berish vaqtlari ko’rsatiladi. Chunki mol etkazib
beruvchilarning shartni
bajarishi ishlab chiqarishning bir tekis, bir maromda faoliyat ko’rsatishiga
ijobiy ta’sir qiladi. Agarda mol etkazib beruvchilarning xom-ashyo va
materiallari o’z vaqtida kelmasa sub’ektning faoliyatida uzilish sodir
bo’lishi, to’xtab qolishi va natijada zarar etkazib kelish va hisoblashishni
amalga oshirish sub’ektning faoliyatida muhim o’rin tutadi.
Кorxona va firmalarda shartnoma majburiyatlarining
bajarilishi ustidan
tezkor nazorat yuritish va hisobga olish marketing bo’limi tomonidan amalga
oshiriladi. Shuning uchun ham olingan tovar, material qiymatliklarining to’lov
xujjatlari avvalo shu bo’limga yoki moliya bo’limiga kelib tushadi. Bu erda
xujjatlarning to’lov talabnoma-topshirig’i, schyot-fakturalar va hokazolarning,
tuzilgan kontraktga mos kelishi tekshirilib keyin "Кelib tushgan yuklarni
hisobga olish daftari"da qayd qilinib kontraktlarni bajarish daftarida
belgilanadi va qiymatining to’lanishiga (akseptiga) rozilik beriladi.
To’lov xujjatlariga ichki nomer qo’yilib qiymatini to’lash
uchun
buxgalteriyaga beriladi, patta va tovar-transport yukxati esa ushbu
qiymatliklarni olib kelish uchun ekspedisiya bo’limiga beriladi. Natijada
shu vaqtdan boshlab korxona va firmalar bilan mol etkazib beruvchilar
o’rtasida hisoblashish muomalalari ro’yobga chiqadi.
Tovar-moddiy zahiralarni va boshqa aktivlarni etkazib berganligi uchun,
ishlarni bajargan va xizmat ko’rsatgani uchun, shuningdek pudratchilardan
qabul qilingan qisman tayyor bo’lgan mahsulot va ishlarning qiymatini
to’lash bo’yicha berilgan bo’naklarga oid
hisoblashishlar haqidagi
ma’lumotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4310-«Tovar-moddiy boyliklar uchun mol etkazib beruvchilar va
pudratchilarga berilgan bo’naklar»;
4320-«Uzoq muddatli aktivlar uchun mol etkazib beruvchilar va
pudratchilarga berilgan bo’naklar»;
Berilgan bo’naklar, shuningdek, qisman tayyor holdagi mahsulot va ishlar
uchun to’langan summalar 4310-«Mol
etkazib beruvchilarga va
pudratchilarga berilgan bo’naklar» schyotining debetiga 5110-«Hisob-kitob
schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari » schyotlari bilan
korrespondensiyada aks ettiriladi.
Mol etkazib beruvchilarga va pudratchilarga bo’nak mol etkazib
beruvchi va sub’ektning o’rtasida tuzilgan shartnoma yoki kontrakt asosida
beriladi.
Alohida hollarda, ishlarni qisman bajarish to’g’risidagi
dalolatnoma tuzilishi mumkin. Xorijiy xamkorlar bilan aloqani
tasdiqlaydigan asosiy xujjatlar bo’lib, tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida
va vakolatlangan banklarda ro’yxatga olingan kontraktlar hisoblanadi.
148
Bunda to’lov topshiriqnomalarida qisman haq to’lash miqdori va oldindan
to’lash foizi ko’rsatiladi.
4300-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar»
schyotlari bo’yicha analitik hisob har bir debitor bo’yicha yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: