O bobojonov k. Jumaniyozov


-BOB. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AКTIVLARNI



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

5-BOB. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AКTIVLARNI 
HISOBGA OLISH
5.1. Asosiy vositalarni turkumlarga ajratish va baholash tartibi.
Jamiyatga zarur bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun mehnat 
vositalari va mehnat buyumlaridan foydalaniladi. Mehnat vositalari deb, 
mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashadigan mehnat qurollari 
hamda shu ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan, lekin uning 
uchun ma’lum sharoitlar yaratib, uni tashkil qilishga uzoq muddat xizmat 
qiladigan mulklarga aytiladi. Ularga imoratlar, inshootlar, uzatuvchi mos-
lamalar, mashinalar, asbob-uskunalar, transport vositalari, uy-joy binolari, 
xo’jalik inventarlari va hokazolar kiradi va uzoq muddatli aktivlar 
hisoblanadi.
Asosiy vositalar tushunchasi.
Uzoq muddatli aktivlar – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo’lib:
a) bir yildan ko’proq foydali xizmat qilish muddatiga ega bo’ladi;
b) ishlab chiqarish, ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladi yoki ijaraga 
beriladi;
v) sotish uchun mo’ljallanmaydi.
Uzoq muddatli aktivlar o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
Moddiy aktivlar (asosiy vositalar); jismoniy tabiiy ko’rinishga ega 
bo’lgan, uzoq muddatda foydalaniladigan, aktivlar; erlar, binolar, 
inshootlar, uskunalar, tabiiy resurslar va shunga o’xshashlar.
Moddiy aktivlar ham o’z navbatida uchta guruhga bo’linadi: 
amortizasiya qilinishga tegishli bo’lgan moddiy aktivlar, masalan, 
binolar, inshootlar, uskunalar, mebellar, qurilmalar;
emirilishga tegishli bo’lmaganlari, masalan foydali qazilmalar
o’rmon boyliklari va shunga o’xshashlar;
amortizasiya yoki emirilishga tegishli bo’lmaganlari, masalan er;
Nomoddiy aktivlar - moddiy ko’rinishiga ega bo’lmagan, lekin 
sub’ektning mulki hisoblanib ularni sotib olishga oldindan sarflar amalga 
oshirilgan va kelgusida sub’ektga daromad keltiradigan aktivlardir.
Nomoddiy aktivlar quyidagi aktivlar sifatida aniqlanadi: 
kompaniya faoliyatida faol katnashadi, investisiya sifatida yoki qayta 
sotish maqsadida saqlanilmaydi;
reja bo’yicha joriy hisobot davri tugashidan keyin manfaat keltirishi 
kerak;
hamma vaqt ham moddiy asosga ega emas.
175


Nomoddiy aktivlarning qiymati faqat imtiyozlar yoki tadbirkorlik 
huquqlari bilan ifodalanib, muomalaviy, moliyaviy yoki foizli daromad 
keltiradi. Masalan, gudvil, patentlar mualliflik huquqlari, savdo markalari.
Mehnat vositalarining asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular 
ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va shu bilan birga 
o’zining jismoniy ko’rinishini saqlab qoladi. Lekin ular mahsulot ishlab 
chiqarish yoki ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan sharoitlarni 
yaratib berishda uzoq muddat qatnashadi hamda asta-sekin eskirib boradi 
va eskirgan qismi ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ish yoki xizmatning 
tannarxiga qisman o’tkazilib boriladi. Sub’ektning moliyaviy-xo’jalik 
faoliyati jarayonida asosiy vositalar sub’ektga olinadi va foydalanishga 
beriladi, eskiradi, ta’mirlanadi, bir bo’limdan ikkinchi bo’limga 
o’tkaziladi, eskirishi, sotilishi va tekinga berilishi natijasida sub’ektning 
hisobidan chiqariladi, vaholanki doimo harakatda bo’ladi.
Sub’ektlar asosiy vositalarga egalik qilish, ulardan foydalanish, boshqa 
sub’ektga sotish, tekinga (ehson sifatida) berish, almashtirish, ijaraga 
berish, vaqtincha tekinga foydalanishga berish va hisobdan chiqarish 
xuquqlariga egadirlar.
Ushbu huquqlardan faqatgina dastlabki xujjatlarni o’z vaqtida va to’g’ri 
to’lg’azish natijasidagina samarali foydalanishi mumkin.
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalaridan biri mavjud asosiy 
vositalarni to’g’ri hisobga olish va ularni mulk sifatida saqlash, ta’mir 
qilish, asosiy vositalarning kelishini, chiqib ketishini va sub’ektning 
ichidagi harakatini tegishli xujjatlarga asosan hisob registrlarida to’g’ri aks 
ettirib borishdan iborat.
Shuningdek buxgalteriya hisobi asosiy vositalarning mahsulot 
tannarxiga o’tkazayotgan eskirish summasini to’g’ri aniqlash uchun ham 
xizmat qiladi va ushbu hisoblangan eskirish summasini kalkulyasiya 
ob’ektiga qaysi tartibda olib borishni ko’rsatib beradi.
Asosiy vositalarni buxgalteriyada hisobga olishning eng asosiy 
vazifalaridan biri shundan iboratki, u mavjud asosiy vositalardan to’g’ri va 
unumli foydalanib, imkoni boricha ko’p va sifatli mahsulot ishlab 
chiqarishni va ishlab chiqarishga sarflangan har bir so’mning rentabellik 
darajasini oshirishni ta’minlashi kerak. Chunki mavjud qarorlarga ko’ra, 
barcha sub’ektlar mulklar uchun byudjetga soliq to’lashlari kerak. Bu 
to’lovlarning summasi mulklarning miqdoriga qarab mutanosib ravishda 
o’zgaradi, asosiy kapitalning qiymati oshgan sari to’lovlarning summasi 
ham oshib boradi, bu esa sub’ekt foydasining kamayib ketishiga ta’sir 
qiladi. Bunday iqtisodiy siyosat sub’ektlarni ortiqcha asosiy mablag’lardan 
176


voz kechishga, eng zarur bo’lgan asosiy vositalarni olib qolib, ulardan 
unumli foydalanishga majbur qiladi.
Buxgalteriya hisobi yordamida sub’ektda bekor turgan va ortiqcha 
asosiy vositalar aniqlanadi, ularni boshqa tashkilotlarga ijaraga topshirish 
yoki sotish choralarini ko’rishga yordam beradi va mavjud asosiy vosita-
lardan qanday foydalanayotganligi va ulardan yana ham unumliroq 
foydalanish yo’llarini izlab topishga yordam beradi.
Asosiy vositalar ishlab chiqarishga qatnashishi nuqtai nazaridan ishlab 
chiqarishga taalluqli asosiy vositalari va noishlab chiqarishga taalluqli 
asosiy vositalariga bo’linadi.
Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalardan moddiy ishlab chiqarish 
sohasida foydalaniladi, ishlab chiqarishning bir nechta jarayonida 
qatnashib, asta-sekin eskiradi, o’zining qiymatini yaratilgan mahsulotning, 
bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatning tannarxiga qisman o’tkazib 
boradi. Ularga moddiy ishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan imoratlar, 
inshootlar, o’tkazuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, transport 
vositalari, ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari, yirik shohli ishchi va 
mahsuldor hayvonlar, ko’p yillik daraxtlar va boshqa mehnat vositalari ki-
radi.
Noishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalar ishlab chiqarish bilan 
bevosita bog’liq bo’lmagan madaniy-maishiy, sog’liqni saqlash 
muassasalari, kommunal xo’jalik korxonalari va shu kabi tarmoqlarga 
xizmat qiladi va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi, lekin 
sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda yordam beradi. 
Ular ishlatish jarayonida asta-sekin eskirib, o’z qiymatini qisman yo’qotib 
boradilar. Asosiy vositalar xalq xo’jaligining qaysi tarmog’ida 
ishlatilishiga qarab, shuningdek tarmoqlar (sanoat, qishloq xo’jaligi, 
o’rmon xo’jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish 
va hokazo) bo’yicha ham guruhlashtiriladi.
Asosiy vositalarni xalq xo’jaligining tarmoqlari va turlari o’rtasida 
taqsimlashda ular yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatlar 
qanday tarmoq yoki faoliyatning turiga taalluqliligiga qarab, tegishli 
asosiy vositalar ham o’sha tarmoq yoki faoliyat turiga kiritiladi, masalan, 
xalq xo’jaligining tarmoqlaridagi, shu jumladan sanoat ishlab 
chiqarishidagi asosiy vositalarning qanday maqsadda foydalanishi va 
qanday ishlarni bajarishiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Imoratlar – bularga sex, ombor, tajribaxona, idora, o’t o’chirish 
deposi, garaj va shunga o’xshash mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tashqi 
177


atmosfera ta’siridan himoya qiluvchi va moddiy boyliklarni saqlash uchun 
xizmat qiluvchi binolar kiradi.
2. Inshootlar – bularga mehnat buyumlarining o’zgarishi bilan bog’liq 
bo’lmagan, texnikaviy vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladigan suv 
minorasi, ko’priklar, temir yo’llar, asfalt ko’chalar, devorlar, nasos stan-
siyalari, kanallar va hokazolar kiradi. 
3.
O’tkazuvchi moslamalar – bular yordamida elektr va issiqlik 
energiyasi, hamda mexanika energiyasi o’tkaziladi, bir inventardan ik-
kinchi inventarga suyuq va gazsimon moddalar yuboriladi. Bunday 
moslamalarga elektr o’tkazish yo’llari, gaz suv va bug’ o’tkazuvchi quvur 
yo’llar, telefon o’tkazuvchi simlar, kabellar va hokazolar kiradi. 
4. Mashina va asbob uskunalar, shu jumladan:
a) kuchlantirish mashinalari va asbob-uskunalar (issiqlik va elektr 
energiyasini ishlab chiqaruvchi generatorlari, transformatorlar, yordamchi 
stansiyalarning asbob-uskunalari);
b) ish mashinalari va asbob-uskunalar (mahsulotni yaratish yoki ishlab 
chiqarish xususiyatidagi xizmatlarni bajarish jarayonida mexanik ta’sirni 
ko’rsatuvchi mashinalar, jumladan tokarlik stanoklari, tikuv mashinalari, 
kranlar, kompressorlar);
v) o’lchov va tartiblovchi uskunalar, moslamalar va tajribaxonaning 
asbob-uskunalari;
g) hisoblash texnikasi;
d) boshqa xil mashina va asbob-uskunalar.
5. Transport vositalari – samolyotlar, avtomashinalar, vagonlar, 
kemalar, aravalar, avtobuslar va hokazolar kiradi.
6.
Uskunalar – asosiy vositalarning ushbu turiga mehnat buyumlariga 
ishlov berishga xizmat qiladigan mexanizasiyalashtirilgan yoki 
mexanizasiyalashtirilmagan qo’l mehnatining qurollari yoki mashinalari 
kiradi. 
7. Ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari, jihozlar va boshqa asosiy 
vositalar – xo’jalik va idora inventarlari, idora jihozlari, yozuv 
mashinalari, telefon apparatlari, texnika kutubxonalari va boshqa 
buyumlardan iborat.
8.
Ishchi va mahsuldor hayvonlar (otlar, tuyalar, ho’kizlar, sigirlar, 
buqalar, qo’toslar, qo’ylar, echkilar va boshqalar).
9.
Кo’p yillik daraxtlar – mevali, dekorativ va ixota daraxtlari.
10.
Boshqa asosiy fondlar (kutubxona fondlari, muzeydagi qiymatliklar 
(muzeydagi eksponatlardan tashqari) zoopark va boshqa muassasalardagi 
tirik hayvonlarning eksponatlari, byudjet muassasalari va tashkilotlarida 
178


asosiy vositalar tarkibida hisobga olingan ish kiyimlari, o’rin-ko’rpalar, 
kiyim va poyabzal, sahna uskunalari hamda ijarachining balansida hisobga 
olinadigan ijaraga olingan asosiy vositalarga ketgan kapital sarflar).
Asosiy vositalar foydalanilishiga qarab harakatdagi, Rеzеrvdagi va 
harakatsiz yotgan asosiy vositalarga bo’linadi.
Xo’jalik jarayonida foydalanilayotgan barcha asosiy vositalar 
harakatdagi asosiy vositalar deb hisoblanadi.
Rеzеrvdagi asosiy vositalar deb kapital tuzatishdagi va eskirishi 
natijasida ishdan chiqqan mehnat vositalarini almashtirish uchun 
mo’ljallangan vositalarga aytiladi. Buxgalteriya hisobi har bir sub’ektda 
mavjud Rеzеrvdagi asosiy vositalar ushbu sub’ektga kerakli miqdorda 
bo’lishini nazorat qilib borishi va ularning me’yordan oshishiga yo’l 
qo’ymasligi kerak.
Harakatsiz yotgan asosiy vositalar deb sub’ektning o’zida yoki uning 
ayrim bo’linmalarida ishlab chiqarish faoliyatining to’xtab qolishi (tegishli 
tashkilotlar tomonidan to’xtatib qo’yilishi) natijasida ishlatilmayotgan va 
sub’ektning omborlarida bekor turgan mehnat vositalariga aytiladi.
Sub’ektlarning qaramog’ida ularning o’zlariga tegishli asosiy 
vositalardan tashqari vaqtincha foydalanishga, ya’ni ijaraga olingan asosiy 
vositalar ham bo’lishi mumkin. Shuning uchun asosiy vositalar mazkur 
sub’ektlarga tegishliligiga qarab ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga 
sub’ektning mulki hisoblangan asosiy vositalari kirsa, ikkinchi guruhga 
ijaraga olingan asosiy vositalar kiradi. Sub’ektning asosiy vositalari ushbu 
sub’ektning balansida aks ettirilib, ijaraga olingan asosiy vositalar ham 
sub’ektning ushbu balansida aks ettiriladi va ular bo’yicha ushbu 
sub’ektda amortizasiya (eskirish) hisoblanmaydi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin