1.4. Buxgalteriya hisobining tarkibiy tuzilish – moliyaviy va
boshqaruv hisobi.
19
Bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda buxgalteriya hisobi ikki turga
bo’linadi, ulardan birinchisi Moliyaviy hisob va ikkinchisi Boshqaruv
hisobidir.
Moliyaviy hisobni qisqacha ta’riflaydigan bo’lsak, u davlat va
nodavlat organlarning ishlab chiqqan va tavsif etilgan barcha qonun va
qoidalariga rioya qilingan holda yuritiladigan buxgalteriya hisobining turidir.
Uning ma’lumotlaridan faqat sub’ektning rahbariyati tomonidan ichki
maqsadlar uchungina foydalanilmay, bu ma’lumotlar sub’ektdan
tashqaridagilarga ham foydalanish uchun topshiriladi.
Buxgalteriya hisobotini oluvchilar ulardan to’g’ri foydalanishlari
uchun buxgalteriya hisobining amaliyotiga ta’sir etadigan tashkilotlar
tomonidan buxgalteriya hisobi bo’yicha qo’llanmalar tizimi ishlab chiqildi.
Bunday qo’llanma bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda, jumladan
AQShda umumqabul qilingan buxgalteriya prinsiplari deb nomlanadi. Bu
prinsiplar buxgalter va ishbilarmonlar tomonidan ulardan foy-
dalanuvchilarning talablarini qondirish uchun doimo rivojlantirilib va
o’zgartirilib boriladi.
AQShning bunday milliy tashkilotlari buxgalteriya standartlari
byurosi, Maslahatchi buxgalterlarning Amerikalik instituti, qimmatbaho
qog’oz va birja muomalalari bo’yicha komissiyasi, Soliq boshqarmasi va
davlat tashkilotlaridagi standartlar byurosidan iborat.
Кeyingi yillarda buxgalteriya hisobining prinsiplarini rivojlantirish
borasida xalqaro hamkorlik qilish ancha rivoj topa boshladi. Masalan, chet
el matbuotining ma’lumotlariga ko’ra, Buxgalteriya standartlarining
xalqaro qo’mitasi tomonidan 20 dan ortiq xalqaro standartlari ma’qullanib
ular 6 ta tilga tarjima qilingan ekan. 1997 yilda esa Buxgalterlarning
xalqaro federasiyasi yaratilib, unga oltmishdan ortiq mamlakatlarning
ixtisoslangan buxgalterlik tashkilotlari kiritilgan. Bu federasiya
buxgalteriya hisobiga doir masalalarni xalqaro darajada hal qilish bilan
shug’ullanadi. Undan tashqari AQShdagi buxgalteriya hisobiga ta’sir
qiluvchi tashkilotlarga Buxgalterlarning milliy assosiasiyasi, Moliyaviy
rahbarlar instituti va Amerika buxgalterlar assosiasiyasini kiritish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida bunday tashkilotlarga hozircha O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi davlat soliq
qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi davlat istiqbol va statistika qo’mitasi
va O’zbekiston Respublikasi buxgalterlari va auditorlarining
assosiasiyasidan iborat.
Moliyaviy hisob moliyaviy hisobot deb nomlanadigan qator
hisobotlarni tuzib topshirish bilan yakunlanadi. Buxgalteriya hisobining
20
umum qabul qilingan prinsiplariga binoan quyidagi uchta hisobot tuzilishi
kerak:
1.
Buxgalteriya balansi.
2.
Foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot.
3.
Pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobot.
Shu bilan birga ushbu moliyaviy hisobot quyidagi axborotlar bilan
ta’minlanishi lozim:
1.
Mavjud va bo’lg’usi kreditorlarga unumli kapital qo’yilmalar
qilish va kreditlarni berish haqida qarorlar qabul qilish uchun xizmat
qiladigan.
2.
Xo’jalik-iqtisodiy faoliyatni tushunadigan va axborotni oqilona
o’rganishga harakat qiladigan shaxslarga tushunarli bo’lish.
3.
Sub’ektning iqtisodiy resurslari, ularga qo’yilgan talablar va
shu resurslar hamda ularga qo’yiladigan talablarni o’zgartiradigan xo’jalik
muomalalari hamda hodisalarning ta’siri haqida.
4.
Sub’ektning tegishli davr mobaynidagi faoliyatining moliyaviy
natijalari haqida.
5.
Axborotdan foydalanuvchilarga dividendlar, foizlar bo’yicha pul
mablag’larining kelib tushishi mo’ljallangan summalarini baholash va
vaqtlar ichida taqsimlash va shuningdek realizasiyadan yoki qarzlarni uzish
yoki qimmatbaho qog’ozlardan olingan daromadlarni baholash imkonini
beradigan.
Bu keltirilgan vazifalardan birinchi va ikkinchisi moliyaviy hisobot
haqidagi axborot oldiga qo’yiladi, bunda hisobot tushuna biladigan
o’quvchiga tayyorlanadi. Uchinchi vazifa buxgalteriya balansiga, to’rtin-
chisi foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotga va beshinchisi mavjud pul
mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobotga tegishlidir. Ularning
hammasi birgalikda moliyaviy hisobotni tashkil qiladi va o’tgan davr
to’g’risidagi axborot hisoblanib, ular foydalanuvchilarga xo’jalik
sub’ektining kelajakdagi moliyaviy ahvoli, mablag’larning harakatiga
tegishli bo’lgan istiqbolini belgilash va qarorlar qabul qilishga yordam
berish uchun topshiriladi.
Garchi yuz yillar davomida buxgalteriya hisobi birinchi navbatda
davlatning manfaati uchun xizmat qilgan. Masalan, soliq yig’ish faoliyati
bilan bog’liq bo’lgan bo’lsa ham, sanoat revolyusiyasining natijasida
uning oldiga yangi talablar qo’yilgan. Chunki tobora yiriklashib
borayotgan korxonalar o’zlarini moliyalash va faoliyatlarni boshqaradigan
odamlarning sonini oshirish uchun mablag’lar zarur bo’lgan. Shunday
qilib, ikki guruh yuzaga kelgan, ulardan biri – mablag’ qo’yuvchilar,
21
ikkinchisi esa boshqaruvchilar. Birinchisi ikkinchisidan sub’ektning
ixtiyoriga berilgan mablag’larning saqlanishi va foydalanishi haqida
hisobot talab qilgan. Shu bilan birga boshqaruvchi (menejer)lar tomonidan
talab qilinayotgan axborot sub’ektning mulklarini boshqarish uchun ham
foydali ekanligini anglaganlar. Shunday qilib boshqaruv hisobi ham
rivojlana boshlagan.
Boshqaruv hisobi axborot turlaridan biridir. U sub’ekt doirasidagi
jaryon hisoblanib, sub’ektning xodimlari tomonidan rejalashtirish, o’zini
boshqarish va sub’ektning faoliyatini nazorat qilish uchun
foydalaniladigan axborot bilan ta’minlaydi. Bu jarayon boshqaruv
xodimlariga o’z funksiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan axborotni
topish, o’lchash, yig’ish, tahlil qilish, tayyorlash, tushuntirib (izoh) berish,
topshirish va qabul qilishlarni o’z ichiga oladi.
Ma’lumki, tashkilotning kundalik faoliyati natijasida turli tuman va
har kuni sodir bo’lgan voqealar bo’yicha tezkor axborot yuzaga keladi. Bu
axborot moliyaviy va boshqaruv hisobida aks ettiriladigan yakuniy axborot
uchun xom-ashyodir. Umuman olganda, menejer uchun har qanday
axborot ham, u hisob ob’ektimi yoki yo’qmi, baholash mumkinmi yoki
yo’qmi, undan qat’iy nazar, u juda muhimdir. Masalan, buyurtmachi
kompaniya mahsulotining sifatidan norozi va u boshqa mol etkazib
beruvchini qidirishga tayyor ekanligi to’g’risidagi xabarni oldi, garchi u
hisob ob’ekti bo’lmasa ham va uni miqdoriy jihatdan baholab bo’lmasa
ham, bunday axborot o’zicha juda muhimdir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, aksiyalarning egalari, kreditorlar va
sub’ektlardan tashqaridagi boshqa manfaatdor shaxslar uchun atalgan
buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot va pul
aktivlarining harakati to’g’risidagi hisobot, moliyaviy xujjatlari sifatida
tashkilotning o’z menejerlari uchun ham juda foydalidir. Lekin boshqaruv
xodimlari uchun buxgalteriya xujjatlaridagi axborotlarga qaraganda yanada
ko’proq mukammallashtirilgan axborot kerak bo’ladi.
Shuning uchun tezkor axborot boshqaruv hisobini dastlabki
ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Lekin tezkor axborotning ko’pchilik qismi
menejerni bevosita qiziqtirmasligi mumkin. Masalan, agar ishlar yaxshi
ketayotgan bo’lsa, menejerni palonchi muhandisning o’tgan oyning
yarmida ishlab topgan maoshi qancha bo’lganligi yoki sub’ektning
schyotiga o’tgan kuni qancha pul kelib tushishi to’g’risida ma’lumot
qiziqtirmaydi. Albatta bu hodisalar tegishli xujjatlar bilan
rasmiylashtirilishi shart va bu xujjatlar boshqaruv tizimining dastlabki
pog’onasi tomonidan foydalanilishi mumkin. Menejer esa dastlabki hisob
22
xujjatlaridan olingan yakuniy axborotdan foydalansa ham bo’laveradi.
Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv hisobida foydalaniladigan axborot
yakuniy axborotdir.
Ma’lumki, buxgalterlar har xil mulkchilik shaklidagi sub’ektlarda
yollanib ishlaydilar. Ularning sub’ektning faoliyati to’g’risidagi bilimlari
qanchalik keng, har tomonlama va chuqur bo’lsa, boshqaruv hisobi
sohasidagi buxgalterning boshqaruv qarorlariga ta’siri ham shuncha katta
bo’ladi. Кeyingi paytlarda rivojlangan mamlakatlardagi rahbar xodimlarning
aksariyati buxgalterlik yoki moliyaviy bilimga ega bo’lishga intilganlar.
Boshqaruv hisobi buxgalterlarining asosiy vazifalari boshqaruv
xodimlarini to’g’ri bo’lgan boshqaruv qarorlarini chiqarish uchun zarur
bo’lgan axborot bilan ta’minlashdan iborat. Firma faoliyatining samara-
dorligini oshirish va o’g’irlikning oldini olish maqsadida buxgalteriyada
ichki nazorat tizimini yaratishlari kerak bo’ladi. Ular foyda rejalarini
tuzish, smetalar tuzish va mablag’larning harakatlari ustidan nazorat
qilishda faol qatnashadilar. Ular shuningdek xujjatlarni to’g’ri yuritish va
xujjatlardan foydalanishni kuzatish, tegishli moliyaviy hisobotlarni
tayyorlash sub’ekt tomonidan soliqlar tizimiga doir qonunchilik va davlat
tomonidan o’rnatilgan tartib va qoidalarga rioya qilishini nazorat qiladilar.
Ular kompyuterlashtirilgan tizimlardagi eng yangi hamda hisobda
kompyuterlardan foydalanish borasida erishilgan yangiliklar bilan tanish
bo’lishlari lozim.
Moliyaviy va boshqaruv hisoblari bir birlaridan quyidagi nuqtai
nazardan va xususiyatlari bilan farq qiladi:
Dostları ilə paylaş: |