O bobojonov k. Jumaniyozov


-«Dargumon qarzlar bo’yicha rezervni hisobga oluvchi» schotlar



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

4910-«Dargumon qarzlar bo’yicha rezervni hisobga oluvchi» schotlar 
bo’yicha xo’jalik operatsiyalari
Т/
r
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
Schyotlarning 
bog’lanishi
Dеbеt
Krеdit
1
Dargumon qarzlar bo’yicha rеzеrv tashkil 
qilindi
9430
4910
2
Xaridor va buyurtmachilarning qarzlari 
dargumon qarzlar bo’yicha rеzеrv hisobiga 
hisobdan chiqarildi
4910
4010, 
4020
3 Dargumon qarzlar bo’yicha rеzеrvlar 
4910
9390
159


summasining ishlatilmagan qismini ular 
tashkil etilgan yildan kеyingi yilning 
foydasiga qo’shilishi
4.3. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyot 
(to’lov)ni hisobga oluvchi schyotlar.
Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarning hisobini yuritish.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatida 
boshqa sub’ektlar bilan doimo aloqada bo’ladilar:
iste’molchi-xaridorlarga tayyor mahsulotlarini sotadilar, ishlarni 
bajaradilar, xizmat ko’rsatadilar, bo’nak yoki qarz beradilar;
o’z navbatida boshqa sub’ektlar oldida majburiyatlari paydo bo’ladi, 
ya’ni olgan xom ashyo va materiallarning qiymatini to’lash yuzasidan mol 
etkazib beruvchilar oldida, bajargan ishlari yuzasidan pudratchilar oldida, 
iste’mol qilingan xizmatlar yuzasidan xizmat ko’rsatuvchilar oldida va 
hokazo.
Majburiyatlar bu hisobot davrida yoki oldingi davrlarda vujudga kelgan 
qarzlar (kreditorlik) bo’lib, ularning qoplanishi (ya’ni so’ndirilishi) 
iqtisodiy nafning kamayishiga, ya’ni mavjud aktivlarning kamayishiga olib 
keladi.
Majburiyat sub’ektning turli kelishuvlarni bajarishi natijasida vujudga 
keladi va tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar yuzasidan 
kelgusidagi to’lovlar uchun huquqiy asos bo’lib hisoblanadi.
1-sonli BXMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ga asosan 
majburiyatlarni baholashning asosi bo’lib, sotib olingan aktivlar, xizmat va 
ishlarning tannarxi yoki qiymati hisoblanadi.
Majburiyatlar qisqa muddatli (joriy) va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. 
Joriy majburiyatlar

bu kreditorning talabiga ko’ra bir yil ichida 
to’lanadigan
majburiyalar(qarzlar)dir.
Uzoq
muddatli 
majburiyat(qarz)larga to’lov muddati bir yildan ortiq bo’lgan majburiyatlar 
kiradi.
Amaldagi qonunchilikka asosan, vujudga kelgan xorijiy valyutadagi 
majburiyatlar so’mda hisobga olinib, hisoblashish-pul xujjatlari yoki 
shartnomada kelishilgan xujjatlarda ko’rsatilgan muddatda O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy Banki o’rnatgan xorijiy valyutaning ko’rslari 
bo’yicha qayta hisoblash orqali aniqlanadi. Bir vaqtning o’zida ushbu 
hisoblashishlar valyutada hisoblashish va to’lovlarda aks ettiriladi. Xorijiy 
valyutalar bilan amalga oshirilgan muomalalar yuzasidan qarzlarni 
160


qoplash davrida vujudga kelgan kursning farqlari 9540-«Кurs farqlari 
bo’yicha olingan daromadlar (ijobiy)» yoki 9620-«Кurs farqlari bo’yicha 
ko’rilgan zararlar (salbiy)» schyotlarida aks ettiriladi.
Joriy (qisqa muddatli) majburiyatlar (qarzlar)ni hisobga olish tartibini 
yorituvchi ushbu bo’limda hisobning quyidagi schyotlaridagi hisob tartiblari 
haqida ma’lumotlar keltiriladi:
6000-Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyot 
(to’lov)ni hisobga oluvchi schyotlar;
6200-Кechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
6300-Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar;
6900- Turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar.
Tuzilgan shartnomaga muvofiq mol etkazib beruvchilardan tovar-
moddiy zahiralari qabul qilib olingan paytdan boshlab sub’ekt va mol 
etkazib beruvchilar o’rtasida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hisoblashish 
muomalalari paydo bo’ladi:
sub’ektga taqdim etilgan aktivlar, xizmatlar va bajarilgan ishlar 
bo’yicha;
qabul qilish paytida aniqlangan tovar-moddiy qiymatliklari, ishlar va 
xizmatlar miqdorining ortiqchaligi;
etkazib berish yuzasidan xizmatlar, shu jumladan tarif (fraxt) 
summasining kam hisoblangan summasi yuzasidan va shunga o’xshash 
muammolar bo’yicha.
Ushbu tovar-moddiy qiymatliklar omborxonaga yoki sub’ektning 
iste’moliga qabul qilinayotganda kirim orderi yozilib ushbu orderlar ilova 
qilingan holda reestr tuziladi va ombor mudiri tomonidan buxgalteriyaga 
topshiriladi. Ushbu xujjatlar guruhlashtirilib (taksirovka) va tekshirilib 
to’lov xujjatiga ilova qilinadi, chunki bank ushbu isbotlovchi xujjat 
bilangina to’lov topshirig’ini qabul qiladi. Кo’rsatilgan summa mol etkazib 
beruvchiga to’langandan keyin sub’ektning bankdagi tegishli 
schyotlaridan-5110, 5210, 5220, 5510, 5520... «Кo’chirma»lar oladi va 
kodlariga asosan ushbu schyotlarga o’tkazib qo’yadi.
hisoblashish muomalari umumlashtirilgan holda 6010-«Mol etkazib 
beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» va 6020-«Berilgan 
vaisqalar» nomli passiv, sintetik schyotlarda olib boriladi. Bu schyotlarda 
quyidagi axborotlar yig’ilib boriladi:
hisoblashish xujjatlari akseptlangan (to’lashga qabul qilingan) olingan 
tovar-moddiy zahiralarining qiymatliklari;
hisoblashishga qabul qilingan bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan 
xizmatlar- elektr qo’vvati, gaz, issiqlik, suv va shunga o’xshashlar;
161


hisoblashish xujjatlari to’lashga qabul qilingan tovar-moddiy 
qiymatliklarni keltirish, qayta ishlash sarflari;
hisoblashishlar rejali to’lov tartibida amalga oshirilgan tovar-moddiy 
qiymatliklar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning qiymati;
mol etkazib beruvchilardan xujjatlar kelmagan, lekin dalolatnomaga 
muvofiq omborga qabul qilingan (fakturasiz) tovar-moddiy 
qiymatliklarning qiymati;
qabul qilish jarayonida ortiqcha chiqqan tovar-moddiy 
qiymatliklarning qiymati;
yuklarni tashish bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlarning qiymati;
xujjat (fraxt)ga nisbatan kam berilgan tovar-moddiy qiymatliklarning 
qiymati;
aloqa xizmatlari qiymati va shunga o’xshashlar;
bosh pudratchi tashkilot ham o’zining subpudratchi tashkilotlari 
o’rtasida amalga oshiriladigan hisoblashishlar.
Schyotlarni to’lash, ularni taqdim qilgan vaqtidan boshlab kuchga kiradi 
va navbat bilan to’lab boriladi.
Нaqiqiy kirimga olingan tovar-moddiy qiymatligining summasi tegishli 
tovar-moddiy zahiralari schyotlarining debetida aks ettirilib 6010-«Mol 
etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» va 
6020-«Berilgan veksellar» schyotlarining kreditida qayd qilinadi.
Tovar, xom ashyo va materiallarni tashib keltirish, yuklash, tushirish, 
ularni qayta ishlash xarajatlari ham tegishli tovar-moddiy zahiralari 
schyotlarining debeti tomonida va 6010 va 6020 schyotlarining kreditida 
aks ettiriladi.
Analitik hisobda tovar-moddiy qiymatliklarning joriy va balansda 
baholanish tartibidan qat’iy nazar mol etkazib beruvchilardan schyot-
fakturasida ko’rsatilgan summaga 6010 va 6020 schyotlari kreditlanadi. 
Agarda mol etkazib beruvchilarning schyoti akseptlangan va qiymati 
to’langan bo’lsa, lekin tovar yoki xom ashyo qabul qilinayotganda undan 
kamomad aniqlansa yoki tabiiy kamayish me’yoridan ortiqcha kamomad 
aniqlansa tuzilgan tijorat dalolatnomasiga asosan ushbu aniqlangan 
summaga mol etkazib beruvchilarga da’vo bildiriladi - debet 
4860-«Da’volar yuzasidan olinadigan schyotlar» va kredit 6010-«Mol 
etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» yoki 
6020-«Berilgan veksellar».
Moddiy qiymatliklar kuzatuvchi xujjatlarsiz, fakturasiz kelgan bo’lsa 
quyidagilarni tekshirish zarur:
162


olingan tovar-moddiy qiymatliklarning qiymati oldin to’langanmi 
yoki yo’qmiq;
moddiy qiymatliklarni o’lchab, tortib, navi va bahosiga e’tibor berib 
tegishli qabul qilish «Dalolatnoma»sini tuzish;
ushbu qiymatliklarning debitorlik qarzida turgan yoki turmaganligi.
Fakturasiz qabul qilingan xom ashyo va materiallarning qiymati 
shartnomada ko’rsatilgan yoki joriy hisob bahosida «Dalolatnoma»ga 
asosan qabul qilinib 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to’lanadigan schyotlar» yoki 6020-«Berilgan veksellar» schyotlarining 
kreditiga yoziladi va fakturalar kelgandan keyingina bank orqali uning 
qiymati navbati bilan to’lanadi.
Agarda mol etkazib beruvchilarga oldindan bo’nak berilgan bo’lsa to’liq 
hisoblashish jarayonida umumiy qarz summasidan bo’nak summasi 
chegirilib (debet 6010 yoki 6020 va kredit 4310-«TMZ uchun berilgan 
bo’naklar») qolinadi va farq summa to’lanadi- debet 6010 va kredit 5110 
yoki 5210, yoki 5500, yoki 6910, yoki 6940 va hokazo. Ayrim hollarda 
olinadigan tovarlar, material va xom ashyolarning to’lov xujjatlari 
sub’ektga kelgan, lekin ushbu qiymatliklar omborxonaga kelib tushmagan 
bo’lishi mumkin. Lekin ushbu to’lov xujjatlari bank tomonidan 
to’langanmi yoki yo’qmi, qat’iy nazar sub’ekt tomonidan to’lashga qabul 
qilinishi (akseptlanishi) zarur.
Ushbu xujjatlar 6-jurnal orderining aksept ustunidagi «Кelib tushmagan 
yuklar» ustinida qayd qilib boriladi. Oy oxirida esa ushbu xujjatga asosan 
«Yo’ldagi qiymatliklar» sifatida sub’ektning balansiga qabul qilinadi. 
Ushbu materiallar omborxonaga qabul qilingandan keyin kirim orderiga 
asosan ikkinchi marta qabul qilinib oldingi «Shartli qabul qilingan» 
qiymati chegiriladi.
6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan 
schyotlar» va 6020-«Berilgan veksellar» schyotlarida analitik hisob har bir 
mol etkazib beruvchi bo’yicha ayrim yuritiladi. Chunki bu schyotlar 
yordamida akseptlangan, to’langan va qarz bo’lib qolgan summalar 
nazorat qilinadi va mol etkazib beruvchilar oldidagi majburiyatga rioya 
qilishga tezkorlik bilan yordam beradi, bundan tashqari:
schyotlar akseptlangan lekin to’lash muddati kelmagan;
boshqa hisoblashish xujjatlari bo’yicha;
muddati o’tgan to’lovlar bo’yicha;
fakturasiz qabul qilingan moddiy qiymatliklar bo’yicha;
qiymatini to’lash muddati kelmagan veksellar bo’yicha;
qiymatini to’lash muddati o’tgan veksellar bo’yicha;
163


olingan tijorat qarzlari bo’yicha hisoblashishlarning holati nazorat 
qilib boriladi.
Mol etkazib beruvchilar bilan hisoblashishlar umumlashtirilgan holda 6-
jurnal orderda 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to’lanadigan schyotlar» va 6020-«To’lanadigan veksellar» schyotlarining 
krediti bo’yicha qayd qilib boriladi. Bu jurnal-orderda analitik va sintetik 
hisob bir vaqtning o’zida olib boriladi, analitik hisob har bir to’lov xujjati, 
kirim orderi yoki qabul qilish dalolatnmoasiga asosan yuritiladi.
Bu jurnal-order har oyning boshiga mol etkazib beruvchilarga 
to’lanmagan summa bilan ochiladi va unda:
to’lov muddati kelmagan xujjatlar bo’yicha;
to’lov muddati o’tgan xujjatlar bo’yicha;
qiymatliklar kelib tushmagan lekin to’lov xujjati bo’yicha qiymati 
to’langan;
qiymatliklari kelib tushmagan va to’lov xujjatlari to’lanmagan;
to’lov muddati kelmagan veksellar;
to’lov muddati o’tgan veksellar;
fakturasiz qabul qilingan qiymatliklarning oy boshiga qoldiq 
summasi alohida olgan holda ko’rsatiladi;
6010 va 6020 schyotlar bo’yicha 6-jurnal-orderda har bir xujjatga to’liq 
ma’lumot yig’iladi.
sanasi;
qayd qilish №; raqami
mol etkazib beruvchining nomi va manzili;
ombordagi kirim xujjatining №;
kirim qilingan tovar-material qiymatliklarining joriy hisobidagi 
bahosi;
to’lov xujjatidagi qiymati;
qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i;
bojxona to’lovlari va yig’imi va hokazolar.
6020-«Berilgan veksellar» schyotida sub’ektning TMB va boshqa 
aktivlarni, bajarilgan ishlarni va ko’rsatilgan xizmatlarni sotib olish uchun 
bergan veksellari aks ettiriladi. To’lanadigan veksellar foizli yoki foizsiz 
bo’lishi mumkin. Foizli veksellarda vekselning asosiy summasini-nominal 
qiymatini va belgilangan foiz miqdorini aniq ko’rsatadi. Foizsiz 
veksellarda haqiqatda foiz to’lashni nazarda tutadi, chunki bunday 
veksellarning nominal qiymatini qoplash muddatida to’lanadigan yagona 
summani tashkil etadigan qarz va foiz summalarini o’zida aks ettiradi. Ushbu 
schyotning kreditida sotib olingan TMB, boshqa aktivlar- bajarilgan ishlar va 
164


xizmatlar uchun veksel bilan ta’minlangan joriy majburiyatlar aks ettirilib, 
ular qoplanishi davrigacha hisobga olinadi. Veksellar bo’yicha majburiyatlar 
qoplansa, tegishli pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlarning krediti va 
6020-«Berilgan veksellar», 6820-«Нisoblangan foizlar» schyotlarining 
debetida ushbu muomalarga tegishli summalar aks ettiriladi.
6020-«Berilgan veksellar» schyoti bo’yicha analitik hisob berilgan 
veksellarning har bir turi bo’yicha olib boriladi.
To’lov muddati o’tgan veksellar bo’yicha hisob alohida yuritiladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin