O’zining kuchlari bilan yaratilgan aktivning haqiqiy qiymati haqqoniy
bozor qiymati bilan mos kelishi shart emas.
Qurilish bo’yicha to’plangan xarajatlar odatda «Tugallanmagan
qurilish» schyoti bo’yicha aks ettiriladi. Qurilishning tugashigacha bino
«Bino va inshootlar» schyotida hisobga olinmaydi, chunki u
hali ishchi
holatda emas. qurilishning tugashi va foydalanishga topshirishda, tuzilgan
dalolatnmoga asosan aktiv «Bino va inshootlar» schyotiga o’tkaziladi va
amortizasiyalashga tegishli hisoblanadi.
Er amortizasiyalanmaydi, chunki uning qiymati kamaymaydi va ishlab
chiqarish faoliyati jarayonida u emirilmaydi. Ba’zi hollarda er bahosining
pasayishini aks ettirish uchun u qayta baholanadi. Er schyotiga xarajatlar
foydalanishida bo’lgan uchastkalar bo’yicha kapitallashtiriladi. Erni
tayyorlash bo’yicha xarajatlar, jumladan graduirovka, kanalizasiya, geodeziya
ishlari bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar er schyotiga kapitallashtiriladi. Binolar
schyotiga olib boriladigan er ishlari xarajatlaridan farqli o’laroq
bu ishlar
erdan kelajakda foydalanish uchun va erning bahosini oshirish uchun zarurdir.
Rekonstruksiya yoki bino qurish uchun er sotib olinayotganda mavjud
bo’lgan konstruksiyalar va boshqa to’siqlarni olib tashlash bilan bog’liq
xarajatlar er schyotiga kapitallashtiriladi. Olib tashlash bilan bog’liq bo’lgan
bu xarajatlar erdan foydalanishning ko’pgina turlari uchun zarur.
Кonstruksiyalarni buzishdan olingan materiallarni sotishdan olingan daromad
bu xarajatlarni qisqartiradi.
Davlat mulkini, jumladan ko’chalar, yo’laklar, kanalizasiya, ko’cha
chiroqlarini asrash uchun mahalliy hukumat organlari tomonidan amalga
oshiriladigan maxsus yig’imlar ham er schyotiga kapitallashtiriladi.
Obodonlashtirishning ma’lum bir turlari va boshqa takomillashtirish
turlari, agar ular doimiy bo’lsa, misol uchun sun’iy ko’llar, o’rmon
o’simliklarining qurilishi erning qiymatiga qo’shiladi. Bu turdagi
takomillashtirishning hisobi, keyingi qismda ko’rib
chiqiladigan erning
obodonlashtirishidan farq qiladi.
Mulk solig’ini to’lash bo’yicha xarajatlar, sug’urtalash va er bo’yicha
boshqa xarajatlar faqat joriy foydalanish vaqtidagina amalga oshirilmaydi. Bu
xarajatlarning hisobi bir xil emas. Ayrim buxgalterlar bu xarajatlarning
kapitalizasiya qilinishining to’g’riligi haqida ko’p tortishadilar. Bir tomondan,
bu xarajatlar erni soliq reestrida aks ettirish va kompaniyani yuridik
majburiyatlardan himoya qilish uchun zarurligiga qaramasdan, ular erning
bahosini oshirmaydilar. Кo’p hollarda
bu xarajatlar muvofiqlik va
konservatizm nuqtai nazaridan xarajatlarga olib boriladi.
186
Investisiyalar qilish yoki ijara maqsadida foydalanilmaydigan erlar
ushlab turilganda mulk solig’ini to’lash bo’yicha xarajatlar va sug’urta
to’lovlari faqatgina erni sotishga yoki ijaraga berishga tayyorlash davri
davomida kapitallashtiriladi.
Erni sotib olishda, ko’pincha uning qiymatidan tashqari to’lanadigan
qo’shimcha xarajatlar paydo bo’ladi. Bu xarajatlarni, erning qiymati kabi
«Er» schyotining debetida aks ettirish kerak bo’ladi. Bularga kuchmas
mulk bo’yicha agentlarga komission to’lovlar; advokatlarning xizmatlarini
to’lash; sotib oluvchi tomonidan to’langan
soliqlar; drenaj, tozalash va
tekislash xarajatlarining qiymati kiradi.
Кapital qo’yilmalar deb sub’ekt tomonidan yangi asosiy vositalarni qurish,
sotib olish, rekonstruksiya qilish, foydalanilmayotgan asosiy vositalar
ob’ektlarining quvvatlarini kengaytirish va texnikaviy jihozlash uchun
mablag’larning sarflanishiga aytiladi.
Qurilish ishlari maxsus pudratchi tomonidan
yoki kapital qurilish
bo’limi orqali xo’jalik usuli, ya’ni korxonaning o’z kuchi bilan olib
boriladi. Shuning uchun qurilish-yig’ish ishlarini amalga oshirish usuliga
qarab pudrat va xo’jalik usullariga bo’linadi.
Pudrat usulida qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi tashkilot pudratchi
deb atalib, qurilishni mablag’ bilan ta’minlovchi tashkilot buyurtmachi deb
nomlanadi.
Moliyalash (mablag’ ajratish) manbaiga qarab, kapital qo’yilmalar
sub’ektning o’z mablag’i hisobiga amalga oshirilgan kapital qo’yilmalari,
davlat subsidiyasi hisobiga, kredit va krazlar hisobiga amalga oshirilgan
kapital qo’yilmalar va boshqa kapital qo’yilmalarga bo’linadi.
Davlat subsidiyasi asosida kapital qo’yilmalarini moliyalashda shu
maqsadlar uchun ruxsat etilgan korxona va tashkilotlarning o’z
mablag’lari, byudjetdan ajratilgan mablag’lar
va bank kreditlaridan
foydalanish mumkin. Limitdan ortiqcha bo’lgan kapital sarflarni shu
maqsadlarga ajratilgan moliyalash uchun markazlashtirilmagan moliyalash
manbalaridan foydalaniladi. Boshqa kapital qo’yilmalar jamoa, shirkat va
boshqa tashkilotlarning o’z mablag’lari hamda hissadorlik tartibida
olingan mablag’lar, va boshqa mablag’lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: