va foydalanishga tayyorlash maqsadida amalga oshirilgan pul mablag’lari
(yoki uning ekvivalentlari)ning chiqimi hisoblanadi.
Aktivlar pulsiz to’lov
evaziga sotib olinganida, ular yoki berilgan
aktivning bozor qiymati bo’yicha yoki sotib olingan aktivning bozor
qiymati bo’yicha
inobatga olinadi (bunda qaysi bir qiymatning xolisroq
aniqlanishiga qarab). Asosiy vositalarni ayrboshlash, keyinroq ko’rib
chiqiladigan prinsipdan istisnoni o’z ichiga oladi.
Tarixiy qiymatdan tashqari, baholashning boshqa usullari ham mavjud
bo’lib, ular ko’p hollarda foydalanilmaydi. Masalan,
almashuv qiymati
(kirim qiymatini hisoblash), sof
realizasiya qiymati (hisobdan chiqarish
qiymatini hisoblash) va baho darajasining qiymati (joriy qiymatni
hisoblash).
Aktivlar sotib olinayotganda schyot-faktura bahosiga qo’shiladigan
xarajatlar amalga oshiriladi (chegirmalar ayirmasidan tashqari). Bu xarajatlar
o’z ichiga
qoplanadigan egri soliqlar, mulkning egalari tomonidan
to’lanadigan mulk soliqlari, sug’urta badallari, mulk xuquqlari, mulkni
ro’yxatdan o’tkazish xarajatlari, komission to’lovlarni o’z ichiga oladi. Bu
xarajatlar aktivdan manfaat olish uchun ularni
foydalanishga tayyorlashda
zarurdir. Bu xarajatlarning hammasi kapitallashtiriladi.
Montaj qilishni talab qilmaydigan aktivlarni sotib olishda foydalanilgan
qarzlar bo’yicha xarajatlar (qarz foizlari) kapitallashtirilmaydi, chunki
aktiv foydalanishga tayyor holda turibdi.
Aktivlarni baholashning umumiy prinsiplari asosiy vositalarni xarid
qilish holatlari va usullariga bog’liq bo’lmaydilar. Chunki ulardan uzoq
muddat foydalanilib, o’z qiymatlarini ishlab
chiqarilayotgan mahsulot,
bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxiga asta-sekin o’tkazib
boradi. Shu o’tkazilgan qiymatni, ya’ni asosiy vositalarning eskirish
qiymatini (summasini) butun foydalanish davrida to’g’ri aniqlash va
mavjud asosiy vositaning mazkur sanagacha qancha eskirganligini
aniqlash maqsadida buxgalteriya hisobida ular qiymatining doimiyligini
saqlash talab qilinadi. Shuning uchun mavjud buxgalteriya hisobotlari va
balansi to’g’risidagi standartlarga ko’ra asosiy
vositalar foydalanishga
topshirilgunga qadar bo’lgan bahoda, ya’ni dastlabki qiymati asosida
hisobga olinadi. Dastlabki qiymat asosiy vositalarni sotib olish yoki
qurish, hamda ularni olib kelish va o’rnatishga ketgan barcha xarajatlarni
o’z ichiga oladi va asosiy vositalarni hisobga olishda ham qo’llaniladi.
Ma’lumki, xalq xo’jaligida foydalaniladigan asosiy vositalar davrimizning
turli vaqtlarida ishlab chiqarilgan va foydalanishga topshirilgan. Ularning
ichida bundan bir necha o’n yillar davomida foydalanib kelinayotganlari
180
ham mavjud. Shuning uchun unumdorligi, mehnat haqi sarflari va
materiallarning tannarxlari har xil bo’lgan boshqa-boshqa davrlarda ishlab
chiqarilgan bir xildagi mehnat vositalarining qiymati ham har xil bo’ladi.
Bir xil vazifani bajaruvchi, lekin turli davrlarda yaratilgan bir turdagi
asosiy vositalar har xil dastlabki qiymatga ega bo’lganligi sababli, ularning
bir davr (oy, yil) ichida eskirish qiymati va amortizasiya summasining
aniqlanishi ham har xil bo’ladi. Bu esa
ushbu asosiy vositalarning
yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxining har xil bo’lishiga
va iqtisodiy nuqtai nazardan noto’g’ri xulosalarga olib kelishga sabab
bo’ladi. Mana shunday xulosalarga yo’l qo’ymaslik maqsadida asosiy
vositalarning baholari davlatning qaroriga asosan vaqti-vaqti bilan
umumiy ravishda qayta tiklanib (baholanib) turiladi, ya’ni qaytadan
baholanayotgan asosiy vositalarga yangi narxlar belgilanayotgan paytida
(sharoitda) xuddi shunday asosiy vositalarni ishlab chiqarish necha pulga
tushsa, mana shu qiymat tiklash qiymati sifatida belgilanadi.
Sobiq SSSR davrida asosiy vositalarning narxlari 1925, 1945 (qisman),
1960, 1972 va 1990 yilarda qayta tiklangan.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida narx-navolarning tez-tez
o’zgarib turishi sababli asosiy vositalarning
narxlarini ham qisqarok
muddatlarda qaytadan ko’rib turishni taqozo etadi.
Ushbu talabni inobatga olib O’zbekiston Respublikasida Vazirlar
Mahkamasining 2000 yil 26 dekabrdagi 500-qarori bilan «Asosiy
vositalarni 2001 yil 1 yanvar holatiga qayta baholash tartibi to’g’risida
Nizom» tasdiqlandi va 2001 yil 19 fevralda 1008-son bilan Adliya
vazirligida ro’yxatdan o’tkazildi. Ushbu Nizom 2001 yil 1 martdan kuchga
kirdi.
Mamlakatimizda 2002 yildan boshlab esa, ho’jalik yurituvchi
sub’ektlarda asosiy vositalarni qayta baholash har yili 1 janvar holatiga
amalga oshiriladigan bo’ldi.
Asosiy vositalarni baholash prinsipi, mulkchilikning
barcha turlari
uchun bir xildir. Lekin asosiy vositalarning dastlabki qiymati faqat
ularning narxlari qaytadan baholanganda, qo’shimcha asbob-uskuna
o’rnatilganda, rekonstruksiya qilinganda va tegishli ob’ektlar qisman
tugatilgandagina o’zgartirilishi mumkin.
Ma’lumki, buxgalteriya balansida asosiy vositalarning qiymati ikki xil
narxlarda, ya’ni dastlabki va qayta tiklangan qiymatlarning yig’indisidan
iborat bo’lib, ularning umumiy summasi asosiy vositalarning balans
qiymati deb nomlanadi.
181
Buxgalteriya hisobida shuningdek asosiy vositalarning qoldiq qiymati
ham mavjud. U asosiy vositalarning balans qiymati bilan ularning eskirish
summasi o’rtasidagi farqqa teng bo’ladi.
Buxgalteriya balansining aktivida hozirgi
paytda asosiy vositalarga
tegishli bo’lgan uchta quyidagi ma’lumot keltiriladi: asosiy vositalarning
balans qiymati, ularning shu sanaga bo’lgan eskirish summasi va qoldiq
qiymati. Bunda balansning yakuniy summasiga faqat qoldiq summasi
qo’shilib, asosiy vositalarning dastlabki qiymati va eskirish summasi
ma’lumotnoma (axborot) uchungina keltiriladi.
Asosiy vositalar bir necha yo’llar bilan sotib olinadi va ayrim hollarda
tekinga olinadi:
pul mablag’lari evaziga;
kreditga;
sotib oluvchi kompaniya kapitalining aksiyalariga almashish orqali;
qurilish yo’li bilan;
boshqa aktivlarga almashish orqali;
davlat subsidiyalari orqali;
boshqa sub’ektlardan hadya sifatida;
Dostları ilə paylaş: