Ushbu takliflar sub’ekt tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob
siyosati bilan birkitilgan. Shuning uchun ham standartda taklif qilingan va
hisob siyosati bilan birkitilgan FIFO, LIFO, o’rtacha va hisob baholari bilan
tayyorlangan va sotib olingan TMZ haqiqiy tannarxi o’rtasidagi farq vujudga
keladi.
Ushbu baholar bilan tannarxning o’rtasidagi farqni umumlashtirish
quyidagi 1610- «Materiallarning qiymatlari o’rtasidagi farq» schyotida
amalga oshiriladi.
Ushbu schyot qachonki sub’ektlar tayyorlangan va sotib olingan TMZ
hisob bahosida joriy hisobda yuritsa va hisobot davrining oxirida haqiqiy
tannarxi hisoblangandagina qo’llaniladi va ushbu baholar bilan haqiqiy
tannarxning o’rtasidagi farq summasi tejalganda (-) ushbu summa 1610
schyotning debetida va 1510 schyotning kreditida yoki ortiqcha sarflansa
(+) ushbu summa 1510 schyotning debetida va 1610 schyotning kreditida
aks ettiriladi.
Ushbu 1610-«Materiallarning qiymatlari o’rtasidagi farq» schyotida
yig’ilgan summa belgilangan davrda (ko’pchilik hollarda oyning oxirida)
tegishli xarajat ob’ektlarining sarflariga qo’shiladi. Ushbu hisob bahosi bilan
xaqiqiy tannarx o’rtasidagi farq summasi sarflangan va omborga qolgan TMZ
summalariga mutanosib ravishda taqsim qilinadi.
1610-«Materiallarning qiymatlari o’rtasidagi farq» schyotida analitik
hisob tegishli tovar-moddiy Rеzеrvlarining guruhlari bo’yicha farqlarning
darajasiga qarab yuritiladi.
Tovar-moddiy Rеzеrvlari baholari o’rtasidagi farq summalarining
ygindisini schyotlarda aks ettirish chizmasi.
Dostları ilə paylaş: