r
3
Ajratilgan bo’linmalar xodimlariga
mеhnat haqi to’lash uchun pul mablag’lari
ajratildi
4110
5010,
5110
4
Ajratilgan bo’linmalar tomonidan asosiy
vositalar qaytarildi
0110-
0190
4110
5
Dеbitorlik qarzlarini qoplash uchun
ajratilgan bo’linmalar, sho’'ba va qaram
xo’jalik jamiyatlaridan pul mablag’lari
kеlib tushdi
5010-
5530
4110,
4120
6
Ajratilgan bo’linmalarga moddiy
qiymatliklar bеrildi (1500 schyotdan
foydalanganda)
4110
1510
7
Matеriallar qiymatidagi farq
ajratilgan
bo’linmalar hisobiga ularga bеrilgan
matеriallar bo’yicha hisobdan chiqarildi
(1610 schеtni qo’llaganda)
4110
1610
Кorxona, firma faoliyati jarayonida ayrim hollarda da’volar vujudga
keladi. Bu da’volar asosan mol etkazib beruvchilardan olingan xom ashyo
va materiallar bo’yicha kamomad, navlarining farqi va hokazo,
pudratchilar bilan bajarilgan ishlarning hajmi va sifati bo’yicha. Transport
tashkilotlarining aybi bilan sodir bo’lgan materiallarning kamomadi
tegishli dalolatnomalarga asosan va tan olingan kamomadlar bo’yicha
vujudga keladi. Ayrim hollarda da’volarni echish uchun uchinchi tomon –
xo’jalik sudi ham jalb qilinadi. Oxirgi holatda xo’jalik sudining haqi da’vo
qiluvchi sub’ekt tomonidan to’lanib sudda qaysi tomon- da’vogar yoki
aybdor yutqazsa, o’sha tomon sudning xizmat haqini to’laydi.
4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar»
sintetik hisobi ushbu
da’volar bo’yicha sodir bo’lgan summalarni umumlashtirish va ularning
holati va harakati ustidan nazorat o’rnatish uchun qo’llaniladi.
Da’volarning turlariga qarab ushbu 4860 schyotda quyidagi analitik
schyotlar yuritilishi lozim:
mol etkazib beruvchilar, pudratchilar va transport tashkilotlarining
schyotini tekshirishda akseptlangandan keyin aniqlangan shartnomaga
nisbatan
baholarning farq summasiga, tovar-material qiymatliklarining
qiymati, tayyorlov xarajatlarining schyotlarda aks ettirilishining
145
noto’g’riligi, arifmetik xatolar, narxlarni oshirib yozish natijasida sodir
bo’ladigan da’volar;
materiallar va tovarlarni
etkazib beruvchilarga, materiallarni qayta
ishlovchi sub’ektlarga nisbatan standart talabi, texnikaviy va buyurtma
sifatida to’g’ri kelmaganligi bo’yicha da’volar.
Кo’pincha 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyotining
debeti bo’yicha quyidagi da’volarga oid hisoblashishlar aks ettiriladi:
mol etkazib beruvchilarga, pudratchilarga va transport tashkilotlariga
da’volar – ularning schyotlari tekshirilganda shartnomada kelishilgan va
preyskurantda nazarda tutilgan baho va tariflarning
bir-biriga muvofiq
kelmasligi, shuningdek, arifmetik xatolar aniqlanganda – mol etkazib
beruvchilarga va pudratchilarga to’lash uchun olingan schyotlarni yoki
ishlab chiqarish zahiralari, tovarlar va tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi
schyotlar bilan korrespondensiyada aks ettiriladi. Bu yozuv baholarning
oshib ketishi yoki mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga taqdim etilgan
schyotlardagi arifmetik xatolar tovar-moddiy boyliklarni yoki xarajatlari
hisobga oluvchi schyotlar bo’yicha yozuvlar amalga oshirilgandan so’ng
aniqlanganda amalga oshiriladi (mol etkazib beruvchilar va pudratchilar
tomonidan fakturalangan baho va hisoblardan kelib chiqqan holda);
mol etkazib beruvchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga tabiiy
kamayish me’yoridan ortiqcha miqdorda yukning yo’ldagi kamayishi
uchun bildirilgan da’volar – mol etkazib beruvchilarga va pudratchilarga
to’lash uchun olingan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar (6000, 7000)
bilan korrespondensiyada;
mol etkazib beruvchilar yoki pudratchilarning
aybi bilan yuzaga
kelgan, to’lovchilar tomonidan tan olingan yoki xo’jalik sudida hal
qilingan yaroqsiz mahsulotlar va bekor turib qolishlar uchun bildirilgan
da’volar - ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan
korrespondensiyada;
sub’ektning schyotlaridan noto’g’ri hisobdan chiqarilgan
(o’tkazilgan) summalar bo’yicha bank muassasalariga bildirilgan da’volar
– pul mablag’lari va bank kreditlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan
korrespondensiyada;
shartnoma majburiyatlariga amal qilmaganligi
uchun mol etkazib
beruvchilar, pudratchilar va boshqalardan, to’lovchilar tomonidan tan
olingan yoki xo’jalik sudida ko’rib chiqilgan miqdorda
olinadigan
jarimalar, o’simlar, beqarorliklar bo’yicha (to’lovchilar tomonidan tan
olinmagan, bildirilgan da’volar summasi hisobda aks ettirilmaydi) –
146
9330-«Undirilgan jarimalar, o’simlar va burdsizliklar»
schyoti bilan
korrespondensiyada.
4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» schyoti pul
mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan korrespondensiyada kelib
tushgan to’lov summalariga kreditlanadi. Кeyinchalik aniqlangan
summalar, qoidaga muvofiq, 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan
schyotlar» schyotining debetiga hisobga olishga qabul qilingan summalar
o’sha schyotlarga olib boriladi.
Ushbu schyot 4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar» pul
mablag’lari schyotlari bilan bog’langan holda to’langan summa miqdoriga
kreditlanadi. Agarda da’vo summasining undirilmasligi aniqlansa bu
schyotning (4860) kreditidan 9430-«
Boshqa opеratsion xarajatlar»
schyotidan keltirilgan bo’lsa o’sha schyotga qaytariladi.
4860-«Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar»ning analitik hisobi har
bir da’vo bo’yicha ayrim hisobga olib boriladi, bu o’z navbatida da’volar
bo’yicha hisoblashishni nazorat qilishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: