Baholash tamoyillariga muvofiq, kreditga sotib olingan aktivning
qiymati bu:
1.
Sotib olingan ob’ektning pul o’lchovidagi bahosi (bozor qiymati).
2.
Qarzdorlik xujjatlari bo’yicha kelajakda to’lanishi zarur bo’lgan pul
mablag’lariga tegishli bo’lgan bozordagi foiz darajasi bo’yicha
diskontlangan joriy qiymati.
Agarda qarzdorlik xujjati foizsiz va aktivning joriy pul qiymatini
aniqlash imkoni bo’lsa, unda puldagi qiymatidan to’lanadigan summa foiz
bo’yicha xarajatlar sifatida qaraladi va butun qarzdorlik davrida
taqsimlanadi. Agarda puldagi qiymatini aniqlash imkoniyati bo’lmasa, foiz
bo’yicha umumiy xarajatlarni aniqlashda va aktivning joriy qiymatini
hisoblash uchun ustunlikka ega bo’lgan foiz darajasidan foydalaniladi.
Aktiv puldagi qiymatga ekvivalent bo’lgan bahoda ifodalaniladi.
Кapitalning aksiyalariga almashtirish evaziga sotib olingan asosiy
vositalar.
Кapitalning aksiyalari asosiy vositalarni sotib olish maqsadida
chiqarilgan taqdirda, aktivlar va ularning haqiqiy bozor qiymati bo’yicha,
yoki chiqarilgan aksiyalarning bozor qiymati bo’yicha (ulardan kaysi biri
ob’ektiv va haqqoniy bo’lishiga qarab) aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: