziydimi yoki yo’qmiq» 
kabi savollarni echishga harakat qiladilar. Кreditorlar sub’ektning 
foizlarini to’lashga va o’z vaqtida qarzlarini uzishga etarli mablag’larining 
borligini aniqlashga harakat qiladilar.
Egri (bilvosita) moliyaviy manfaatdor bo’lgan foydalanuvchilar har 
xil davlat xizmatchilari va jamoat guruhlaridan iborat bo’lib, ular so’nggi 
paytda buxgalteriya hisobi axborotlaridan foylanuvchilarni tashkil 
qilmoqda.
Tashqi foydalanuvchilarni asosan quyidagi ko’rsatkichlar qiziqtiradi:
1.
Sub’ektning aktivlari va passivlarining tarkibi;
2.
Sub’ektning likvidligi;
3.
O’zining va jalb qilingan kapitalning hissasi;
4.
Aktivlarning aylanish tezligi;
5.
Barcha aktivlar va realizasiya qilingan mahsulotning rentabellik 
darajasi;
6.
Sub’ektning ixtiyorida qoladigan sof foyda;
7.
To’langan dividendlarning hissasi (agar aksiyadorlik 
kompaniyasi bo’lsa).
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlaridan birida buxgalteriya 
hisobi va hisobotning ma’lumotlari undan foydalanuvchilarning talablariga 
moslangan va tushunarli bo’lishligi, agar ular ma’lumotlarni tushuna 
olmasalar buxgalteriya xodimlari og’zaki yoki xat bilan tushuntirib berishlari 
lozimligi ta’kidlangan. Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi 
munosabati bilan unga xos bo’lgan yangi iqtisodiy tushunchalar, 
mulkchilikning yangi turlari va ilgari bizga tanish bo’lmagan yangi 
iqtisodiy hodisalar hayotimizga kirib keldi. Masalan, bozor iqtisodiyoti 
sharoitidagi mulkchilikning yangi turlari bo’lgan xususiy, shaxsiy, jamoa, 
aksiyadorlik, shirkat va boshqa shu kabi tashkilotlarning yuzaga kelishi, 
xo’jalikni yuritishdagi har xil tavakkalchiliklar va bekorliklar, jumladan 
xaridorning pul o’tkazmay qo’yishi, mahsulot iste’molchilarining topilmay 
17


qolinishi, narxlarning keskin o’zgarib ketishi va hokazolarga duch kelishi 
mumkin. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobida qimmatbaho qog’ozlarga 
investisiyalar qilish, o’z aksiyalarini chiqarish va sotish, valyuta va 
harakatsiz mulklarga doir muomalalar, dividendlar olish va to’lash kabi 
bizga ilgari tanish bo’lmagan yangi turdagi xodisalar yuzaga keladi.
Mana shu yangi hodisalar va hisob ob’ektlarini hisobga olib, ularga 
to’g’ri talqin berish uchun buxgalteriya hisobi shu ma’lumotlarni yig’ish, 
ishlash, umumlashtirishning samarali tizimiga ega bo’lishligi kerak. 
Bundan tashqari, hisobot davri uchun tuziladigan hisobot shakllarining 
soni, ulardagi ko’rsatkichlar ancha qisqartirilib, kapital bozorini rivojlanti-
rish, xususiylashtirish, ichki va tashqi investisiyalar oqimini oshirish, 
xususiy sektor faoliyatining samaradorligini baholash uchun ishonchli 
axborot asosini yaratish imkonini bermoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining axborotidan 
asosiy foydalanuvchilarning manfaatini quyidagi tarzda ifodalash mumkin:

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin