sanalgan
qarzlarning
foizi
qarzlarning
zahirasi
To’lov muddati etib
kelmagan
2190000
1
21900
01-30 kun
1425000
2
28500
31-60 kun
420000
10
42000
61-90 kun
245000
30
73500
90
kundan ortiq
160000
50
80000
Jami:
4440000
245900
Bu jadvaldagi hisoblar, faqat 1% to’lov muddati kelmagan olinadigan
schyotlar va 2% 1 kundan 30 kungacha muddati o’tgan schyotlarning
to’lanmasligini ko’rsatib turibdi. Oldingi tajriba 31-60 kun, 61-90 kun va 90
kundan ortiq muddati o’tgan olinadigan schyotlarining 10%, 30% va 50%
to’lanmasligi mumkin bo’lganligini faraz qilishga yo’l qo’yadi. Natijada
4440000 summaga teng olinadigan schyotlardan 245900 so’m kelib
tushmaydi.
Faraz qilaylik, «Sherzod» kompaniyasining 4910-«Shubhali qarzlarning
zahirasi» schyotida joriy kredit qoldig’i 80000 so’mni tashkil etadi.
Shunday qilib, shubhali qarzlar bo’yicha taxmin qilingan xarajatlarning
miqdori bir yilda 165900 so’mni tashkil etadi. hisoblar quyidagicha
amalga oshiriladi:
Taxmin qilingan shubhali qarzlar................................245900
Minus:"Shubhali qarzlarning zahirasi"
schyotining
kredit
qoldig’i........................80000.
Shubhali qarzlar bo’yicha xarajatlar.............................165900.
Agar 4910-"Shubhali qarzlarning zahirasi" schyoti debet qoldig’iga ega
bo’lsa, uning miqdori taxmin qilingan shubhali qarzlarga qo’shilishi kerak.
Shubhali qarzlar bo’yicha xarajatlar hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
31 dekabr:
Shubhali qarzlar bo’yicha xarajatlar............................165900.
Shubhali qarzlarning zahirasi....................................165900.
Ikki usul xam kreditga sof sotishdan foiz usuli va to’lov muddati
bo’yicha olinadigan schyot usuli birga qo’llanilishi mumkin. Ularning har
biri boshqasini tasdiqlash uchun qo’llaniladi. Oraliq hisobot uchun ko’p
kompaniyalar o’zlarining schyotlarida oylik tuzatish yozuvlarining
tejamkor bo’lgani uchun kreditga sotish usuliga asoslanadilar. Lekin,
yilning oxirida ular shubhali qarzlar zahirasining qoldig’i
summasini
158
aniqlash uchun olinadigan schyotlarning to’lov muddatini tekshiradilar.
Agar zahiraning qoldig’i (yilning oxiridagi tuzatishdan keyin), olinadigan
schyotning to’lov muddati grafigida nazarda tutilgan qoldig’idan jiddiy
ravishda farq qilsa, u vaqtda kreditga sotish bo’yicha foizni tuzatish kerak.
hisobdan chiqarilgan har yilgi olinadigan schyot miqdori kamdan-kam
hollarda 4910-«Shubhali qarzlarning zahirasi» schyotining kreditida aks
ettirilgan taxmin qilingan miqdorga teng bo’ladi. Agar hisobdan
chiqarilgan schyotlar bo’yicha summa shubhali qarzlarning zahirasidagi
oldindan belgilangan
miqdordan kamroq bulsa, 4910-«Shubhali
qarzlarning zahirasi» schyoti kredit qoldig’iga ega bo’ladi. Agar hisobdan
chiqarilgan schyotlar bo’yicha summa shubhali qarzlarning zahirasidagi
oldindan belgilangan summasidan yuqoriroq bo’lsa, 4910-«Shubhali
qarzlar zahiralari» schyoti debet qoldig’iga ega bo’ladi.
Joriy yildagi shubhali qarzning dastlabki miqdorini aniqlash uchun
qilingan tuzatish yozuvi hisobot davrining oxirida debet qoldig’ini bekor
qiladi.
Ba’zan mijozlar oldindan bo’ladigan
xaridning qiymatini xato
aniqlashlari mumkin. Natijada schyot-fakturalar bo’yicha ma’lum
summalarni ortiqcha to’laydilar. Agarda mijozlardan olinadigan
schyotlarni qayd qilish jurnalida yuritilgan analitik schyotlarda kredit
qoldig’i aniqlansa u «Olinadigan schyotlar»ning qoldig’iga ta’sir etmasligi
kerak. Chunki kompaniya xaridorlarning ortiqcha to’lagan summalariga
javob berganligi uchun ularning kredit qoldig’iga ega bo’lgan balansdagi
summalari qisqa muddatli majburiyatlar moddasida aks ettirilishi lozim.
4910
-«Dargumon qarzlar bo’yicha rezervni hisobga
oluvchi» schyoti bo’yicha analitik hisob
har bir shubhali qarz va
zahiraning paydo bo’lgan muddati bo’yicha ayrim olgan holda yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: